AQŞga amaliy taşrif yakunlandi

AQŞga amaliy taşrif yakunlandi

20.02.2026 11:15148

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Amerika Qöşma Ştatlariga amaliy taşrifi yakuniga yetdi.

Davlatimiz rahbari Vaşington şahrida Tinçlik kengaşining dastlabki yiğilişida nutq sözladi va Ğazo sektorini ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan qayta tiklaş hamda mintaqada tinçlik va barqarorlikni taʼminlaş böyiça öz qaraşlari bilan örtoqlaşdi.

Şuningdek, Özbekiston Prezidenti AQŞ savdo vaziri Xovard Latnik, AQŞ savdo vakili Jeymison Grir, Eksimbank prezidenti va raisi Jon Yovanoviç va Xalqaro moliyaviy taraqqiyot korporatsiyasi boş ijroçi direktori Ben Blek bilan alohida uçraşuvlar ötkazdi.

Taşrifning işbilarmonlik dasturi doirasida mamlakatimiz yetakçisi bir qator ikki tomonlama hujjatlarni imzolaş marosimida va qöşma loyihalar taqdimotida iştirok etdi. Tadbirda AQŞ hukumati, yirik kompaniyalari va moliya institutlarining yuqori darajali vakillari hamda videoaloqa orqali Özbekiston hududlari rahbarlari iştirok etdilar.

Taşrif tadbirlari yakunlangaç, Prezident Şavkat Mirziyoyev Toşkent şahriga jönab ketdi. Aeroportda davlatimiz rahbari va rafiqasini AQŞ-Özbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm va boşqa rasmiy şaxslar kuzatib qöydi.

 

president.uz

Ulaşiş: