Muzokaralarning natijalari muhim bitimlar bilan mustahkamlandi

Muzokaralarning natijalari muhim bitimlar bilan mustahkamlandi

30.01.2026 10:20145

Oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengaşining törtinçi yiğilişi yakunlari böyiça Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdoğan Qöşma bayonot hamda Keng qamrovli strategik şeriklik doirasidagi hamkorlik mexanizmlari töğrisidagi qarorni imzoladilar.

Bundan taşqari, köp qirrali şeriklikning turli yönalişlarini qamrab oluvçi ikki tomonlama hujjatlar töplami imzolandi. Xususan:

– soğliqni saqlaş, taʼlim va harbiy tibbiyot sohalaridagi hamkorlik töğrisida;

– iqtisodiy va moliyaviy hamkorlik töğrisida;

– konçilik sanoatida özaro hamkorlik töğrisida;

– xalqaro transport yölaklarini rivojlantiriş böyiça hamkorlik töğrisida;

– maxsus iqtisodiy zonalar sohasidagi hamkorlik töğrisida;

– yadro xavfsizligi, jisman himoya qiliş, kafolatlar va radiatsion himoya sohasidagi hamkorlik va axborot almaşinuvi töğrisida;

– migratsiyaga kömaklaşiş va fuqarolarni öz mamlakatiga qaytariş sohasidagi hamkorlik töğrisida;

– Özbekiston Respublikasi Din işlari böyiça qömitasi va Turkiya Din işlari boşqarmasi örtasidagi hamkorlik töğrisidagi hukumatlararo bitimlar;

– Taşqi işlar vazirliklari örtasida 2026-2027-yillarga möljallangan hamkorlik dasturi;

– Özbekiston Yengil sanoatni rivojlantiriş agentligi va Turkiya Oliy taʼlim kengaşi örtasida bayonnoma;

– Madaniyat sohasida 2026-2027-yillarga möljallangan hamkorlik rejasi.

 

president.uz

Ulaşiş: