Yuqori iqtisodiy ösiş surʼatlarini taʼminlaş böyiça vazifalar belgilab olindi

Yuqori iqtisodiy ösiş surʼatlarini taʼminlaş böyiça vazifalar belgilab olindi

17.02.2026 10:03185

13-fevral kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida tarmoq va hududlarda yuqori iqtisodiy ösiş surʼatlarini taʼminlaş böyiça asosiy vazifalar muhokamasiga bağişlangan videoselektor yiğilişi bölib ötdi.

Yiğiliş avvalida ötgan yilgi makroiqtisodiy natijalar qayd etildi. Mamlakatimiz yalpi içki mahsuloti hajmi 7,7 foizga ösib, 147 milliard dollardan oşdi. Iqtisodiy ösişning yarmidan köpi xizmatlar hisobiga taʼminlandi. Qişloq xöjaligida gektaridan örtaça daromad 4,5 mingdan 5 ming dollarga köpaydi, mehnat unumdorligi 4,7 foizga oşdi.

Iqtisodiyotga ilğor, energiya tejamkor texnologiyalar kirib kelayotgani hamda yuqori qöşilgan qiymat beradigan loyihalar köpayib borayotgani natijasida bir yil içida bir dollarlik qöşilgan qiymat yaratişga sarflangan energiya xarajatlari 15 foizga kamaydi.

Prezidentimiz 2026-yil uçun belgilangan körsatkiçlarga töxtalib, 6,6 foizli iqtisodiy ösiş orqali yalpi içki mahsulot hajmini 167 milliard dollarga yetkaziş rejasi geosiyosiy vaziyat va iqtisodiy tebranişlarni inobatga olgan holda şakllantirilgan ehtiyotkor prognoz ekanini taʼkidladi.

Şu bilan birga, har bir vazir, hokim va tarmoq rahbari sohasiga yangiça boşqaruv olib kirib, resurslardan samarali foydalansa, anʼanaviy eksport bozorlariga boğlanib qolmasdan yangi yönalişlar oçsa, raqamlaştiriş va sunʼiy intellekt böyiça mutaxassislarni jamlab, innovatsiyalar kiritsa, yoşlarni jalb etib, “startap klub”lar taşkil etsa, iqtisodiy ösişni yanada yuqori surʼatlarda taʼminlaş uçun barça imkoniyatlar borligi körsatib ötildi.

Yiğilişda strategik korxonalar samaradorligi va xarajatlarni qisqartiriş masalalari ham atrofliça muhokama qilindi.

Milliy investitsiya jamğarmasini boşqarişga jalb etilgan “Franklin Templeton” kompaniyasi tahliliga köra, korporativ madaniyatni kuçaytiriş, logistika, raqamlaştiriş va energiya samaradorligida katta zaxiralar mavjudligi qayd etildi. 19 ta strategik korxona rahbarlariga xarid tizimi, logistika, raqamlaştiriş va energiya samaradorligi böyiça keskin çoralar körib, tannarxni 10-15 foizga qisqartiriş vazifasi qöyildi.

– Iqtisod qiliş rejasi işlab çiqarişni kamaytiriş hisobidan emas, balki mahsulot tannarxini qisqartiriş orqali taʼminlanişi şart, – dedi Prezidentimiz.

Şuningdek, strategik korxonalarni “Yagona ğaznaçilik” axborot tizimi bilan qamrab oliş, xaridlarni risk-tahlil asosida toifalaş orqali samarasiz xarajatlarga çek qöyiş muhimligi taʼkidlandi.

Hududiy sanoatni rivojlantirişdagi kamçiliklar keskin tanqid qilindi. Uç yilda respublika sanoati 21 foiz ösgan bölsa-da, qator tumanlarda bu körsatkiç 10 foizga ham yetmagani, ayrim hududlarda kredit resurslari va investitsiyalarning ösişi sanoat ösişiga mutanosib taʼsir körsatmayotgani körsatib ötildi.

Viloyat hokimlarining birinçi örinbosarlariga 12 ta tumanga borib, bir oy joyida işlaş, işlab çiqarişi pasaygan korxonalarni “oyoqqa turğaziş” va uşbu tumanlarda sanoat ösişini taʼminlaş vazifasi qöyildi.

Umuman, respublika sanoatini kamida 8,5 foizga östiriş böyiça tarmoqbay va hududbay rejalarni tasdiqlaş, birinçi çorak yakunida aniqlangan muammolar va ularning yeçimiga qarab, rahbarlar faoliyatiga baho beriş belgilandi.

Yurtimizda yiliga 650 ming dona avtomobil işlab çiqariş quvvatiga ega 4 ta yirik korxona mavjudligi, bu yil 300 dan ziyod mahalliy korxonalar bilan kooperatsiya asosida yana 763 ta detal işlab çiqarişni boşlaş hamda avtomobil işlab çiqarişni 510 mingtaga yetkaziş zarurligi taʼkidlandi. Aholi talabini rağbatlantiriş maqsadida avtokredit stavkalarini pasaytiriş va hajmini oşiriş çoralarini köriş topşirildi.

Investitsiyalarni jalb etiş va loyihalarni samarali amalga oşiriş böyiça yangi boşqaruv yondaşuvlari belgilandi.

Joriy yil 50 milliard dollar xorijiy investitsiya olib keliş rejasi qöyilgani, yangi loyihalar birinçi navbatda yuqori qöşilgan qiymatli va eksportbop mahsulot işlab çiqarişga, resurslardan samarali foydalaniş hamda yuqori daromadli iş örinlari yaratişga xizmat qilişi zarurligi taʼkidlandi.

Vazirlar va hokimlarga 2026-yilgi investitsiya dasturiga kiritilayotgan har bir loyihaning bozori, eksporti, qöşilgan qiymati va yaratadigan iş örinlarini töliq tahlil qiliş topşirildi.

Endilikda investitsiya loyihalari bilan işlaşda loyihani işga tuşiriş bilan çeklanib qolmasdan, uning töliq işlaşi, yuqori qöşilgan qiymat yaratişi va taşqi bozorga çiqişi böyiça ham qatʼiy nazorat örnatiladi. Şu maqsadda dasturga kirgan har bir loyihani işga tuşgandan keyin uç yil davomida monitoring qiladigan “Yagona milliy loyiha boşqaruvi” platformasi yaratiladi.

Ötgan yili turli taşkiliy muammolar sabab 55 ta yirik loyiha keçikkani qayd etilib, bu yil qiymati 165 milliard dollarlik 377 ta strategik loyiha alohida nazoratga olinişi belgilandi.

Şuningdek, xorijiy taşriflar doirasida 135 milliard dollarlik kelişuvlarga erişilgani, joriy yilning özida Turkiya bilan 9 milliard, Pokiston bilan 1 milliard 428 million dollarlik investitsiya bitimlari imzolangani maʼlum qilindi.

Investitsiyalarning köpayişi hisobiga quriliş hajmini oşiriş vazifasi qöyildi. Mutasaddilarga joriy yilgi quriliş hajmini 400 trillion sömga olib çiqib, sohada kamida 17 foiz ösişni taʼminlaş topşirildi. Ijtimoiy va işlab çiqariş infratuzilmasi uçun budjetdan 40 trillion söm ajratilayotgani quriliş, quriliş materiali, metallurgiya va elektrotexnika korxonalari uçun katta bozor ekani qayd etildi.

Şu bilan birga, hududlardagi “Yagona buyurtmaçi xizmati” injiniring kompaniyalari nazoratini kuçaytiriş, Qoraqalpoğiston, Samarqand va Farğonada buyurtmaçi xizmatlariga tajriba tariqasida xususiy sektorni jalb qiliş muhimligi taʼkidlandi.

Energiya samaradorligini oşiriş masalalari böyiça ham aniq körsatmalar berildi.

Kiçik va örta korxonalarning yillik energiya isteʼmoli kattaligi hisobga olinib, bu toifadagi korxonalarda energiya samaradorlik böyiça yangiça tizim joriy etilişi va uç yillik dastur işlab çiqilişi belgilandi. 2026-yilda kiçik va örta korxonalarda 100 million kub metr gaz va 500 million kilovatt-soat elektrni tejaş çoralarini köriş muhimligi qayd etildi.

Şuningdek, respublikadagi 917 mingta yoritiş çiroqlarining yiliga 330 million kilovatt-soat elektr sarflayotgani va kunduz kuni ham yoniq qoliş holatlari uçrayotgani körsatilib, yoritiş ustunlariga kiçik quyoş paneli, batareya hamda kun yorişişiga qarab, özi öçib-yonadigan datçik örnatişni boşlaş topşirildi.

Yiğilişda davlat xaridlarida mahalliy işlab çiqaruvçilar uluşini oşiriş masalasiga ham alohida eʼtibor qaratildi.

Qayd etilganidek, 300 trillion sömlik davlat xaridlarida mahalliy mahsulotlar uluşi 68 foizga yetgan bölsa-da, Olmaliq kombinati, “Öztransgaz”, “Milliy elektr tarmoqlari”, “Uzbekistan Airports” va “Özbekiston havo yöllari” tizimlarida bu körsatkiç 40 foizga ham yetmayotgani körsatib ötildi. Şuningdek, tadbirkorlar davlat xaridi, ekspertiza va sertifikatlaş jarayonlarida byurokratiya köpligi, ayrim rahbarlar esa “çet elniki sifatliroq” degan eski qaraşdan hali ham voz keçmayotganini aytmoqda.

Endi vazirlar, tarmoq rahbarlari va hokimlar har bir loyihada muzokara, tender, quriliş hamda xomaşyo taʼminotining barça bosqiçlarida mahalliy mahsulotlar uluşini köpaytirişga şaxsan javob berişi belgilandi.

Iqtisodiy ösişni taşqi bozorlar hisobidan taʼminlaş masalasi yiğilişning alohida yönalişi böldi.

Prezidentimiz “içki bozordagi talabning özi bilan yuqori iqtisodiy ösişni taʼminlab bölmasligi”ni taʼkidlab, vazirlar, tarmoq rahbarlari va hokimlarning asosiy vazifasi yangi mahsulotlar bilan yangi bozorlarga kirib boriş bölişi zarurligini qayd etdi.

Ötgan yili eksport 22 foizga ösib, 24 milliard dollarga yetgan bölsa-da, köp rahbarlar eksportda eskiça iş uslubidan voz keça olmayotgani misollar bilan körsatib ötildi. Endilikda eksport böyiça talab faqat hajm emas, balki yangi mahsulot va yangi bozorlar böyiça ham bölişi belgilandi.

Içki bozorda narx-navo barqarorligini taʼminlaş, inflyatsiyaga taʼsir qiluvçi omillarni oldindan aniqlab, amaliy yeçim topiş vazifalari ham belgilab berildi.

Yanvar oyida yillik inflyatsiya 7,2 foizni taşkil etgani, inflyatsiyaning 45 foizi oziq-ovqat mahsulotlari hisobiga, ayniqsa, 13 foizi göşt narxi hisobidan şakllangani qayd etildi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Tarmoq bozorlari va mehnat unumdorligi markaziga inflyatsiya böyiça içki va taşqi xatarlarni oldindan aniqlab boriş, har hafta tuman va şahar bozorlarini tahlil qiliş, talab prognozini şakllantiriş hamda har çorakda asosiy oziq-ovqat mahsulotlari balansini işlab çiqiş vazifasi yuklatildi.

Keyingi haftadan muborak Ramazon oyi boşlanişi munosabati bilan içki bozorlarda narx-navo barqarorligini taʼminlaş har qaçongidan ham muhim ekani taʼkidlanib, dehqon bozorlari va yirik savdo komplekslarida arzonlaşgan oziq-ovqat yarmarkalarini boşlaş böyiça topşiriq berildi.

Qişloq xöjaligida ham narx barqarorligini taʼminlaş va aholi daromadlarini oşirişga qaratilgan vazifalar körsatib ötildi.

Göştda importga qaramlikni qisqartiriş uçun ozuqa bazasini mustahkamlaş zarurligi qayd etildi. Muborak tumanida 5 ming gektar yer foydalanişga kiritilib, makkajöxori ekiş boşlangani namuna sifatida keltirildi. Joriy yil qöşimça 60 ming gektarda şu işlarni taşkil qiliş topşirildi. Bu orqali qöşimça 350 ming çorva uçun kafolatlangan ozuqa bazasi yaratilişi taʼkidlandi.

Şuningdek, ötgan yili 772 ming tonna kartoşka import qilingani qayd etilib, joriy yilda 4,5 million tonna kartoşka hosili oliş zarurligi körsatib ötildi.

Yiğilişda tarmoq va hududlar rahbarlarining hisobotlari tinglandi.

 

president.uz

Ulaşiş: