Sud hokimiyati mustaqilligini taʼminlaş va tizimda korrupsiyaga qarşi kuraşişning holati körib çiqildi
Prezident Şavkat Mirziyoyev 12-fevral kuni Sudyalar oliy kengaşi raisining axboroti bilan tanişdi.
Taʼkidlaş joizki, “Özbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengaşi töğrisida”gi Qonunning 9-moddasida kengaş raisi odil sudlovni amalga oşirişga tösqinlik qilayotgan omillar va sud tizimida korrupsiyaga qarşi kuraşişning holati töğrisida Özbekiston Respublikasi Prezidentiga yil yakunlari böyiça axborot taqdim etişi belgilangan.
Davlatimiz rahbarining 2025-yil 26-dekabrdagi Oliy Majlis va Özbekiston xalqiga Murojaatnomasida korrupsiyaga yöl qöyiş – islohotlarga xiyonat hisoblanişi taʼkidlanib, mamlakatimizda bu illatga qarşi kuraşiş böyiça joriy yilda “favqulodda holat” eʼlon qilingan edi.
Şu sababli, sudlar davlat hokimiyatining alohida böğini sifatida “korrupsiyadan xoli” tizimga aylanişida namuna bölişi lozim.
Sud mustaqilligini taʼminlaş, sudyalarni taşqi bosimlardan himoya qiliş uçun Sudyalar oliy kengaşi bevosita masʼul hisoblanadi. 2025-yilda alohida Farmon qabul qilinib, unga yangi vakolatlar berildi. Sud tizimi uçun yuqori malakali kadrlarni tayyorlaş tizimini tubdan takomillaştiriş maqsadida Kengaş huzurida Odil sudlov akademiyasi taşkil etildi.
Sudyalar oliy kengaşi tomonidan ötgan yilda 135 nafar nomzod ilk bor sudyalik lavozimiga, 286 nafar sudya lavozimga qayta tayinlandi, 241 nafardan iborat tergov sudyalari korpusi şakllantirildi.
Hisobot davrida 59 nafar sudyaning vakolatlari muddatidan ilgari tugatildi, jumladan, sudyalik qasamyodini buzganligi hamda Sudyalar odobi kodeksi talablariga rioya etmaganligi uçun 19 nafar sudya lavozimidan ozod etildi, 3 nafar sudya jinoiy javobgarlikka tortildi, 58 nafar sudyaning lavozimlari pasaytirildi. Sudyalik vakolati muddati tugagan 33 nafar sudya navbatdagi sudyalik lavozimiga noloyiq deb topildi hamda 266 nafar sudya intizomiy javobgarlikka tortildi.
Ötgan yilda sud faoliyatiga aralaşganlik holatlari böyiça Boş prokuraturaga 5 ta taqdimnoma kiritildi. Kengaşning rasmiy veb-saytida sudya daxlsizligi buzilganligi yuzasidan tezkor xabar yuboriş imkoni yaratildi.
Sudyalar daxlsizligi va mustaqilligini taʼminlaş doirasida hududiy sudlar raislari tomonidan çiqarilgan 6 mingdan ortiq buyruqlar örganilib, 231 ta buyruqda 314 nafar sudyalarga nisbatan odil sudlov bilan boğliq bölmagan vazifalar yuklatilganligi aniqlangan hamda ularni bartaraf etiş yuzasidan aniq çoralar körilgan.
Şu bois, sudyani öziga xos bölmagan vazifalardan ozod etiş maqsadida sud apparati xodimlari bilan işlaş, moddiy-texnik taʼminot va barça taşkiliy işlarga masʼul böladigan “sud maʼmurçiligi” institutini taşkil etiş böyiça ilğor xorijiy tajriba örganiladi.
Sudyalar mustaqilligi va daxlsizligini taʼminlaş borasida Sudyalar intizomiy hayʼatini taşkil etiş orqali sudyaga nisbatan intizomiy jazo qöllaşning xolis tartibini yaratiş taklif qilindi.
Sudya va ularning oila aʼzolari mol-mulkini deklaratsiya qilişni yölga qöyiş, sud apparati xodimlari orasida korrupsiyaning oldini olişga qaratilgan komplayens nazorat tizimini joriy etiş, sud apparati xodimlarini işga olişning oçiq tartibini yaratiş kabi taşabbuslar ilgari surildi.
Bundan taşqari, mamlakatimizda xotin-qizlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş böyiça amalga oşirilayotgan davlat siyosati doirasida sud tizimida ham gender tenglikni taʼminlaş masalasi muhokama qilindi. Jumladan, yaqinlaşib kelayotgan 10-mart – Xalqaro ayol sudyalar kunini nişonlaş böyiça rejalar belgilab olindi.
Prezidentimiz bildirilgan takliflarni qöllab-quvvatlab, sud hokimiyati mustaqilligi, sudyalar daxlsizligini taʼminlaş, odil sudlovni amalga oşirişga tösqinlik qilayotgan omillarni bartaraf etiş yönalişidagi tizimli çora-tadbirlarni izçil davom ettiriş yuzasidan bir qator tavsiyalar berdi.

