Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Tinçlik kengaşining birinçi sammitidagi nutqi

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Tinçlik kengaşining birinçi sammitidagi nutqi

20.02.2026 11:05120

Muhtaram Donald Tramp Janobi Oliylari!

Hurmatli sammit iştirokçilari!

Avvalambor, Amerika Qöşma Ştatlari Prezidenti Donald Tramp Janobi Oliylariga Tinçlik Kengaşining inauguratsiya majlisini çaqirgani uçun çin dildan minnatdorçilik izhor etaman.

Heç şubhasiz, bugungi sammit bu Prezident Trampning siyosiy irodasi va pragmatizmi natijasidir.

Özbekiston Tinçlik kengaşini tuziş böyiça tinçliksevar taşabbusni qöllab-quvvatladi va uning muvaffaqiyatli amalga oşirilişi borasida özining amaliy iştirokini qatʼiy bayon etdi.

Işonçim komil, Kengaş işi Ğazo mintaqasini iqtisodiy va ijtimoiy qayta tiklaş uçun qulay şaroit yaratişga imkon beradi.

Şu bilan birga, Ğazoning har qanday taşqi boşqaruv mexanizmi sektor aholisining sözsiz içki qöllab-quvvatlaşiga tayanişi lozim.

Barça tomonlarning muvofiqlaştirilgan saʼy-harakatlari Ğazoni tez fursatda qayta tiklaş uçun zarur şart-şaroitlarni yaratişga, mojarodan keyingi jarayonlarni barqarorlaştirişga xizmat qiladi.

Taʼkidlab aytamanki, Özbekiston uşbu hududda turar joylar, bolalar boğçalari, maktab va kasalxonalar barpo etişga imkon qadar hissa qöşişga tayyor.

Hurmatli döstlar!

Uşbu sammit Donald Tramp nomidagi Tinçlik institutida ötkazilayotganida ramziy maʼno mujassam.

Bizning uçraşuvimiz xalqaro birdamlik, tinçliksevarlik va Yaqin Şarqdagi vaziyatni yaxşilaşga bölgan umumiy intilişimizning yorqin ifodasidir.

Biz Yangi Ğazoni – iqtisodiyoti farovon, aholi uçun munosib turmuş şaroitlariga ega bölgan mintaqani barpo etiş uçun uşbu tarixiy imkoniyatdan foydalanişimiz zarur.

Eʼtiboringiz uçun rahmat.

 

president.uz

Ulaşiş: