Özbekiston Prezidentiga oliy davlat mukofoti – “Nişoni Pokiston” ordeni topşirildi

Özbekiston Prezidentiga oliy davlat mukofoti – “Nişoni Pokiston” ordeni topşirildi

09.02.2026 14:02136

“Ayvoni Sadr” qarorgohida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevga “Nişoni Pokiston” ordenini topşiriş marosimi bölib ötdi.

Prezident Asif Ali Zardoriy Pokistonning oliy mukofotini davlatimiz rahbariga tantanali ravişda topşirdi.

Uşbu nufuzli mukofot köp qirrali hamkorlikni kengaytiriş borasidagi umumiy saʼy-harakatlarning munosib eʼtirofi hamda Özbekiston xalqiga döstona munosabat va çuqur hurmat ifodasi ekani qayd etildi.

Özbekiston – Pokiston strategik şerikligi mazmun jihatidan yangi bosqiçga kötarilib borişiga işonç bildirildi.

Taʼkidlaş joizki, mazkur yuksak mukofot turli yillarda Buyuk Britaniya Qiroliçasi Yelizaveta II, AQŞ Prezidenti Richard Nikson, Janubiy Afrika Respublikasi Prezidenti Nelson Mandela, Tailand Qiroli Pxumipon Adulyadet, BAA Prezidenti Şayx Zoid bin Sulton Ol Nahayon, Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Xu Szintao, Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdoğan, Saudiya Arabistoni Valiahd şahzodasi Muhammad bin Salmon va boşqalarga berilgan.

 

president.uz

Ulaşiş: