Özbekiston Prezidenti va Pokiston Boş vaziri samarali muzokaralar natijalarini yuqori baholadilar
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Pokiston Boş vaziri Şahboz Şarif Islomobod şahrida bölib ötgan Strategik hamkorlik kengaşining birinçi yiğilişi yakunlari böyiça ommaviy axborot vositalari vakillari uçun bayonot berdilar.
Mamlakatimiz yetakçisi sözining avvalida Pokistonga davlat taşrifi bilan keliş taklifi va ötkazilgan samarali muzokaralar uçun uşbu mamlakat hukumati rahbariga minnatdorlik bildirdi.
Jadal rivojlanayotgan Pokiston Özbekistonning işonçli strategik şerigi ekanligi alohida taʼkidlandi. Pokiston Boş vaziri rahbarligida xalq farovonligini oşiriş, iqtisodiy ösişni jadallaştiriş va mamlakatning xalqaro mavqeini mustahkamlaş borasida amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar Özbekistonni xursand qilayotgani aytildi.
Şuningdek, uşbu taşrif Özbekiston – Pokiston strategik şeriklik munosabatlari örnatilganining beş yilligida ötkazilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Sönggi beş yilda özaro savdo 2,5 baravarga, qöşma korxonalar va loyihalar soni esa qariyb 3 baravarga oşdi. Yaqin kelajakda savdo aylanmasini 2 milliard dollarga yetkaziş maqsad qilib qöyildi. 3,5 milliard dollarlik istiqbolli savdo va investitsiya bitimlarining portfeli şakllantirildi.
Muzokaralar yakunida Qöşma deklaratsiya va hamkorlikning ustuvor yönalişlari böyiça 30 ga yaqin muhim hujjat imzolandi.
Ertaga Pokistonning yetakçi kompaniyalari vakillari bilan uçraşuv bölib ötadi.
Mintaqaviy hamkorlikni izçil rivojlantiriş orqali Markaziy va Janubiy Osiyoning özaro boğliqligini birgalikda mustahkamlaşga intiliş qatʼiy ekani bildirildi. Xalqaro va mintaqaviy taşkilotlar doirasida özaro qöllab-quvvatlaşni davom ettirişga tayyorlik qayd etildi.
Özbekiston Prezidenti Pokistonning mamlakatimizning Jahon savdo taşkilotiga aʼzo bölişini faol qöllab-quvvatlagani uçun minnatdorlik bildirdi. Pokistonning 2025-2026-yillarda BMT Xavfsizlik Kengaşining muvaqqat aʼzosi sifatida tinçlik va xalqaro barqarorlikni taʼminlaş borasidagi saʼy-harakatlariga yuqori baho berildi.
Farmatsevtika, töqimaçilik, elektrotexnika, toğ-kon va oziq-ovqat sanoati, qişloq xöjaligi sohalarida hamkorlikni kengaytiriş böyiça kelişuvga erişildi. Transport va logistika aloqalarini rivojlantiriş hamda biznes uçun qulay şaroitlar yaratişga alohida eʼtibor qaratildi.
Hududlararo hamkorlikni çuqurlaştiriş maqsadida bu yil Özbekistonda birinçi Hududlararo forumni ötkazişga qaror qilindi.
Bundan taşqari, birgalikda madaniyat haftaliklari va kinofestivallarni taşkil etiş hamda buyuk mutafakkirlarning ilmiy-maʼrifiy merosini örganiş va ommalaştiriş rejalaştirilmoqda.
Islomobod köçalaridan biriga Toşkent nomi berilgani uçun yana bir bor minnatdorlik bildirildi.
Prezidentimiz, öz navbatida, Pokiston poytaxtida buyuk davlat arbobi va şoir Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi boğni bunyod etiş töğrisida qaror qabul qilinganini eʼlon qildi. Bu Pokiston xalqiga mamlakat mustaqilligi bayrami nişonlanişi arafasida munosib tuhfa böladi.
Mamlakatimiz yetakçisi Pokiston Milliy fan va texnologiyalar universitetining faxriy doktori va professori ilmiy unvonlari berilgani uçun Pokistonga alohida minnatdorlik bildirdi.
Şavkat Mirziyoyev nutqining yakunida barçani bölajak Pokiston kuni bayrami va yaqinlaşib kelayotgan muborak Ramazon oyi bilan tabrikladi.

