Özbekiston Prezidenti OIIB bilan strategik şeriklikning ustuvor yönalişlarini belgilab berdi
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 10-fevral kuni Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki prezidenti Szou Szyai boşçiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Uçraşuv avvalida mamlakatimiz yetakçisi uşbu nufuzli köp tomonlama moliyaviy institut rahbarini lavozimga kirişgani bilan samimiy tabrikladi.
Özbekistonning Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki bilan strategik şerikligini kengaytirişning amaliy masalalari atrofliça muhokama qilindi.
Sönggi yillarda bank bilan köp qirrali hamkorlik jadal rivojlanmoqda. Amaldagi va istiqbolli qöşma loyihalar portfeli 7 milliard dollardan oşdi. Ötgan yilning özida moliyalaştiriş hajmi 1 milliard dollardan ziyodni taşkil etdi.
Özbekiston Prezidenti xususiy sektor, ayollar va yoşlar tadbirkorligini qöllab-quvvatlaş, davlat-xususiy şeriklik loyihalarini işlab çiqiş va ilgari suriş, kambağallikni qisqartiriş dasturini amalga oşirişga kömaklaşiş, muqobil energetika, energiya samaradorligi, suv taʼminoti, ijtimoiy xizmatni rivojlantiriş kabi ustuvor sohalarda samarali hamkorlikni kengaytiriş zarurligini qayd etdi.
OIIBning mintaqaviy ahamiyatga ega yirik infratuzilmaviy loyihalarda faol iştirok etişi muhimligi taʼkidlandi.
Öz navbatida, Szou Szyai mamlakatimizdagi özgarişlar kölamini yuqori baholab, Yangi Özbekistonda amalga oşirilayotgan islohotlar dasturini har tomonlama qöllab-quvvatlaşda davom etişga tayyorligini bildirdi.

