Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Osiyo Olimpiya kengaşining 46-Boş assambleyasidagi nutqi

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Osiyo Olimpiya kengaşining 46-Boş assambleyasidagi nutqi

27.01.2026 14:05155

Hurmatli döstlar!

Xonimlar va janoblar!

Bugun dunyoda globallaşuv tobora kuçayib, ziddiyatli va tahlikali jarayonlar köpayib borayotgani heç kimga sir emas. Bunday murakkab vaziyatda davlatlar va xalqlar örtasidagi muloqot, özaro tuşuniş va hamkorlikni mustahkamlaşda sportning beqiyos örni bor.

Tinçlik va döstlik elçisi bölgan sportning butun başariyatni, jumladan, biz yaşayotgan Osiyo qit’asi xalqlarini birlaştirişdagi örni va ta’sirini heç narsa bilan ölçab, baholab bölmaydi.

Osiyo Olimpiya Kengaşi qit’amizning 4 milliard 800 milliondan ortiq aholisini birlaştirib, Olimpiya harakatining döstlik, özaro hurmat, adolat va tenglik kabi ezgu ğoyalarini faol tarğib etmoqda. Sizlar mintaqamizdagi ijobiy özgarişlarga ulkan hissa qöşib, sport diplomatiyasi orqali “Jipslaşgan Osiyo” namunasini körsatib bermoqdasiz.

Fursatdan foydalanib, bizga yuksak işonç bildirib, Osiyo Olimpiya Kengaşining 46-Boş Assambleyasini mamlakatimizda ötkazayotgani uçun Kengaş rahbariyatiga Özbekiston Prezidenti va Milliy Olimpiya qömitasi rahbari sifatida alohida minnatdorlik bildiraman.

Bugun mana şunday tarixiy anjumanda Sizlar bilan gözal va betakror yurtimiz zaminida uçraşib turganimizdan mamnunman.

Özbekistonga xuş kelibsiz!

Hurmatli assambleya iştirokçilari!

Bugun cizlar qit’amizda özaro işonç, ahillik va hamjihatlik riştalarini mustahkamlaşga xizmat qilayotgan yirik platforma – Osiyo Olimpiya Kengaşining Boş Assambleyasida juda köp masalalarni muhokama qildingiz. Şular qatorida aynan Toşkent şahrida Kengaşning Prezidenti lavozimiga saylov bölib ötayotgani ham, şubhasiz, ulkan tarixiy voqeadir.

Uşbu yuksak lavozimga bir ovozdan saylangan Şayx Jav’an bin Hamad ol Soniy Hazrati Oliylarini samimiy qutlaşga ijozat bergaysiz.

Ötgan yili aprelda – bugun yangi saylangan Prezident bilan uçraşuvimiz çoğida sportni rivojlantiriş borasida sermazmun suhbat qilgan edik. Şayx Jav’an hazratlari Milliy Olimpiya qömitalari assotsiatsiyasining birinçi vitse-prezidenti sifatida Qatarda futbol va suv sporti böyiça jahon çempionatlari kabi köplab yirik sport tadbirlarini yuqori saviyada ötkazgan, katta bilim va tajribaga ega şaxs. Bu inson özining noyob salohiyati va samarali faoliyati bilan nafaqat Osiyo qit’asi, balki butun dunyoda sport rivojiga ulkan hissa qöşmoqda. Bugun Osiyo Olimpiya Kengaşi mana şunday malakali nomzodni Prezident lavozimiga saylab eng töğri qarorni qabul qildi, deb öylayman.

Işonamanki, Şayx Jav’an hazratlarining bevosita rahbarligida Osiyo Olimpiya Kengaşining nufuzi bundan ham yuksaladi.

Hurmatli tadbir iştirokçilari!

Biz sönggi yillarda Osiyo Olimpiya Kengaşi bilan köp qirrali hamkorlik aloqalarini yangi bosqiçga kötardik. Jumladan, 2022-yilda Osiyo Olimpiya Kengaşi Ijroiya qömitasining 77-sessiyasini mamlakatimizda muvaffaqiyatli ötkazdik. Uşbu nufuzli Taşkilot tomonidan Özbekiston vakili ilk bor Markaziy Osiyo mintaqasi böyiça vitse-prezident etib saylandi.

2029 yilgi Yoşlar Osiyo öyinlariga mezbonlik qiliş uçun aynan Özbekiston tanlanganini biz mamlakatimizga mas’uliyatli sport hamkori sifatida berilgan yuksak baho, deb qabul qilamiz. Bu işonç esa bizga qöşni va qardoş bölgan Markaziy Osiyo davlatlari bilan sport aloqalarini mustahkamlaş uçun puxta zamin yaratmoqda.

Şu örinda Osiyo Olimpiya Kengaşi Boş direktori va “World Aquatics” federatsiyasi rahbari Husayn al-Musallam janoblari özbek sportining uzoq yillik va işonçli dösti ekanini alohida ta’kidlaşni istar edim. Bu kişi 1993-yildan buyon yurtimizga muntazam taşrif buyuradi. Özbekistonga katta mehr qöyib, mamlakatimizning xalqaro sport böyiça taşabbuslarini faol qöllab-quvvatlab kelmoqda.

Janob Husayn al-Musallam nafaqat Osiyoda, balki xalqaro miqyosda özining aql-zakovati, qat’iyat va irodasi, barçaga birdek munosabati bilan keng sport jamoatçiligi işonçini qozongan. Suv sporti barça turlarining butun dunyoda yangi bosqiçga kötarilgani bu fikrning yaqqol tasdiğidir. Xususan, Los-Anjeles – 2028 Olimpiya öyinlarida suv sporti turlari dasturi 49 tadan 55 taga köpaygani, eng avvalo, rivojlanayotgan davlatlar uçun yangi imkoniyat böldi.

Kuni keça yurtimizda “World Aquatics” federatsiyasi Ijroiya qömitasining yiğilişi ötkazilib, uning Mintaqaviy filiali taşkil etilgani Markaziy Osiyo sport hamjamiyati uçun katta kömak va madad bölişi şubhasiz.

Ta’kidlaş joizki, Osiyo Olimpiya Kengaşi amalga oşirayotgan işlarni butun dunyo sport jamoatçiligi har jihatdan tan olmoqda. Jumladan, Xalqaro olimpiya qömitasi prezidenti Kirsti Koventri xonimning Boş Assambleyaga yöllagan videomurojaati ham bunga yaqqol misoldir.

Anjumanda Xalqaro olimpiya qömitasi vakillari sifatida Jeyms Makleod va Birlaşgan kuraş dunyosi prezidenti Nenad Laloviç iştirok etayotgani ham ana şunday yuksak e’tiborning dalilidir.

Fursatdan foydalanib, Assambleya işida biz bilan birga iştirok etayotgan Xalqaro antidoping agentligi prezidenti Vitold Banka, Xalqaro gimnastika federatsiyasi prezidenti Morinari Vatanabe, Oğir atletika federatsiyasi prezidenti Muhammad Jalud, “World Boxing” prezidenti Gennadiy Golovkin, Çim ustida hokkey federatsiyasi prezidenti Muhammad Tayyab Ikram, Xalqaro qiliçbozlik federatsiyasi vitse-prezidenti Anna Delgado, Osiyo Paralimpiya qömitasi raisi Majid Raşid, Milliy Olimpiya qömitalari assotsiatsiyasi Boş kotibi Gunilla Lindberg, Afrika Olimpiya qömitalari assotsiatsiyasi prezidenti Mustafo Berraf janoblariga alohida taşakkur aytaman.

Bundan taşqari, anjumanimizda biz bilan bir safda turgan qadrli mehmonlarimiz – AQŞ Prezidentining maxsus vakili Paolo Zampolli, Rossiya Federatsiyasi sport vaziri Mixail Degtyarev, Saudiya Arabistoni sport vaziri Şahzoda Abdulaziz bin Turki ol Saud, Qatar yoşlar va sport vaziri Şayx Hamad ol Soniy, Iordaniya Olimpiya qömitasi Prezidenti Şahzoda Faysal al-Hussayn, Bruney Dorussalom Milliy Olimpiya qömitasi Prezidenti Şahzoda Sufri Bolqiyax, Butan Olimpiya qömitasi Prezidenti Şahzoda Jigyel Ugyen Vangçuk, Kuvayt Milliy Olimpiya qömitasi Prezidenti Şayx Fahad Saboh as-Saboh hazratlariga ham öz hurmatimizni bildiramiz.

Qadrli mehmonlar!

Biz Yangi Özbekistonda yoşlarimizni xalqaro olimpiada harakatining gumanistik ğoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalaşda, eng avvalo, qadimiy tariximiz va boy madaniyatimiz, milliy qadriyat va urf-odatlarimizga tayanamiz.

Bu haqda gapirganda, maşhur milliy eposimiz “Alpomiş” dostonining boş qahramonlari – mard va yengilmas pahlavon Alpomiş hamda azmu şijoatli, jasur Barçinoy asrlar davomida yurtimizdagi millionlab yigit-qizlar uçun ideal namunasi bölib kelayotganini ta’kidlaş örinlidir.

Şu ma’noda, sport dunyosiga, sport tarbiyasiga xos ezgu fazilatlar xalqimizning genetik kodida azal-azaldan mavjud, desam, yanglişmagan bölaman. Bunday xususiyatlar sportçilarimizning jahon arenalarini zabt etişida katta tajriba, mahorat va ilhom maktabi bölib xizmat qilmoqda.

Bugungi kunda yurtimizda aholini ommaviy sport bilan qamrab oliş darajasi 15 million kişiga yetdi. Aholining 60 foizini yoşlar taşkil etadigan mamlakatimiz uçun bu qanday katta ahamiyatga ega ekanini barçangiz yaxşi tuşunasiz, albatta.

Biz, islohotlarimizning ilk kunlaridanoq, barça sohalar qatori jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirişga ham katta e’tibor qaratdik. Olimpiya harakati tarğibotini eng quyi böğindan boşlaş va seleksiyani kengaytiriş maqsadida uç bosqiçli “Prezident Olimpiadasi” kompleks sport musobaqalari tizimini yölga qöydik. Bu musobaqalarning har bir bosqiçiga xalqaro sport mezonlari va talablari tatbiq qilindi.

