Özbekiston va Turkiya yetakçilari köp qirrali şeriklikni yanada kengaytirişga qatʼiy intilişlarini tasdiqladilar
Anqara şahridagi Prezident saroyida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdoğanning tor doiradagi uçraşuvi bölib ötdi.
Suhbat avvalida davlat rahbarlari butun musulmon ummati uçun muqaddas Ramazon oyi kirib kelayotgani bilan bir-birlarini samimiy tabrikladilar.
Özbekiston – Turkiya keng qamrovli strategik şeriklik munosabatlarini, xususan, siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy va gumanitar sohalarda yanada kengaytiriş masalalari atrofliça muhokama qilindi.
Barça darajalardagi yuqori surʼat va faol muloqotlar mamnuniyat bilan qayd etildi. Tomonlar yaqinda bölib ötgan strategik rejalaştiriş guruhining “4+4” formatidagi uçraşuvining samarali natijalarini olqişladilar.
Özaro tovar ayirboşlaş hajmi, qöşma korxonalar, mamlakatlar örtasidagi aviaqatnovlarning soni izçil ösib bormoqda. Muntazam ravişda qöşma madaniy tadbirlar ötkazib kelinmoqda.
Sanoat, qişloq xöjaligi, ijtimoiy himoya va boşqa ustuvor yönalişlarda loyiha va dasturlarni ilgari suriş zarurligi taʼkidlandi.
Mudofaa va xavfsizlik sohasida, kiberjinoyatçilikka qarşi kuraşiş borasida hamkorlik va özaro muvofiqlaştiruvni mustahkamlaşga alohida eʼtibor qaratildi.
Yetakçilar xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almaşdilar.

