Özbekiston va Pokiston örtasida salmoqli kelişuvlar töplami qabul qilindi

Özbekiston va Pokiston örtasida salmoqli kelişuvlar töplami qabul qilindi

06.02.2026 11:02133

Oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengaşining birinçi yiğilişidan söng Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Pokiston Islom Respublikasi Boş vaziri Şahboz Şarif Qöşma deklaratsiya va Ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytiriş töğrisidagi bayonnomani imzoladilar.

Bundan taşqari, yetakçilar huzurida quyidagi ikki tomonlama hujjatlarni almaşiş marosimi bölib ötdi:

– Taşqi işlar vazirliklari örtasida 2026-2028-yillarga möljallangan hamkorlik dasturi;

– Özbekiston – Pokiston Işbilarmonlik kengaşini taşkil etiş töğrisida bitim;

– Özbekiston – Pokiston hududlararo forumini taşkil etiş töğrisida şartnoma;

– Imtiyozli savdo töğrisidagi bitimga yangi tovarlar röyxatini kiritiş haqida bayonnoma;

– Port xizmatlari va çegirmalar taqdim etiş sohasidagi hamkorlik töğrisida bitim;

– Konçilik va geologiya sohasidagi hamkorlik töğrisida bitim;

– Qişloq xöjaligi sohasidagi hamkorlik töğrisida bitim;

– Qişloq xöjaligi tadqiqotlari va rivojlaniş sohasidagi hamkorlik töğrisida bitim;

– Farmatsevtika mahsulotlarini nazorat qiliş sohasidagi hamkorlik töğrisida bitim;

– Töqimaçilik va tikuvçilik sanoatida hamkorlik töğrisida bitim;

– Raqamli va axborot texnologiyalari sohasidagi hamkorlik töğrisida bitim;

– Madaniyat sohasidagi hamkorlik töğrisida bitim;

– Buyuk Boburiylar sulolasining ilmiy-maʼrifiy, madaniy va meʼmoriy merosini asraş, örganiş hamda keng tarğib qiliş töğrisida bitim;

– Sport sohasidagi hamkorlik töğrisida bitim;

– Radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasidagi hamkorlik töğrisida bitim;

– Ekologiya va tabiiy ofatlar sohasidagi hamkorlik töğrisida bitim;

– Favqulodda vaziyatlarni boşqariş sohasidagi hamkorlik töğrisida şartnoma;

– Korrupsiyaga qarşi kuraşiş sohasidagi hamkorlik töğrisida bitim;

– Giyohvandlik vositalari, psixotrop va yangi psixoaktiv moddalar va ularning prekursorlarining noqonuniy aylanişiga qarşi kuraşiş sohasidagi hamkorlik töğrisida bitim;

– Ozodlikdan mahrum etilgan şaxslarni jazoni ötaşni davom ettiriş uçun topşiriş töğrisidagi kelişuv;

– Özbekistondan Pokistonga isteʼmol qiliş uçun yangi uzilgan olma, anjir, limon va aççiq qalampir eksporti uçun fitosanitariya talablari töğrisida bayonnoma;

– ikki mamlakat mudofaa vazirliklari örtasida “yöl xaritasi”.

Şuningdek, Özbekiston – Pokiston ekspertlar kengaşini taşkil etiş, Özbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan Pokiston Sanoat va işlab çiqariş vazirligi huzuridagi Kiçik va örta biznesni rivojlantiriş boşqarmasi, Termiz şahri hokimligi va Peşovar şahri maʼmuriyati, Samarqand şahri hokimligi va Islomobod şahri maʼmuriyati, Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti va Islomobod strategik tadqiqotlar instituti, Toşkent davlat şarqşunoslik universiteti va Peşovar universiteti örtasida hamkorlik töğrisida bitimlar imzolandi.

 

president.uz

Ulaşiş: