Texnik tartibga soliş sohasidagi islohotlarni jadallaştiriş masalalari muhokama qilindi

Texnik tartibga soliş sohasidagi islohotlarni jadallaştiriş masalalari muhokama qilindi

13.02.2026 14:05149

Prezident Şavkat Mirziyoyev 12-fevral kuni texnik tartibga soliş sohasini xalqaro talablar asosida tubdan yangilaş yuzasidan taqdimot bilan tanişdi.

Qayd etilganidek, sönggi tört yilda milliy standartlarning yarmi xalqaro talablarga töliq uyğunlaştirildi. Mamlakatimiz akkreditatsiya tizimi 185 ta davlat orasida 29-örinni egalladi. Milliy laboratoriyalar natijalari Germaniya, Koreya va Yaponiya kabi 37 ta davlat tomonidan tan olina boşladi.

Şu bilan birga, xavf darajasi yuqori bölgan 156 ta tovar pozitsiyasini majburiy davlat röyxatidan ötkaziş bekor qilindi. Majburiy sertifikatdan ötadigan tovarlar pozitsiyasi 27 foizga qisqardi.

Bu tufayli sohada adolatli raqobat muhiti şakllangani, ortiqça ovoragarçilik kamayganini tadbirkorlarning özi ham tan olmoqda.

Şu bilan birga, sohada hali yeçimini kutayotgan masalalar köpligi taʼkidlandi. Jahon savdo taşkilotiga aʼzo böliş jarayonida birinçi navbatda texnik tartibga soliş tizimi töliq xalqaro talablarga mos bölişi şartligi qayd etildi.

Avvalo, mahsulotni baholaşda korxona faoliyatini tekşiriş amaliyoti tadbirkorlar noroziligiga sabab bölayotgani körsatib ötildi. Amaldagi tartibga köra, talabga javob bermaydigan mahsulot aniqlanganda, uning aylanmasi emas, uni işlab çiqargan tadbirkorning faoliyati çeklanmoqda.

Rivojlangan davlatlar tajribasida xavf-tahlilga asoslangan bozor nazorati tizimi amal qiladi. Bunda işlab çiqaruvçi mahsulot muvofiqligini deklaratsiyalaş orqali barça masʼuliyatni öz zimmasiga oladi, sifat va xavfsizlikni kafolatlaydi.

Şu munosabat bilan mamlakatimizda davlat nazoratidan bosqiçma-bosqiç voz keçilib, bozor nazorati tamoyillariga ötiladi. Buning uçun “Bozor nazorati töğrisida” alohida qonun loyihasi işlab çiqildi.

Eskirgan standartlar va samarasiz texnik reglamentlardan voz keçiş va töliq xalqaro standartlarga ötiş zarurligi körsatib ötildi. Hozirda 33 mingdan ortiq standart mavjud bölib, ularning 50 foizi eskirgan yoki xalqaro talablarga mos emas.

Şu bois, 6 ta texnik reglament bekor qilinadi, 29 tasi qayta körib çiqiladi. Joriy yilda 4 ming 460 ta, kelgusi yilda 2,5 mingdan ziyod, 2028-yilda esa 817 ta xalqaro standartni qabul qiliş maqsad qilingan.

2026-yil 1-iyuldan töqimaçilik, çarm, mebel, elektrotexnika, avtomobilsozlik, axborot texnologiyalari, 2027-yildan boşlab neft-gaz, metallurgiya, transport, quriliş mahsulotlari, tibbiy buyumlar, 2028-yildan boşlab esa energetika, kimyo, ekologiya va xizmat körsatiş sohalarida işlab çiqariş va xizmat körsatişni töliq xalqaro standartlar asosida taşkil etiş rejalari maʼlum qilindi.

Sertifikatsiya jarayonini yanada soddalaştiriş zarurligi qayd etildi. Hozirgi murakkab tizim tannarx asossiz oşişiga, byurokratiya va korrupsiyaga şaroit yaratayotgani körsatib ötildi. Xavf-tahlil asosida baholaş tizimi joriy etilib, qolgan tovar pozitsiyalari böyiça ham majburiy sertifikatlaşni bekor qiliş va bosqiçma-bosqiç deklaratsiyalaşga ötkaziş taklif qilindi.

Umuman, “Mahsulotning umumiy xavfsizligi töğrisida”gi qonun loyihasini qabul qiliş maqsadga muvofiq ekani taʼkidlandi.

Sohada institutsional özgarişlar amalga oşiriladi. Texnik tartibga soliş agentligi tarkibidagi taşkilotlar “Öztest” markazini tugatiş va Akkreditatsiya markazini Vazirlar Mahkamasi böysunuviga ötkaziş orqali 5 tadan 3 taga qisqartirilişi belgilandi.

Sinov va sertifikatlaş xizmatlarini töliq xususiy sektorga beriş taklif qilindi. Ayni paytda xususiy sektorda barça sohalarni qamrab olgan 207 ta sinov laboratoriyasi va 73 ta sertifikatlaş idorasi faoliyat yuritmoqda. Soğlom raqobat muhitini şakllantiriş maqsadida Angliyaning “Intertek”, Şveytsariyaning “SGS” Fransiyaning “Bureau Veritas”, Germaniyaning “TÜV” kabi yetakçi xalqaro kompaniyalari jalb qilinadi.

Taqdimotda “SUz” milliy muvofiqlik belgisini joriy etiş, akkreditatsiya organining mustaqilligini taʼminlaş, sinov laboratoriyalari faoliyatini raqamlaştiriş, metrologiya tizimini isloh qiliş hamda etalon bazasini kengaytiriş masalalari ham körib çiqildi.

Davlatimiz rahbari bildirilgan taklif va taşabbuslar yuzasidan tadbirkorlarning fikr-mulohazalarini tingladi hamda yangi tizimni joriy qiliş böyiça mutasaddilarga aniq topşiriqlar berdi.

 

president.uz

Ulaşiş: