Özbekiston Prezidenti Iordaniya bilan parlamentlararo aloqalarni yanada rivojlantiriş muhimligini taʼkidladi
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 4-fevral kuni Iordaniya Hoşimiylar Podşohligi Senati Raisi Faysal Aqif Misqal al-Fayoz boşçiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Uçraşuv avvalida yuqori martabali mehmon davlatimiz rahbariga Iordaniya Podşohi Abdulla II ibn al-Husaynning samimiy salomi va tilaklarini yetkazdi.
Ötgan yili Samarqandda oliy darajada erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş doirasida Özbekiston – Iordaniya keng qamrovli şeriklik munosabatlarini yanada rivojlantirişning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Ikki tomonlama aloqalar va almaşinuvlar faol tus olgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Özaro savdo hajmi va qöşma korxonalar soni ortib bormoqda.
Parlamentlarda taşkil etilgan “döstlik guruhlari” işini “yöl xaritasi” asosida faollaştiriş, ularning davlat rahbarlari örtasida erişilgan kelişuvlarning samarali amalga oşirilişini taʼminlaşdagi rolini kuçaytiriş muhimligi taʼkidlandi.
Savdo, sanoat kooperatsiyasi, turizm va madaniy-gumanitar sohalardagi özaro hamkorlikni kengaytirişga alohida eʼtibor qaratildi.
Xususan, joriy yilda Toşkent şahrida bölib ötadigan Hukumatlararo komissiyaning birinçi yiğilişi va yetakçi kompaniyalar biznes forumini natijador qilib ötkaziş zarurligi taʼkidlandi.
Şuningdek, dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almaşildi.

