Özbekiston Prezidenti Osiyo Olimpiya kengaşining 46-Boş assambleyasi iştirokçilarini qutladi
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 26-yanvar kuni Toşkentda bölib ötayotgan Osiyo Olimpiya kengaşining 46-Boş assambleyasida iştirok etdi.
Tadbirda yetakçi xalqaro va mintaqaviy sport taşkilotlari rahbarlari va vakillari, jumladan, Milliy olimpiya qömitalari assotsiatsiyasining birinçi vitse-prezidenti, Qatar Olimpiya qömitasi prezidenti Şayx Javʼan bin Hamad Ol Soniy, Butunjahon antidoping agentligi prezidenti Vitold Banka, Xalqaro gimnastika federatsiyasi prezidenti Morinari Vatanabe, Xalqaro oğir atletika federatsiyasi prezidenti Muhammad Jalud, “World Boxing” taşkiloti prezidenti Gennadiy Golovkin, Xalqaro çim ustida xokkey federatsiyasi prezidenti Muhammad Tayyab Ikrom, Osiyo Paralimpiya qömitasi prezidenti Majid Raşid, Xalqaro sambo federatsiyasi prezidenti Vasiliy Şestakov, Milliy olimpiya qömitalari assotsiatsiyasi boş kotibi Gunilla Lindberg va Afrika Olimpiya qömitalari assotsiatsiyasi prezidenti Mustafo Berraf ham qatnaşdi.
Şuningdek, assambleya işida maxsus mehmonlar va rasmiylar, xususan, Amerika Qöşma Ştatlari Prezidentining maxsus vakili Paolo Zampolli, Rossiya Federatsiyasi sport vaziri Mixail Degtyaryov, Saudiya Arabistoni Podşohligi sport vaziri Abdulaziz bin Turkiy Ol Saud, Qatar yoşlar va sport vaziri Şayx Hamad bin Xalifa Ol Soniy hamda boşqalar iştirok etdi.
Davlatimiz rahbari öz nutqida tobora kuçayib borayotgan global ziddiyatlarga qaramay, sport davlatlar va xalqlar örtasidagi muloqot, özaro anglaşuv hamda hamkorlikni mustahkamlaşning universal vositasi sifatida örin tutişini alohida taʼkidladi.
Özbekiston Prezidenti Şayx Javʼan bin Hamad Ol Soniyni Osiyo Olimpiya kengaşi prezidenti etib saylangani bilan qutlab, uning yuksak darajadagi kasbiy mahorati, salmoqli xalqaro tajribasi va nafaqat Osiyo qitʼasi, balki butun dunyoda sport rivojiga qöşgan ulkan hissasini taʼkidlab ötdi.
Özbekistonning Osiyo Olimpiya kengaşi bilan köp qirrali hamkorligini rivojlantirişga alohida eʼtibor qaratildi. Kengaş Ijroiya qömitasining 77-sessiyasi muvaffaqiyatli ötkazilgani, respublikamiz vakili Markaziy Osiyo mintaqasi böyiça vitse-prezident etib saylangani va 2029-yilgi Yoşlar Osiyo öyinlariga mezbonlik qiliş uçun Özbekiston tanlangani qayd etildi.
Davlatimiz rahbari Yangi Özbekistonda jismoniy tarbiya va sport sohasida amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar haqida ham söz yuritdi.
Uç bosqiçli “Prezident Olimpiadasi” kompleks sport musobaqalari tizimi yölga qöyildi, zamonaviy sport infratuzilmasi, xususan, Olimpiya şaharçasi barpo etildi, yuqori malakali sportçilarni saralaş va tayyorlaş tizimi kengaytirilmoqda.
Xalqaro maydondagi yuksak natijalar, jumladan, 2024-yilda Parijda bölib ötgan Olimpiya va Paralimpiya öyinlarida Özbekiston sportçilarining muvaffaqiyatli iştirok etgani hamda yurtimizda ommaviy sport rivojlanib, bugungi kunda 15 milliondan ortiq aholi muntazam ravişda jismoniy tarbiya bilan şuğullanayotgani qayd etildi.
Xalqaro va Osiyo sport taşkilotlari Özbekiston milliy sport federatsiyalari bilan 20 dan ortiq bitimlar imzolagani taʼkidlandi.
Xususan, Xalqaro oğir atletika federatsiyasi Toşkent viloyatining Böstonliq tumanida Akbar Jörayev nomidagi oğir atletika sport klubini zamonaviy ilmiy yondaşuv asosida rivojlantirişga kömaklaşadi, Birlaşgan kuraş dunyosi taşkiloti Mintaqaviy sport kuraşlari akademiyasini taşkil etadi. Osiyo voleybol konfederatsiyasi har bir viloyatda 1 tadan voleybol böyiça sport klubini bunyod etsa, Çim ustida xokkey xalqaro federatsiyasining texnik kömagida 2 ta stadion quriladi.
Özbekistonning halol sport tamoyiliga amal qiliş va dopingga qarşi kuraşning qatʼiy tarafdori bölib qolişi qayd etildi.
Bu borada Toşkentda Markaziy Osiyo mintaqaviy antidoping taşkilotlarining yiğilişi va xalqaro forum ötkazilayotgani muhim ahamiyatga ega ekanligi taʼkidlandi.
Davlatimiz rahbari Yangi Özbekiston barça davlatlar bilan sport sohasida köp qirrali va uzoq muddatli hamkorlik uçun oçiqligini tasdiqlab, sport diplomatiyasini rivojlantiriş hamda qöşma taşabbuslarni ilgari surişga tayyorligini taʼkidladi.
Tadbir yakunida Şayx Javʼan bin Hamad Ol Soniy olimpiya harakatini rivojlantiriş, muhim sport taşabbuslarini ilgari surişga qöşayotgan alohida hissasi uçun Özbekiston Milliy Olimpiya qömitasining “Şon-şaraf” ordeni bilan taqdirlandi.

