Özbekiston Prezidenti Tinçlik kengaşining Ğazo sektori böyiça faoliyatining ustuvor yönalişlarini belgilab berdi

Özbekiston Prezidenti Tinçlik kengaşining Ğazo sektori böyiça faoliyatining ustuvor yönalişlarini belgilab berdi

20.02.2026 11:12137

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 19-fevral kuni Vaşington şahrida Tinçlik kengaşining dastlabki yiğilişida iştirok etdi.

AQŞ Prezidenti Donald Tramp raisligida ötkazilgan tadbirda Ozarbayjon, Qozoğiston, Bahrayn, Indoneziya, Argentina, Paragvay, Ruminiya, Misr, Qatar, Pokiston, Vengriya, Albaniya, Armaniston, Vyetnam, Kambodja, BAA, Turkiya, Kuvayt, Saudiya Arabistoni, Isroil, Marokaş va boşqa davlatlar delegatsiyalari rahbarlari ham qatnaşdi.

Ğazo sektorini qayta tiklaş va gumanitar yordam körsatiş, şuningdek, mintaqada tinçlik hamda barqarorlikni taʼminlaş masalalari muhokama qilindi.

Davlatimiz rahbari öz nutqida dastlabki sammitni çaqirgani uçun Amerika Qöşma Ştatlari Prezidenti, Tinçlik kengaşi raisi Donald Trampga minnatdorlik bildirdi.

Özbekiston Tinçlik kengaşini tuziş böyiça tinçliksevar taşabbusni qöllab-quvvatlagani va uni muvaffaqiyatli röyobga çiqarişda amaliy iştirok etişini qatʼiy tasdiqlagani taʼkidlandi.

– Işonçim komil, kengaş işi Ğazo mintaqasini iqtisodiy va ijtimoiy qayta tiklaş uçun qulay şaroit yaratişga imkon beradi, – dedi Şavkat Mirziyoyev.

Ğazoning har qanday taşqi boşqaruv mexanizmi sektor aholisining sözsiz içki qöllab-quvvatlaşiga tayanişi lozimligi taʼkidlandi.

Barça tomonlarning muvofiqlaştirilgan saʼy-harakatlari Ğazoni tez fursatda qayta tiklaş uçun zarur şart-şaroitlarni yaratişga, mojarodan keyingi jarayonlarni barqarorlaştirişga xizmat qilişiga işonç bildirildi.

Davlatimiz rahbari Özbekiston uşbu hududda turar joylar, bolalar boğçalari, maktab va kasalxonalar barpo etişga imkon qadar hissa qöşişga tayyorligini qayd etdi.

– Bizning uçraşuvimiz xalqaro birdamlik, tinçliksevarlik va Yaqin Şarqdagi vaziyatni yaxşilaşga bölgan umumiy intilişimizning yorqin ifodasidir. Biz Yangi Ğazoni – iqtisodiyoti farovon, aholi uçun munosib turmuş şaroitlariga ega bölgan mintaqani barpo etiş uçun uşbu tarixiy imkoniyatdan foydalanişimiz zarur, – dedi Şavkat Mirziyoyev.

Tadbirda boşqa xorijiy mamlakatlarning davlat, hukumat va taşqi siyosiy idoralari rahbarlari ham sözga çiqdilar.

Yiğiliş yakunida Tinçlik kengaşi faoliyatini qöllab-quvvatlaş töğrisidagi deklaratsiya imzolandi.

 

president.uz

Ulaşiş: