Ohangaronda zamonaviy elektrotexnika mahsulotlari işlab çiqarilmoqda

Ohangaronda zamonaviy elektrotexnika mahsulotlari işlab çiqarilmoqda

17.02.2026 10:00152

Prezident Şavkat Mirziyoyev Ohangaron tumaniga taşrifi davomida “Premier” maişiy texnika mahsulotlarini işlab çiqariş korxonasi faoliyati bilan ham tanişdi.

Keyingi yillarda mamlakatimizda elektrotexnika sanoatini rivojlantiriş har tomonlama qöllab-quvvatlanmoqda. Natijada tarmoqqa töğridan-töğri xorijiy investitsiyalar va zamonaviy texnologiyalarni jalb etiş, mahalliy xomaşyo resurslarini çuqur qayta işlaş, import örnini bosuvçi, eksport bozorlarida raqobatbardoş va yuqori qöşilgan qiymatli mahsulotlar işlab çiqariş kengaydi.

Xususan, Ohangarondagi mazkur loyiha ham Birlaşgan Arab Amirliklarining “Fajr Al Mustaqbal General Trading” korxonasi bilan hamkorlikda 10 gektar maydonda amalga oşirilayotgan bölib, umumiy qiymati 30 million dollarni taşkil qiladi.

Loyiha doirasida 250 ta yangi iş örni yaratiladi, 4 million dollar eksport amalga oşiriladi. Ayni vaqtda quriliş işlari 95 foizga bajarilib, 11,3 million dollar investitsiya özlaştirilgan.

Mazkur korxonada işlab çiqariladigan mahsulotlar Ozarbayjon, Qozoğiston, Tojikiston, Rossiya, Qirğiz Respublikasi, Afğoniston kabi davlatlarga eksport qilinadi.

Ayni paytda bu kabi korxona Özbekistonda ikkita, Markaziy Osiyoda esa törtta bölib, ularning orasida mazkur loyiha mahsulot işlab çiqariş hajmi böyiça ikkinçi örinda turadi.

Kelgusida majmua töliq işga tuşişining hisobiga 87 million dollarlik import örnini bosuvçi mahsulot işlab çiqarilişi kutilyapti.

Davlatimiz rahbari korxonaning iş jarayoni, mahsulotlari sifatini közdan keçirdi. Mutaxassislar va işçilar bilan suhbatlaşdi.

Şu yerning özida korxonaning 2026-2027-yillarga möljallangan rivojlaniş dasturi taqdimot qilindi. Mamlakatimizdagi elektrotexnika mahsulotlari işlab çiqaruvçi korxonalarning körgazmasi bilan tanişildi.

Davlatimiz rahbariga “Eltech Industrial” texnoparkida amalga oşirilayotgan işlar va istiqbolli rejalar töğrisida ham axborot berildi.

Texnopark elektrotexnika sanoatini yangi bosqiçga olib çiqiş, yuqori qöşilgan qiymatli mahsulotlar işlab çiqariş, yangi iş örinlari yaratiş va eksport geografiyasini kengaytirişga qaratilgan yirik sanoat klasteriga aylanmoqda. Texnopark törtta hududdan iborat, umumiy maydoni 362 gektarni taşkil etadi. Hozirgi kunda 4 ta loyiha işga tuşirilgan, 27 ta loyiha şakllantirilgan. Umumiy qiymati 797 million dollar bölgan korxonalarda minglab yangi iş örinlari yaratiş va salmoqli eksport hajmiga erişiş rejalaştirilgan.

Işga tuşirilgan korxonalarda mis quvurlari va fitinglar, mikroprotsessor modullari va sim-kartalar, yuqori kuçlanişli kabellar hamda maişiy texnika mahsulotlari işlab çiqarilmoqda. Kelgusida öta yupqa mis folgasi, boşqaruv va SIP kabellari, robototexnika va elektroplatalar kabi yangi turdagi mahsulotlarni özlaştiriladi.

– Elektrotexnika sanoatini iqtisodiyotimiz drayverlaridan biriga aylantirib, körsatkiçlarni kelgusida ön milliard dollarga yetkazişni strategik maqsad qilib qöyişimiz zarur. Buning uçun içki va taşqi bozorlarda mustahkam örin egallaş, raqobatbardoş mahsulot işlab çiqariş hamda soha uçun yetuk, zamonaviy bilim va könikmalarga ega kadrlar tayyorlaşga alohida e’tibor qaratişimiz şart, – dedi davlatimiz rahbari.

 

president.uz

Ulaşiş: