Özbekiston Prezidenti amaliy taşrif bilan Amerika Qöşma Ştatlarida böladi

Özbekiston Prezidenti amaliy taşrif bilan Amerika Qöşma Ştatlarida böladi

17.02.2026 17:58132

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Amerika Qöşma Ştatlari Prezidenti Donald Trampning taklifiga binoan 17-19-fevral kunlari Tinçlik kengaşining dastlabki yiğilişida iştirok etiş uçun amaliy taşrif bilan Vaşington şahrida böladi.

Kengaşning birinçi sammiti AQŞ Tinçlik institutida bölib ötadi hamda Ğazo sektorini tiklaş, unga gumanitar yordam körsatiş, uşbu mintaqada tinçlik va barqarorlikni taʼminlaş masalalariga bağişlanadi.

Özbekiston yetakçisi taşrifning işbilarmonlik dasturi doirasida Amerikaning yetakçi kompaniyalari va moliya institutlari rahbarlari iştirokidagi strategik loyihalar taqdimoti hamda iqtisodiy sohaga oid ikki tomonlama hujjatlarni imzolaş marosimida iştirok etişi közda tutilgan.

Eslatib ötamiz, Tinçlik kengaşi AQŞ Prezidenti Donald Trampning taşabbusi bilan taşkil etilgan. Özbekiston joriy yil yanvar oyida Şveytsariyaning Davos şahrida unga taʼsisçi davlat sifatida qöşildi.

 

president.uz

Ulaşiş: