Özbekiston Prezidentining Pokistonga davlat taşrifi boşlandi

Özbekiston Prezidentining Pokistonga davlat taşrifi boşlandi

06.02.2026 10:51147

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev davlat taşrifi bilan Islomobodga keldi.

Pokiston havo hududida oliy martabali mehmonning samolyotiga uşbu mamlakat Harbiy havo kuçlarining qiruvçi uçoqlari hamrohlik qildi.

“Nurxon” aeroportida davlatimiz rahbarini Pokiston Prezidenti Asif Ali Zardoriy, Boş vazir Şahboz Şarif va boşqa rasmiy şaxslar kutib oldi.

Ikki mamlakatning davlat bayroqlari kötarildi, faxriy qorovul saf tortdi.

Dasturga muvofiq, bugun Mudofaa kuçlari Boş qömondoni – Qurolli Kuçlarning quruqlikdagi qöşinlar qömondoni, feldmarşal Asim Munir, Pokiston Boş vaziri Şahboz Şarif bilan muzokaralar va Oliy darajadagi strategik hamkorlik kengaşining birinçi yiğilişi bölib ötadi.

Ertaga, 6-fevral kuni Pokiston Prezidenti Asif Ali Zardoriy bilan uçraşuv va Özbekiston – Pokiston biznes forumida iştirok etiş rejalaştirilgan.

 

president.uz

Ulaşiş: