Özbekiston Prezidenti BAA Prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi

Özbekiston Prezidenti BAA Prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi

05.03.2026 12:46136

4-mart kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Birlaşgan Arab Amirliklari Prezidenti Şayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon bilan telefon orqali muloqoti bölib ötdi.

Tomonlar oxirgi kunlarda Yaqin Şarq mintaqasidagi vaziyat tobora keskinlaşib, nizo va ziddiyatlar avj olayotgani qattiq taşvişga solayotganini qayd etdi.

Muqaddas Ramazon oyida röy berayotgan bunday noxuş holatlar xalqaro huquq tamoyillariga zid ekanligi hamda tinçlik-osoyiştalikka tahdid solayotgan har qanday harakatlarni zudlik bilan töxtatiş zarurligi taʼkidlandi.

Davlatimiz rahbari uşbu murakkab damlarda Özbekistonning strategik şerigi va yaqin hamkori bölgan Birlaşgan Arab Amirliklari Rahbariyati va xalqi bilan birdam va yakdil ekanini bildirdi.

Hozirda uşbu mamlakatda bölib turgan Özbekiston fuqarolariga körsatilayotgan amaliy kömak, ularni Vataniga qaytariş böyiça olib borilayotgan çoralar uçun alohida taşakkur izhor etdi.

Öz navbatida Amirliklar yetakçisi uşbu sinovli damlarda Özbekiston Prezidentining samimiy qöllab-quvvatlagani, körsatayotgan birodarlik hurmati va hamjihatlik ruhi uçun çuqur minnatdorlik bildirdi.

 

president.uz

Ulaşiş: