Prezident Şavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga keldi
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 26-fevral kuni Surxondaryo viloyatiga taşrif buyurdi. Davlatimiz rahbari safarini, anʼanaga köra, Hakim Termiziy maqbarasi ziyoratidan boşladi.
Qurʼon tilovat etilib, xalqimizga, yurtimizga tinçlik-farovonlik tilab, duo qilindi.
Ulamolar bilan bölib ötgan suhbatda islom dini rivojiga ulkan hissa qöşgan buyuk alloma, vatandoşimiz Hakim Termiziyning maʼnaviy-maʼrifiy merosini çuqur örganiş hamda yurtdoşlarimiz va xalqaro jamoatçilik örtasida keng tarğib qiliş haqida söz yuritildi.
Şuningdek, muqaddas dinimizning ezgulik va insonparvarlik, mehr-şafqat kabi buyuk fazilatlari, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylaş hamda rivojlantiriş, şu asosda yoş avlodni ezgu ğoyalar ruhida tarbiyalaş, ularning qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat tuyğusini yanada kuçaytiriş zarurligi taʼkidlandi.
Keyingi yillarda taʼmirlanib, yanada obod va gözal majmuaga aylangan uşbu tabarruk maskanda ziyoratçilar uçun barça şaroit yaratildi. Atrof obodonlaştirilib, maqbarada ham katta hajmdagi işlar bajarildi. Zamonaviy yoritqiçlar, isitiş va sovitiş tizimlari örnatildi. Majmuada mikroiqlim yaratiş uçun tört mingdan ortiq 40 turdagi köp yillik manzarali daraxt, 20 mingdan ziyod mavsumiy anvoyi gullar ekilgan.
Islom ilmlarining tafsir, hadis, fiqh, kalom, islom falsafasi, tasavvuf tarixi, tasavvufiy qaraşlar kabi sohalarida köplab asar yozgan mutafakkir majmuasini obod saqlaş, ziyoratçilar uçun qulayliklarni kengaytiriş yuzasidan tegişli topşiriqlar berildi.

