Özbekiston Prezidenti Belarus Boş vazirini qabul qildi

Özbekiston Prezidenti Belarus Boş vazirini qabul qildi

25.02.2026 10:48129

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 24-fevral kuni mamlakatimizda rasmiy taşrif bilan bölib turgan Belarus Respublikasi Boş vaziri Aleksandr Turçinni qabul qildi.

Uçraşuv avvalida yuqori martabali mehmon davlatimiz rahbariga Belarus Prezidenti Aleksandr Lukaşenkoning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Oliy darajadagi kelişuvlarni amalga oşiriş doirasida Özbekiston – Belarus köp qirrali şeriklik munosabatlarini yanada kengaytirişning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Hamkorlikda, ayniqsa, savdo-iqtisodiy sohada yuqori darajaga kötarilgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Ötgan yili tovar ayirboşlaş 25 foizga ösib, qariyb 1 milliard dollarga yetdi. Yetakçi kompaniyalarning ustuvor tarmoqlardagi kooperatsiyasi kengayib bormoqda.

Maşinasozlik, elektrotexnika, farmatsevtika, töqimaçilik va oziq-ovqat sanoati, qişloq xöjaligi hamda boşqa sohalarda qöşma loyihalarni ilgari suriş orqali iqtisodiy hamkorlikning yangi kun tartibini şakllantiriş muhim ekani taʼkidlandi.

Şuningdek, hududlararo aloqalar va madaniy-gumanitar almaşinuvlarni faollaştiriş zarurligi körsatib ötildi.

 

president.uz

Ulaşiş: