Suv resurslaridan foydalaniş samaradorligini oşiriş masalalari muhokama qilindi

Suv resurslaridan foydalaniş samaradorligini oşiriş masalalari muhokama qilindi

04.02.2026 12:16149

Prezident Şavkat Mirziyoyev 3-fevral kuni suv resurslaridan samarali foydalanişni taʼminlaş hamda suv tejovçi texnologiyalarni keng joriy etiş yuzasidan taqdimot bilan tanişdi.

Bugungi kunda mamlakatimizda suv tejovçi texnologiyalar joriy qilingan maydonlar 2,6 million gektarga yoki suğoriladigan yer maydonlarining 60 foiziga yetdi. Taqqoslaş uçun, 2017-yilgaça respublikamizda suv tejovçi texnologiyalar joriy qilingan maydonlar jami 19 ming gektarni taşkil etar edi. Mazkur işlar natijasida har yili 2,5 milliard kub metr suv tejalişiga erişilmoqda.

Bugungi taqdimotda bu boradagi işlar qamrovini yanada kengaytiriş böyiça işlangan yangi takliflar körib çiqildi.

Jumladan, 2028-yilga qadar suv tejovçi texnologiyalarni 930 ming gektar yerda örnatib, bunday maydonlarni 3,5 million gektarga yoki jami suğoriladigan yerlarning 80 foiziga yetkaziş rejalaştirilgan. Natijada har yili 3,5 milliard kub metr suvni iqtisod qiliş, 300 ming gektar yerning suv taʼminotini yaxşilaş va takroriy ekinlarni suğoriş imkoniyati yaratiladi.

Suv tejovçi texnologiyalarni joriy qiliş orqali tejalgan suv resurslari suv taʼminoti oğir hududda joylaşgan fermerlarga kafolatli yetkazib berilişiga zamin yaratadi.

Buning uçun qişloq xöjaligi mahsulotlarini yetiştirişda suv tejovçi texnologiyalarni joriy etişni davlat tomonidan qöllab-quvvatlaşning yangi mexanizmlari qöllanadi.

Xususan, suv resurslari uçun soliq stavkasi va subsidiyalar miqdorini yer maydonlarining suv bilan taʼminlanganlik holatidan kelib çiqib belgilaş taklif qilindi. Masalan, suv bilan barqaror taʼminlanmagan hududdagi suğoriladigan yer maydonlarida suv tejovçi texnologiyalar joriy qilinganda, ajratiladigan subsidiyalarga 1,25 oşiruvçi koeffitsiyent qöllagan holda hisoblanadi.

Şuningdek, suv tejovçi texnologiyalarni bank kreditlarini olmasdan öz mablağlari hisobidan joriy qiladigan taşabbuskorlarga subsidiya ajratişning yangi tizimi joriy etiladi. Bunda tegişli loyiha-smeta hujjatlari va loyihani amalga oşiriş böyiça taʼminotçi korxona bilan tuzilgan şartnoma asosida subsidiya mablağlarining 50 foizi Agrar sohada tölovlar agentligi tomonidan oldindan ajratiladi.

Endilikda boşoqli don ekinlarini yetiştirişda tomçilatib va diskret suğoriş texnologiyasi joriy qilingan maydonlar uçun ham subsidiya beriladi.

Suv tejovçi texnologiyalarni xarid qiliş va quriş maqsadida tijorat banklari tomonidan ajratilgan kreditlar böyiça foizlarni qisman qoplab beriş yölga qöyiladi. Ğöza maydonlarida tomçilatib suğoriş texnologiyasini joriy qiliş uçun kredit mablağlari har yil noyabr oyidan boşlab ajratiladi.

Suv tejovçi texnologiyalarni qurib bergan pudrat taşkilotlari har bir loyihaga kamida 2 yillik kafolat muddati berişi hamda 5 yil davomida servis xizmatlarini körsatişi majburiy etib belgilanadi.

Sohada davlat nazoratini takomillaştiriş masalalariga töxtalib ötildi.

Suv oliş joylarida suvni boşqariş va hisobini yuritişni takomillaştiriş maqsadida şoli yetiştiriladigan hamda baliqçilik xöjaliklari taşkil qilingan yer maydonlarida “aqlli” suv ölçaş va hisoblaş vositalari örnatiladi. Ular “Suv hisobi” axborot tizimiga integratsiya qilinadi.

Suv xöjaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanişni nazorat qiliş inspeksiyasining hududiy bölinmalarida suv tejovçi texnologiyalardan hamda suvdan foydalanişni monitoring qiliş bölimlari taşkil etiladi.

Tadbirkorlik subyektlarida inspeksiya tomonidan ötkaziladigan tekşiruvlarni yonkameralardan foydalangan holda amalga oşiriş tartibi joriy etiladi. Inspeksiyaga qişloq xöjaligi ekin maydonlarida suvdan foydalaniş va suv isrofini monitoring qiliş maqsadida uçuvçisiz uçiş dronlaridan foydalanişga ruxsat beriladi.

Şu bilan birga, örnatilgan suv tejovçi texnologiyalaridan maqsadli foydalanilişi ustidan nazoratni kuçaytiriş zarurligi qayd etildi. Suv tejovçi texnologiyalar joriy qilingan va subsidiya ajratilgan yer maydonlarida bunday texnologiyalar yoki ularning asosiy qismlarini işlatmasdan, anʼanaviy usulda suğoriş suvdan özboşimçalik bilan foydalaniş deb baholanadi.

Fermerlarning suv tejovçi texnologiyalarni joriy etiş sohasidagi manfaatlarining himoyasini kuçaytiriş maqsadida “Suvxöjaliknazorat” inspeksiyasi va uning hududiy boşqarmalari tomonidan suv tejovçi texnologiyalarni örnatiş bilan boğliq masalalar yuzasidan sudlarga daʼvo arizalarini kiritişda davlat bojidan ozod qiliş taklif etildi.

Sohada kadrlar salohiyatini oşiriş – dolzarb masala.

Taqdimotda ilğor xorijiy tajribani inobatga olgan holda suv tejovçi texnologiyalarni joriy qiliş va ulardan foydalaniş böyiça kadrlar tayyorlaş hamda ularning malakasini oşiriş yuzasidan rejalar haqida ham axborot berildi. Jumladan, “Suvçilar maktabi” loyihasi doirasida joriy yilda 10 mingta fermer xöjaliklari xodimlarining malakasi oşiriladi, 358 nafar suv xöjaligi xodimi malaka oşiriş uçun xorijga yuboriladi.

 

president.uz

Ulaşiş: