Özbekiston Prezidenti Ömon Sultoni bilan telefon orqali muloqot qildi
4-mart kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Ömon Sultoni Haysam bin Toriq Ol Said örtasida telefon suhbati bölib ötdi.
Muloqotda Yaqin Şarqdagi hozirgi murakkab vaziyat muhokama qilinib, yuzaga kelgan beqarorlik jiddiy taşviş uyğotayotgani qayd etildi.
Özbekiston Prezidenti Ömon hududida sodir bölgan bunday harakatlardan xavotirda ekanini bildirib, Özbekiston har qanday qarama-qarşilik hamda ziddiyatni siyosiy-diplomatik va tinç yöllar bilan, muzokaralar orqali hal qilişning qat’iy tarafdori ekanligini ta’kidladi.
Davlatimiz rahbari Sultonlikning mintaqada xavfsizlikni taʼminlaş borasida amalga oşirib kelayotgan faol vositaçilik roli va izçil saʼy-harakatlarini alohida eʼtirof etdi.
Şuningdek, Ömonda bölib turgan Özbekiston fuqarolarining xavfsizligini taʼminlaş va ularni Vataniga qaytariş uçun yaratilayotgan şart-şaroit uçun Sulton Aʼlo Hazratlariga çuqur minnatdorlik bildirdi.
Öz navbatida Ömon Sultoni Özbekiston yetakçisiga hamjihatlik va birdamlik tuyğulari uçun taşakkur izhor etib, Masqatga bölajak oliy darajadagi tarixiy taşrif yuksak saviyada ötişiga işonç bildirdi.

