Özbekiston va Pokiston Prezidentlarining muzokaralari bölib ötdi

Özbekiston va Pokiston Prezidentlarining muzokaralari bölib ötdi

09.02.2026 14:06143

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Islomobod şahriga davlat taşrifi doirasida “Ayvoni Sadr” qarorgohida Pokiston Islom Respublikasi Prezidenti Asif Ali Zardoriy bilan tor doirada va delegatsiyalar iştirokida uçraşuv ötkazdi.

Özbekiston va Pokiston örtasidagi köp qirrali hamkorlikni yanada kengaytiriş, döstlik hamda strategik şeriklikni mustahkamlaşning joriy holati va dolzarb yönalişlari muhokama qilindi.

Uçraşuv avvalida Asif Ali Zardoriy davlatimiz rahbarini Strategik hamkorlik kengaşining birinçi yiğilişi muvaffaqiyatli bölgani munosabati bilan tabrikladi hamda uşbu davlat taşrifi ikki tomonlama munosabatlarni çuqurlaştirişga yangi surʼat bağişlaydigan tarixiy ahamiyatga ega ekanini qayd etdi.

Yangi Özbekistonni 2030-yilgaça rivojlantiriş strategiyasi doirasida amalga oşirilayotgan keng kölamli ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar yuqori baholandi.

Turli darajalardagi faol aloqalar mamnuniyat bilan qayd etildi. Tovar ayirboşlaş va qöşma korxonalar soni barqaror ösib bormoqda. Iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida kooperatsiya loyihalari amalga oşirilmoqda.

Islomoboddagi sammitga tayyorgarlik doirasida Hukumatlararo komissiya yiğilişi va siyosiy maslahatlaşuvlar samarali ötkazildi.

Amaliy hamkorlikni yanada kengaytiriş, jumladan, siyosiy muloqotni mustahkamlaş, savdo-iqtisodiy va investitsiya aloqalarini rivojlantiriş hamda işbilarmonlik almaşinuvlarini faollaştiriş muhimligi taʼkidlandi.

Yaqin istiqbolda özaro savdo hajmini 2 milliard dollarga yetkaziş böyiça qöşma çora-tadbirlarni muvofiqlaştiriş va amalga oşiriş masalalari atrofliça körib çiqildi.

Hududlar örtasidagi hamkorlikni rivojlantirişga alohida eʼtibor qaratildi. Hududlararo forumning birinçi yiğilişini şu yil Xivada ötkazişga kelişib olindi.

Xalqaro taşkilotlar doirasidagi hamkorlikni mustahkamlaş yuzasidan fikr almaşildi. Tomonlar dolzarb mintaqaviy va xalqaro kun tartibi böyiça pozitsiyasi öxşaşligi hamda bir-birlarini qöllab-quvvatlaşni davom ettirişlarini yana bir bor tasdiqladilar.

Madaniy va gumanitar almaşinuvlarni yanada kengaytiriş hamda taʼlim, ekologiya, sport va boşqa sohalarda qöşma loyihalarni ilgari surişga özaro intiliş qatʼiy ekani qayd etildi.

Muzokaralar yakunida Şavkat Mirziyoyev Asif Ali Zardoriyni Özbekistonga taşrif bilan kelişga taklif etdi.

 

president.uz

Ulaşiş: