Oliy Boş Qömondon harbiy qismdagi şaroitlarni közdan keçirdi

Oliy Boş Qömondon harbiy qismdagi şaroitlarni közdan keçirdi

27.02.2026 11:15104

Özbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuçlar Oliy Boş Qömondoni Şavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga taşrifi çoğida harbiy qismda ham böldi.

Mamlakatimiz mudofaa tizimida amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar qöşinlarning jangovar salohiyati va harbiy-maʼmuriy sektorlar faoliyatini yanada yuksaltirişda muhim omilga aylanmoqda.

Mazkur qismda ham harbiy xizmatçilarning jangovar tayyorgarligini oşiriş uçun barça şart-şaroit yaratilgan. Öquv binolari, oşxona, yotoqxona, maʼnaviyat va maʼrifat xonalari, sport şaharçasi eng zamonaviy texnika va uskunalar bilan jihozlangan.

Hozirgi kunda turli mintaqaviy mojarolarda sunʼiy intellekt, robot, raketa, dron va ularga qarşi vositalar keng qöllanmoqda. Şundan kelib çiqib, Oliy Boş Qömondon tomonidan qöşinlarda dronlar va ularga qarşi kuraşiş, sunʼiy intellekt bilan işlaydigan kibertuzilmalar, robotlaşgan texnikalarni qöllaş va havo hujumidan mudofaa böyiça yangi bölinmalarni taşkil etiş vazifasi qöyilgan edi.

Bu borada tizimli işlar amalga oşirilmoqda, milliy armiyamiz zamonaviy qurol-aslahalar bilan taʼminlanmoqda.

Davlatimiz rahbari harbiy qismda yaratilgan şaroitlar, harbiy texnika va qurol-aslahalarni, şu jumladan, zamonaviy havo hujumidan mudofaa komplekslarini közdan keçirdi.

Milliy armiyamizni rivojlantirişning ustuvor yönalişlarini belgilaşda zamonaviy qurolli mojarolar, xavfsizligimizga mavjud tahdidlar va harbiy harakatlar teatri xususiyatlarini hisobga oliş zarurligi taʼkidlandi.

Qurolli Kuçlarimizning salohiyatini oşiriş va moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş, şaxsiy tarkibning şayligini yuksaltiriş yuzasidan belgilangan vazifalar ijrosini izçil davom ettiriş böyiça mutasaddilarga tegişli topşiriqlar berildi.

 

president.uz

Ulaşiş: