Jizzax viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş rejalari muhokama qilindi
Prezident Şavkat Mirziyoyev 30-yanvar kuni Jizzax viloyatida amalga oşirilayotgan islohotlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan yiğiliş ötkazdi.
Ötgan yillarda olib borilgan islohotlar va tizimli çora-tadbirlar natijasida viloyat iqtisodiyotida tarkibiy transformatsiya yuz berdi. Natijada hudud agrar sohadan diversifikatsiyalangan sanoat, xizmatlar va zamonaviy agroklasterlarga ixtisoslaşdi. Töqimaçilik, quriliş materiallari, avtomobilsozlik, elektrotexnika va turizm kabi yangi ösiş drayverlari şakllandi.
Yalpi hududiy mahsulotda sanoat uluşi 9,1 foizdan 18,8 foizga oşdi, qişloq xöjaligining uluşi 50 foizdan 36 foizga kamaydi. Şuningdek, işsizlik va kambağallik tegişliça 4,9 va 5,8 foizga kamaydi, eksport 1,8 barobar, xizmat körsatiş 1,6, sanoat işlab çiqarişi hajmi 1,9 barobar köpaydi.
25 ta yirik hamda 533 ta örta va kiçik investitsiya loyihalari işga tuşirildi, 1,4 milliard dollar xorijiy investitsiya özlaştirildi. Eksportçi korxonalar soni 160 taga yetib, eksport hajmi 285 million dollarni taşkil qildi.
Yiğilişda viloyatda kambağallik va işsizlikni yanada qisqartiriş, sanoat, xizmat körsatiş va qişloq xöjaligida keskin ösişga erişiş böyiça rejalar körib çiqildi.
Xususan, 2026-2027-yillarda yalpi hududiy mahsulotning ösiş surʼatlarini 8,5 foizga yetkaziş, sanoatda işlab çiqariş hajmini 8 foizga oşiriş, 5 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb qiliş va yillik eksport hajmini 500 million dollarga yetkaziş rejalaştirilgan.
Eʼtiborlisi, ötgan yillarda investitsiyalar asosan xomaşyo qazib oliş yoki oddiy yiğuv işlab çiqarişga yönaltirilgan bölsa, endilikda yuqori qöşilgan qiymatga ega sanoat loyihalariga yönaltiriladi.
Bundan taşqari, joriy yilda viloyatda işsizlik darajasini 3 foizga, kambağallikni 2,8 foizga tuşiriş, 182 ta mahallani jinoyatçilikdan xoli hududga aylantiriş közda tutilgan.
Davlatimiz rahbari bu maqsadlarga viloyatdagi mahallalarni çuqur ixtisoslaştirmasdan erişib bölmasligini qayd etdi.
Şu munosabat bilan viloyatda kelgusi ikki yilda yangi model rivojlantiriladi. Hududdagi 304 ta mahallaning soliştirma ustunliklari tahlil qilinib, ularning boğdorçilik, çorvaçilik, sabzavot va polizçilik, sanoat, servis hamda turizm yönalişlariga ixtisoslaşuvini çuqurlaştiriş dasturi işlab çiqildi.
Dastur doirasida 5 ming gektar eski boğ va tokzorlarda sertifikatlangan köçatlar ekiş, 4,6 ming gektar sanoatlaşgan plantatsiyalar barpo etiş, 10 ming gektar aholi tomorqasi va ijara yer maydonlarida hosildorligi yuqori va eksportbop mahsulotlar yetiştiriş, 101 ming boş çorva mollarining naslini yangilaş, 5 ta sanoat mikromarkazlari, 6 ta yirik turizm majmualarini taşkil etiş, har bir tuman markazida istirohat boğlarini barpo qiliş va gavjum köçalar taşkil etiş kabi işlar amalga oşiriladi.
Yiğilişda “drayver” loyihalar infratuzilmasini mustahkamlaş uçun joriy yilda 200 milliard söm ajratilişi belgilandi. Sanoatni rivojlantiriş maqsadida 2026-2027-yillarda umumiy qiymati 2,7 milliard dollarlik yirik investitsiya loyihalari amalga oşiriladi. Bunda viloyatdagi qörğoşin-rux, volfram, oltin va boşqa noruda konlardan samarali foydalaniş lozimligi körsatib ötildi.
Zomin tumanida qişloq xöjaligi ilmiy-sanoat parki loyihasining taqdimotida makkajöxorini qayta işlab, yuqori fruktozali sirop va allyuloza işlab çiqariş quvvatlarini yaratiş rejalaştirilgani aytildi.
Şuningdek, qişloq xöjaligi yönalişida naslli çorva mollarni xarid qiliş, tuyaçilikni rivojlantiriş, “Jayilma” kanalini rekonstruksiya qiliş çoralari köriladi.
Davlatimiz rahbari viloyatni rivojlantirişda toğli va çöl hududlarning salohiyatini alohida yondaşuvlar asosida röyobga çiqariş zarurligini taʼkidladi. Jumladan, joriy yilda 25 ming gektar lalmi va yaylov yerlarini foydalanişga kiritiş va yaylovlardan samarali foydalaniş böyiça uç yillik dastur işlab çiqiş rejalaştirilgan.
Yiğilişda Jizzax viloyatining turizm salohiyati ham tahlil qilindi. Aydar-Arnasoy köllar tizimi, şuningdek, Baxmal, Foriş, Zafarobod, Şarof Raşidov va Ğallaorol tumanlarining imkoniyatlari töliq işga solinmayotgani qayd etildi.
Şu munosabat uşbu tumanlarda turizm majmualarini taşkil etiş, Arnasoy aeroportini kengaytiriş, xalqaro avtomobil yöllar böyida savdo-servis majmualarini quriş rejalari körib çiqildi.
Joriy yilda mahallalarda ijtimoiy obyektlar, yöllar, içimlik suvi, kanalizatsiya va elektr tarmoqlari qurilişi uçun 30 million dollar, kelgusi yilda esa yana 10 million dollar mablağ ajratiladi. Buning hisobiga 14 mahalladagi ijtimoiy soha obyektlari, olis 28 ta mahallani boğlovçi 105 kilometr yöllar, 9 ta mahalla aholisi uçun 50 kilometr içimlik suvi, elektr tarmoqlari, 13 ta mahallada 65 kilometr oqova suv tarmoqlari quriladi va taʼmirlanadi.
Şaharsozlik yönalişida Baxmal, Zafarobod va Ğallaorol tumanlarini fazoviy rejalaştiriş va boş rejalarini işlab çiqiş közda tutilgan.
Şuningdek, Jizzax şahri va Şarof Raşidov tumani yagona aglomeratsiya hududi sifatida rivojlantiriladi. Bu böyiça işlab çiqiladigan boş rejada şahar içidagi tirbandliklarni kamaytiriş maqsadida 10 kilometrlik aylanma yöl quriş, şahar va tumanni boğlaydigan yagona jamoat transport tizimini yölga qöyiş, yagona maʼmuriy bino quriş orqali taşkilotlarni bir joyga köçiriş nazarda tutiladi.
Yiğiliş yakunida mutasaddilarga viloyatni yanada rivojlantiriş doirasidagi har bir loyihani aholi bandligi hamda turmuş darajasini oşiriş bilan boğlab bajariş böyiça topşiriqlar berildi.