Ötgan yili 100 gektarlik hududda barpo etilgan Olimpiya şaharçasi nufuzli sport tadbirlarini ötkaziş uçun har tomonlama munosib maydonga aylandi.

Yaratilgan imkoniyat va şaroitlarga mos ravişda sport sohasidagi yutuqlarimiz ham ösib bormoqda. Parij – 2024 Olimpiya va Paralimpiya öyinlarida sportçilarimiz 13-örinni egalladi. Ötgan yili jahon, Osiyo va Olimpiya öyinlarida 50 dan ortiq öğil-qizlarimiz rekord natijalarni qölga kiritdi. Yoşlarimiz 2025-yil Bahraynda ötkazilgan Osiyo Yoşlar öyinlari va Saudiyada Islom birdamligi musobaqalarida faxrli 2-örinni egalladi.

Sönggi yillarda yurtimiz oğir atletika, boks, dzyudo, eşkak eşiş, voleybol, gimnastika, futzal kabi 10 dan ziyod sport turlari böyiça jahon çempionati va kubogi musobaqalariga munosib mezbonlik qildi.

Olimpiya öyinlariga tayyorgarlik köriş, samarali seleksiya böyiça yangi tizim yaratdik. Biz yuqori mahoratli sportçilarni tayyorlaş işlarini bundan buyon ham izçil davom ettiriş uçun zamonaviy sport infratuzilmalarini barpo etişga, sohaga raqamlaştiriş va innovatsiyalarni keng joriy qilişga, xalqaro standartlarni faol tatbiq etişga, sport diplomatiyasini kuçaytirişga katta e’tibor qaratamiz.

Bundan taşqari, halol sport tamoyiliga amal qilib, dopingga qarşi kuraşning qat’iy tarafdori bölib qolamiz. Bu borada Butunjahon antidoping agentligining adolatli siyosatini töliq qöllab-quvvatlaymiz.

Bugun uşbu Agentlik tomonidan Toşkentda Markaziy Osiyo mintaqaviy antidoping taşkilotlarining yiğilişi va Xalqaro forum ötkazilayotgani muhim ahamiyatga ega. Uşbu tadbir mahalliy mutaxassislar uçun antidoping qoidalari böyiça tajriba almaşiş imkoniyatini berişi şubhasiz.

Şuningdek, anjumanda qatnaşayotgan xalqaro sport taşkilotlarida 50 dan ortiq yurtimiz vakillari samarali faoliyat yuritayotganini ham mamnuniyat bilan ta’kidlaymiz.

Tadbir doirasida Xalqaro va Osiyo sport taşkilotlari bizning milliy sport federatsiyalarimiz bilan 20 dan ziyod muhim bitimlar imzolaganini ham olqişlaymiz. Ular öz yönalişlarida har bir hududimizdan 1 tadan sport maktabini tanlab olib, haqiqiy namunaga aylantiriş uçun kömaklaşayotganidan minnatdormiz.

Misol uçun, Xalqaro oğir atletika federatsiyasi – Böstonliq tumanida Akbar Jörayev nomidagi oğir atletika sport klubini zamonaviy ilmiy yondaşuv asosida rivojlantiriş; Birlaşgan kuraş dunyosi taşkiloti – Mintaqaviy sport kuraşlari akademiyasini taşkil etiş; Osiyo voleybol konfederatsiyasi – har bir viloyatimizda voleybol böyiça 1 tadan sport klubini bunyod etiş; Çim ustida hokkey xalqaro federatsiyasi – Toşkent va Xorazm viloyatlarida 2 ta stadion quriş kabi aniq maqsad va natijaga yönaltirilgan kelişuvlarga erişgani quvonarlidir.

Mazkur loyihalarni töla-tökis amalga oşiriş uçun mening joylardagi vakillarim bölgan hokimlar va sport federatsiyalarimiz rahbarlari şaxsan mas’ul böladi.

Işonamanki, bunday yangi xalqaro hamkorlik mexanizmi sportimiz ravnaqiga beqiyos amaliy hissa qöşadi.

Hurmatli delegatsiyalar a’zolari!

Endi sizlarning iştirokingizda Olimpiya harakatini rivojlantiriş, muhim sport taşabbuslarini ilgari surişga qöşayotgan alohida hissasi uçun Şayx Jav’an ol Soniy hazratlarini Özbekiston Milliy Olimpiya qömitasining “Şon-şaraf” ordeni bilan taqdirlaşga ijozat bergaysiz.

Sözimning yakunida şuni alohida ta’kidlayman: Yangi Özbekiston barça davlatlar bilan sport sohasida köp qirrali hamkorlikka hamişa tayyor.

Bu şarafli yölda sizlar kabi yaqin döstlarimizga eşiklarimiz ham, yuraklarimiz ham doimo oçiq.

Barçangizga ulkan kuç-ğayrat, omad va zafarlar tilayman.

Doimo soğ-omon bölinglar!

 

president.uz

Ulaşiş: