Prezidentimiz Termizdagi etnoşaharçani közdan keçirdi

Prezidentimiz Termizdagi etnoşaharçani közdan keçirdi

27.02.2026 11:18108

Prezident Şavkat Mirziyoyev Termiz şahrida barpo etilgan etnoşaharçaga taşrif buyurdi.

Uşbu loyiha Surxondaryo tarixi, hunarmandçiligi va anʼanaviy sanʼati namunalarini namoyon etiş uçun zamonaviy infratuzilmaga ega yangi madaniy maskan sifatida yaratildi.

Majmua 10 million dollarlik investitsiya hisobidan barpo etildi. Olti gektar maydonda tarixiy qiyofadagi binolar, oilaviy mehmon uyi, dömbira ustaxonasi, baxşiçilik ekspozitsiyasi, milliy taomlar restorani, bolalar uçun öyin maydonçasi hamda musiqiy favvoralar qad rostlagan.

Şaharça yiliga 180 ming nafar sayyohga xizmat körsatiş quvvatiga ega, bu yerda 250 nafar odamga doimiy iş örinlari yaratiladi. Mehmonlar nafaqat hunarmandlarning mahsulotlarini xarid qilişlari, balki ularning işini kuzatişlari ham mumkin.

Prezidentimiz turizm maskanida yaratilgan şaroitlar bilan tanişdi, hunarmandlar bilan muloqot qilib, taşrif buyuruvçilar uçun taşkil etilgan badiiy dasturni tomoşa qildi.

 

president.uz

Ulaşiş: