Kreativ iqtisodiyotni rivojlantiriş va yangi madaniyat maskanlari loyihalari taqdimot qilindi
Prezident Şavkat Mirziyoyev kreativ iqtisodiyotni rivojlantiriş, madaniyat muassasalari infratuzilmasini yaxşilaş hamda yangi kreativ maydonlarni taşkil etiş yuzasidan taqdimot bilan tanişdi.
Bugungi kunda kreativ iqtisodiyot köplab davlatlarda iqtisodiy ösişning asosiy drayverlaridan biriga aylanmoqda. Jahon yalpi içki mahsulotining 3-7 foizi uşbu soha hissasiga töğri keladi. Mamlakatimizda 2024-yilda kreativ iqtisodiyotning YIMdagi uluşi 3,7 foizni yoki 56,8 trillion sömni taşkil etgan, eksport hajmi esa 770,6 million dollarga yetgan, sohada 319 ming nafardan ortiq aholi band.
Aholining 60 foizdan ortiği yoşlar ekani, raqamli infratuzilmaning jadal rivojlanayotgani hamda madaniy merosimiz boyligi uşbu sohada “katta sakraş” qiliş uçun mustahkam zamin yaratayotgani taʼkidlandi.
Şu maqsadda 2024-yilda kreativ iqtisodiyot töğrisida alohida qonun qabul qilinib, sohaning huquqiy asosi yaratilgan edi. Kreativ industriya parki taʼsis etilib, uning rezidentlari uçun maxsus soliq rejimi joriy etildi. Jumladan, daromad soliği va ijtimoiy soliq stavkasi 12 foizdan 6 foizga tuşirildi. Sohadagi tadbirkorlarga bir qator boşqa imtiyozlar ham berildi.
Mana şu çora-tadbirlar hisobiga 2030-yilga qadar kreativ iqtisodiyotning YIMdagi uluşini 5 foizga yoki 145 trillion sömga yetkaziş, eksportni 1 milliard dollarga olib çiqiş, sohadagi band aholini 500 ming nafardan oşiriş maqsad qilingan.
Taqdimotda Toşkent şahrida joylaşadigan Kreativ industriya parkining konsepsiyasi körib çiqildi. Unda yaşil boğ, art-obyektlar, xalqaro dasturlaş tarmoğining Toşkent maktabi, kitob kafesi, sport maydonlari, ijodiy pavilyonlar, kovorking markazi va ofislar, kino va video işlab çiqariş maydonlari, ovoz yoziş studiyasi, kreativ industriya kampusi hamda yoşlar va ijodkorlar uçun mehmonxona barpo etiladi. Loyiha davlat-xususiy şeriklik asosida amalga oşiriladi.
Şuningdek, Yangi Toşkent hududi va Nukus şahrida kreativ parklar taşkil etilişi rejalaştirilgan.
Yangi Toşkentda kreativ park rezidentlari uçun ijara maydonlari, studiyalar, media va anjuman zallari, tijorat va xizmat körsatiş obyektlari joylaştirilsa, Nukus şahrining Istiqlol boğidagi mavjud pavilyon rekonstruksiya qilinib, köp funksiyali jamoat-madaniyat markaziga aylantiriladi.
Nukusdagi kreativ park loyihasining eʼtiborli jihati şundaki, unda Özbekistonning “EKSPO-2025”dagi milliy pavilyoni joylaştiriladi va yonida zamonaviy kutubxona barpo etiladi.
Yurtimizdagi madaniyat markazlari faoliyati tanqidiy tahlil qilindi.
Respublikadagi 800 dan ortiq madaniyat markazining yarmidan köpi taʼmirtalab holatda ekani qayd etildi. Aksariyat madaniyat markazlari haligaça eskiça işlayotgani, asosan bayram tadbirlarini ötkaziş bilan çeklanib qolgani körsatib ötildi.
Şu bois, madaniyat markazlarini zamonaviy andoza asosida rivojlantiriş böyiça pilot loyiha işlab çiqilgan. Loyiha Toşkent, Qöqon, Buxoro va Samarqanddagi 4 ta markazni qamrab olgan bölib, birinçisi Toşkent şahridagi “Gulşan” madaniyat markazi negizida taşkil etilmoqda. Unda “madaniyat – taʼlim – hordiq – muloqot” zanjiri asosida turli yönalişlaridagi klublar, ustaxonalar, studiyalar va tögaraklar taşkil etiladi.
Taqdimotda Buyuk Britaniya Qirollik jamğarmasi maktabi tajribasi asosida Toşkent şahrida Anʼanaviy sanʼat oliy maktabini taşkil etiş rejalari ham körib çiqildi.
Uşbu oliy maktab kulolçilik va ğişt teriş, manzarali bezak, yoğoç öymakorligi, arxitekturaviy xattotlik, geometrik va biomorf naqş yönalişlarida bakalavriat va magistratura dasturlarini amalga oşiradi. Taʼlim ingliz tilida olib boriladi, ikki yillik dastur asosida mutaxassislar tayyorlanadi. 2027-yilda 50 nafar mutaxassis tayyorlaş, 2031-yilga kelib, yiliga 80 nafar kadr quvvatiga çiqiş rejalaştirilgan.
Şuningdek, taqdimotda Milliy restavratsiya institutini taşkil qiliş, Samarqand şahridagi Bibixonim masjidini restavratsiya qiliş, “Turkiston” yozgi amfiteatrini taʼmirlaş loyihalari körib çiqildi. Loyihalaştiriş va restavratsiya işlarini UNESСO bilan töliq kelişilgan holda bajariş zarurligi qayd etildi.
Davlatimiz rahbari kreativ iqtisodiyotni rivojlantiriş nafaqat madaniy, balki iqtisodiy jihatdan strategik muhim ekanini taʼkidlab, belgilangan loyihalarning ijrosini sifatli taʼminlaşga körsatma berdi.

