Özbekiston Prezidenti rasmiy taşrif bilan Turkiyada böladi

Özbekiston Prezidenti rasmiy taşrif bilan Turkiyada böladi

29.01.2026 11:44139

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdoğanning taklifiga binoan 29-yanvar kuni rasmiy taşrif bilan uşbu mamlakatda böladi.

Taşrif dasturiga muvofiq, Anqara şahrida ikki davlat rahbarlari raisligida Strategik hamkorlik kengaşining törtinçi yiğilişini ötkaziş rejalaştirilgan.

Muzokaralarda Özbekiston – Turkiya keng qamrovli strategik şeriklik munosabatlarini yanada kengaytiriş masalalari diqqat markazida böladi.

Siyosiy muloqotni rivojlantiriş, tovar ayirboşlaşni oşiriş, ustuvor iqtisodiy tarmoqlarda kooperatsiya loyihalarini ilgari suriş hamda transport jihatidan özaro boğliqlikni mustahkamlaşga alohida eʼtibor qaratiladi.

Şuningdek, faol madaniy va gumanitar almaşinuvlarni davom ettiriş masalalari ham körib çiqiladi. Xalqaro va mintaqaviy kun tartibining dolzarb jihatlari yuzasidan fikr almaşiladi.

Oliy darajadagi muzokaralar yakunida salmoqli hujjatlar töplamini imzolaş közda tutilgan.

Bundan taşqari, ikki mamlakat yetakçilari qator qöşma tadbirlarda iştirok etadilar.

 

president.uz

Ulaşiş: