Prezident bazalt mahsulotlari işlab çiqariş loyihasini közdan keçirdi

Prezident bazalt mahsulotlari işlab çiqariş loyihasini közdan keçirdi

02.03.2026 14:49141

Prezident Şavkat Mirziyoyev Termiz tumanida joylaşgan “Surkhon Sandwich” korxonasining bazalt mahsulotlari işlab çiqariş liniyasi bilan tanişdi.

Mamlakatimizning barça hududlarida keng kölamli bunyodkorlik işlari amalga oşirilmoqda. Sönggi yillarda har bir yirik loyiha va infratuzilma obyektlarida energiya tejamkorligiga ustuvor eʼtibor qaratilmoqda. Şu bois, bazalt xomaşyosi va undan tayyorlanadigan energiya samarador plita hamda quriliş materiallariga talab ortib bormoqda.

Şu ehtiyojdan kelib çiqib taşkil etilgan korxona qiymati 26 million dollarga teng. Loyiha doirasida yiliga 30 ming tonna bazalt xomaşyosini qayta işlaş quvvati yaratilgan. Bu 345 milliard sömlik tayyor mahsulot işlab çiqariş imkonini beradi.

Mahsulotlar içki bozor bilan birga Tojikiston va Afğonistonga ham eksport qilinmoqda.

Işlab çiqariş jarayoni uçun talab etiladigan xomaşyoning 95 foizi viloyatning Oltinsoy tumanidagi konlardan taʼminlanadi. Korxonaga Xitoyning zamonaviy texnologik uskunalari örnatilgan. Bu yerda 200 kişining doimiy bandliga taʼminlandi.

Prezident işlab çiqariş jarayonlari bilan tanişar ekan, mahsulotlar sifatini yanada oşiriş, mahalliylaştiriş darajasini kengaytiriş va eksportbop yönalişlarni rivojlantiriş muhimligini taʼkidladi.

Umuman, yurtimizda quriliş sohasining ilmiy asoslarini mustahkamlaş, buning uçun quriliş materiallari böyiça ilmiy-tadqiqot institutini taşkil etiş zarurligi qayd etildi.

Davlatimiz rahbari şu yerda viloyatning quriliş materiallari sanoati mahsulotlari taqdimoti bilan tanişdi.

Şu bilan Surxondaryo viloyatiga taşrif yakunlandi, Prezidentimiz Toşkentga jönab ketdi.

 

president.uz

Ulaşiş: