Özbekiston va Qirğiziston yetakçilari telefon orqali muloqot qildilar
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 10-fevral kuni Qirğiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov bilan telefon orqali muloqot qildi.
Özbekiston bilan Qirğiziston örtasidagi döstlik, yaxşi qöşniçilik va keng qamrovli strategik şeriklik munosabatlarini yanada mustahkamlaş masalalari körib çiqildi.
Tovar ayirboşlaş surʼati barqaror ekani mamnuniyat bilan qayd etildi. Sanoat kooperatsiyasi loyihalari amalga oşirilmoqda, yirik infratuzilmaviy loyihalar, şu jumladan, “Xitoy – Qirğiziston – Özbekiston” temir yöli va Qambarota gidroelektr stansiyasi qurilişi böyiça birgalikdagi işlar davom ettirilmoqda.
Prezidentlar mintaqaviy kun tartibining dolzarb jihatlari yuzasidan ham fikr almaşdilar, bölajak ikki va köp tomonlama tadbirlar rejasini muhokama qildilar.

