Özbekiston Prezidenti va Kuvayt Davlati Valiahdi örtasida telefon suhbati bölib ötdi

Özbekiston Prezidenti va Kuvayt Davlati Valiahdi örtasida telefon suhbati bölib ötdi

05.03.2026 12:48104

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 4-mart kuni Kuvayt Davlati Valiahdi Şayx Saboh al-Holid al-Hamad as-Saboh bilan telefon orqali suhbatlaşdi.

Muloqot çoğida oxirgi kunlarda Yaqin Şarq mintaqasida vaziyat keskinlaşayotgani, mamlakatdagi turli infratuzilma obyektlariga berilgan zarbalardan jiddiy xavotir bildirildi. Bunday salbiy harakatlar xalqaro huquq tamoyillariga zid ekanligi va uşbu sinovli damlarda Özbekiston birodar Kuvayt xalqi bilan birdam hamda yelkadoş ekani taʼkidlandi.

Aholining tinçligi va osoyiştaligiga jiddiy xavf tuğdiradigan har qanday xatti-harakatlarni zudlik bilan töxtatiş zarurligi qayd etildi.

Fursatdan foydalanib, davlatimiz rahbari bu yerda bölib turgan Özbekiston fuqarolariga körsatilayotgan amaliy yordam uçun alohida taşakkur aytdi. Şuningdek, Kuvayt Amiri Mişʼal al-Ahmad al-Jobir as-Saboh Aʼlo Hazratlariga iliq salomlarini yölladi.

Öz navbatida Kuvayt Valiahdi hozirgi qiyin vaqtda izhor etilgan döstona qöllab-quvvatlaş va birdamlik tuyğulari uçun Özbekiston yetakçisiga mamlakat rahbariyati va xalqi nomidan çuqur minnatdorlik izhor etdi.

 

president.uz

Ulaşiş: