Qoraqalpoğiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş böyiça ustuvor vazifalar belgilandi

Qoraqalpoğiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş böyiça ustuvor vazifalar belgilandi

23.02.2026 17:21135

Prezident Şavkat Mirziyoyev 20-fevral kuni AQŞning Vaşington şahriga amaliy taşrifdan söng Toşkentga qaytib kelgaç, Qoraqalpoğiston Respublikasida amalga oşirilayotgan islohotlar natijadorligi va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirişning ustuvor vazifalari böyiça yiğiliş ötkazdi.

Qoraqalpoğiston özining ulkan maydoni va qazilma boyliklar zaxirasi bilan katta iqtisodiy va investitsiyaviy salohiyatga ega. Xususan, 270 million tonna sement, 256 million kub metr quriliş va pardozbop toşlar, 200 million tonna ohak, 31 million kub metr keramzit, 30 million kub metr quriliş qumlari, 27 million kub metr ğişt xomaşyosi, 6,9 million tonna şişa, 6,5 million tonna gips, 4,3 million tonna vermikulit zaxiralari aniqlangan.

Şu bilan birga, şahar va tumanlar, ovullar örtasidagi masofa uzoqligi har bir hududning soliştirma ustunligidan unumli foydalanib, aniq hisob-kitob bilan işlaşni taqozo etadi. Umuman, qayerda soğlom muhit, qulay şaroit, adolatli va şaffof tizim bölsa, tadbirkor öşa joyda işlaşni xohlaydi, investor ham ana şunday hududga mablağ tikadi.

Taqdimotda sönggi yillarda Qoraqalpoğiston iqtisodiyotida sezilarli özgarişlarga erişilgani qayd etildi. Jumladan, 8-yil oldin hudud iqtisodiyoti aholi jon boşiga hajm böyiça eng oxirgi örinda bölgan bölsa, bugun 7-öringa kötarildi. Sanoat mahsulotining atigi 4 foizi eksportga çiqqan bölsa, hozir bu körsatkiç 30 foizga yetdi. Umumiy eksport 2016-yilga nisbatan 3,5 karra oşib, 2,1 milliard dollar böldi.

Kelgusi 5-yilda hudud iqtisodiyotini 102,5 trillion sömga (2025-yilda 54,3 trillion söm bölgan), aholi jon boşiga esa 51 million sömga yetkaziş, sanoat va xizmatlar sohasida 7,2 milliard dollarlik loyihalarni amalga oşiriş rejalaştirilgan.

Barça imkoniyatlarni işga solib, eksportni 900 million dollarga yetkaziş muhimligi ta’kidlandi (2025-yilda 435 million dollar bölgan).

Joriy yil yakuniga qadar işsizlik darajasini 4,2 foizgaça, kambağallikni 3,2 foizgaça pasaytiriş, Nukus şahri, Qönğirot va Çimboy tumanlari hamda 109 ta mahallani işsizlik va kambağallikdan xoli hududga aylantiriş maqsad qilingan. Qöşimça ravişda “oğir” toifadagi Bözatov, Qonliköl, Möynoq va Şumanay tumanlari hamda 90 ta mahallada kambağallikni 2 barobar qisqartiriş vazifasi qöyildi.

Taqdimotda investitsiyalarni jalb qiliş va tadbirkorlikni rivojlantiriş maqsadida hududga avval berilgan imtiyozlar muddatini uzaytiriş taklifi bildirildi. Prezidentimiz uşbu taklifni qöllab-quvvatladi.

Qoraqalpoğistonga töğridan töğri xorijiy investitsiyalar hajmini 2,5 barobar oşiriş (2025-yilda 2,5 milliard dollar bölgan) maqsad qilingani qayd etildi.

Hudud uçun işlab çiqilgan yirik investitsiya loyihalari haqida ma’lumot berildi.

Sun’iy intellekt sohasi uçun Taxiatoş tumanida modulli intellektual hisoblaş markazini taşkil etiş, Nukus şahrida avtomobil sanoati uçun butlovçi qismlar işlab çiqarişga ixtisoslaşgan texnologik klaster barpo etiş, bazalt tolasi işlab çiqarişni yölga qöyiş, çiqindilarni kuydiriş orqali elektr energiyasi işlab çiqariş, Qoraözak tumanida kömirdan oltin ajratib oliş fabrikasi, Taxtaköpir tumanida paxta tozalaş va yigiriş fabrikasi, Çimboy tumanida ip-kalava işlab çiqarişni taşkil etiş loyihalari şular jumlasidan.

Qişloq xöjaligi böyiça Qoraqalpoğistonda mavjud yer resursidan foydalaniş darajasi hudud imkoniyatlariga mos emasligi körsatib ötildi. Mavjud maydonlarning atigi 2,5 foiziga ekin ekilayotgani, qolgan 16 million gektar deyarli işlatilmayotgani qayd etildi. Iqlimga mos yangi ekin turlarini topib, ularni yetiştiriş böyiça ilmiy-amaliy tajribalarni yölga qöyiş, suvsizlik va şörga çidamli, şu jumladan, farmatsevtika sanoati uçun dorivor giyohlarni katta maydonlarda yetiştirib, eksportni köpaytiriş vazifalari belgilandi.

Yaylovlardan samarali foydalaniş va çorvaçilikni rivojlantiriş böyiça Vazirlar Kengaşi raisining alohida örinbosari lavozimini kiritiş taklif qilindi. Joriy yilda 10 ming gektar yaylovni tiklaş, ösimliklarni sun’iy intellekt asosida monitoring qiliş, kasalliklarni erta aniqlaş hamda suv tejovçi texnologiyalarni joriy etiş vazifalari qöyildi.

Joriy yilda Qönğirot, Çimboy, Beruniy, Bözatov va Qonlikölda çorva ozuqasini yetiştiriş, saqlaş va qadoqlaş loyihalari, Beruniy tumanida yiliga 36 ming tonna çorva va baliq ozuqasi işlab çiqaradigan zamonaviy agromajmua işga tuşiriladi.

Turizmni hududning asosiy drayverlaridan biriga aylantiriş zarurligi ta’kidlandi.

“Borsa kelmas” tuz koni hududida turizm-rekreatsion zonasi, Orolböyi va Ustyurt platosida Mars sayyorasi manzarasini eslatuvçi nuqtalarda glemping zonalari taşkil etiladi. Orol dengizi qurişi oqibatlarini butun dunyoga namoyiş qiliş uçun Orol dengizi tarixi muzeyi zamonaviy texnologiyalar asosida modernizatsiya qilinadi.

Bu işlar hisobiga joriy yilda Qoraqalpoğistonga 500 ming xorijiy va 3 million mahalliy sayyoh jalb etiş vazifasi qöyildi. Maşhur turoperatorlarga hududning jozibadorligini oşiriş uçun qöşimça imtiyozlar joriy qilinadi.

Intellektual loyihalar va startaplarni qöllab-quvvatlaş böyiça yangiça tizimni Qoraqalpoğistondan boşlaş belgilandi. Yoşlar ijtimoiy-iqtisodiy markazida IT universiteti va startaplar uçun texnopark taşkil etiş rejalaştirilgan. Şuningdek, sun’iy intellektni rivojlantirişga 5 milliard dollar xorijiy investitsiyalar jalb qilinib, ma’lumotlarni qayta işlaş, “bulutli” ma’lumotlar va hisoblaş markazlari imkoniyatlaridan foydalaniş darajasi 10 karra oşirilişi közda tutilgan. Qoraqalpoğistonda 1 million dollarlik 10 ta startap loyihasini boşlaş, bu maqsadlarga Ilm-fan va innovatsiyalar jamğarmasidan har yili 30 milliard sömdan ajratib boriş topşirildi.

2027-yil yakunigaça Qönğirotda xalqaro standartlarga javob beradigan “quruq port” maqomiga ega Orol logistika markazini taşkil etiş vazifasi qöyildi.

Joriy yilda Qoraqalpoğistondagi infratuzilma loyihalari uçun 150 milliard söm, kelgusi yillarda markazlaşgan içimlik suv ta’minotini yaxşilaşga 2,2 trillion söm yönaltirilişi, içimlik suvi va kanalizatsiya tarmoqlari, suv taqsimlaş va tozalaş inşootlari hamda yöl qurilişi loyihalariga 200 million dollar jalb qilinişi belgilandi.

Yiğiliş yakunida Prezident Şavkat Mirziyoyev Qoraqalpoğistonda belgilangan marralarga erişiş uçun barça imkoniyat va resurslarni töliq işga soliş, har bir tuman va mahallada aniq hisob-kitob hamda manzilli yondaşuv asosida iş taşkil etib, aholi turmuş sifatini yaxşilaşga qaratilgan çora-tadbirlarning amaliy natijasini tezroq ta’minlaş böyiça mutasaddilarga tegişli topşiriqlar berdi.

 

president.uz

Ulaşiş: