Qişloq xöjaligida yangi yerlarni özlaştiriş hamda ilm-fanni rivojlantirişga qaratilgan takliflar taqdimot qilindi
Prezident Şavkat Mirziyoyev 9-fevral kuni qişloq xöjaligida yangi yerlarni özlaştiriş va sohada ilm-fanni yangi bosqiçga olib çiqiş böyiça takliflar taqdimoti bilan tanişdi.
Irrigatsiya va melioratsiya tadbirlari natijasida sönggi beş yilda 826,5 ming gektar yer qişloq xöjaligi foydalanişiga kiritildi. Şuning 409 ming gektari suğoriladigan yerlar hisobiga, 418 ming gektari esa lalmi va yaylov yerlarda yer osti suvlaridan foydalaniş hamda kam suv talab qiladigan ekinlarni joylaştiriş orqali özlaştirildi.
2030-yilgaça yana 938 ming gektar yaylovlarni özlaştiriş va holatini yaxşilaş rejalari taqdimot qilindi.
Xususan, 2026-2027-yillarda 620 ming gektar yaylov tiklanib, şuning 300 ming gektarida yaylov ösimliklari ekiladi, 130 ming gektarida quduqlar örnatiladi. Natijada 960 ming boş mayda şoxli mol boqiş, göşt va jun işlab çiqariş hajmini oşiriş imkoniyati yaratiladi.
Yangi yerlarni özlaştirişda har bir hudud böyiça aniq investor va loyiha asosida iş taşkil qiliş zarurligi qayd etildi.
Qişloq xöjaligida ilm-fanni yangi bosqiçga olib çiqiş uçun amaldagi institutsional infratuzilmani özgartiriş vaqti kelgani qayd etildi. Şu maqsadda sohadagi 22 ta ilmiy markaz, 260 ta laboratoriya hamda 2,5 mingdan ortiq olim va ilmiy xodimlarni yagona tuzilma – Qişloq xöjaligi fanlari akademiyasiga birlaştirilişi belgilangan.
Taqdimotda biotexnologiya va molekulyar biologiya, gen injeneriyasi va gibrid uruğçiligi, “aqlli” qişloq xöjaligi, kosmik va dron texnologiyalari, yerlar degradatsiyasi hamda soğlom tuproq, organik qişloq xöjaligi va oziq-ovqat xavfsizligi, veterinariya, raqamli qişloq xöjaligini akademiya faoliyatining ustuvor yönalişlari sifatida belgilaş taklif etildi.
Akademiya faoliyatini samarali yölga qöyiş böyiça çora-tadbirlar belgilab olindi.
Qişloq xöjaligi uçun kadrlar tayyorlaş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Hozirda Toşkent davlat agrar universitetida 13,6 ming talaba tahsil olayotgani, biroq öquv jarayonining amaliyot bilan yetarliça boğlanmagani sababli bitiruvçilarning atigi 55 foizi öz sohasida işlayotgani körsatib ötildi.
Şu munosabat bilan taʼlim, ilmiy tadqiqot va işlab çiqarişni uzviy boğlaydigan tizim yaratiş, mehnat bozori talabiga mos yetuk mutaxassislar tayyorlaş vazifalari belgilandi.
Jumladan, kelgusida universitet talabalarining 6,8 ming nafari işlab çiqaruvçi taşkilotlar, korxonalar va agroklasterlarda, 2,6 mingdan ziyodi Qişloq xöjaligi vazirligi tizimidagi 22 ta ilmiy-tadqiqot institutida amaliyot ötaydi.
Şuningdek, fermer hamda uning xodimlari farzandlarining test sinovlarida ballari qabul parametrlariga yetmaganda, miqdori kamaytirilgan tölov-kontrakt asosida universitetga qabul qiliş, yettita taʼlim yönalişi böyiça öqiş davomiyligini 4 yildan 3 yilga qisqartiriş taklif etildi. Talabalarni traktorçi-maşinist guvohnomasi va agrodronlardan foydalanişga öqitiş yölga qöyiladi.
Taqdimotda Agrosanoatni rivojlantiriş agentligining faoliyati körib çiqildi.
Ötgan yilda 44 ming gektar samarasiz yerlarda intensiv va sanoatlaşgan boğ hamda tokzorlar taşkil qilib, 37 ming iş örni yaratildi.
Bu yerlarda taşkil etilgan boğ va tokzorlar 2027-yildan hosil berişni boşlab, yiliga 660 million dollar meva-sabzavot eksport qiliş imkoniyati paydo böladi. Masalan, Söxda 500 gektarda olma, malina va örik, Termiz tumanida 164 gektarda örik va şaftoli, Ohangaron tumanida 309 gektar, Bulunğurda 550 gektar hamda Quvada 60 gektar yerda uzumning “Avatar” navi, Pop tumanidagi 504 gektarda esa şaftoli va olxöri plantatsiyalari taşkil etildi.
Mazkur işlarni davom ettirib, 2026-yilda 25,5 ming gektar mevali boğlar va 5 ming gektar uzumzorlar taşkil qilib, 48 ming doimiy hamda mavsumiy iş örinlarini yaratiş zarurligi qayd etildi.
Har yili mamlakatimizga 60 million dollarlik köçatlar import qilinmoqda. Uşbu köçatlarni Yevropa standartlari asosida özimizda tayyorlaş uçun barça imkoniyatlar mavjudligi körsatib ötildi.
Bu borada agentlik tomonidan 200 dan ortiq meva turlarining virusdan xoli, yuqori hosilli onalik navlari kolleksiyasi yaratilgan. Uşbu meva turlarini köpaytiriş va barça hududlarga yetkazib beriş maqsadida Bektemir tumanida 50 gektar, Yuqori Çirçiq tumanida esa 75 gektarlik “in-vitro” laboratoriyalari va onalik köçatxonalaridan iborat majmualar taşkil etilmoqda. Uşbu majmualarni yil yakunigaça işga tuşirib, yillik 27 million dona köçat tayyorlaş vazifasi qöyildi.
Prezidentimiz taqdimotda muhokama qilingan masalalar yuzasidan mutasaddilarga tegişli topşiriqlar berdi.

