Özbekiston va Qatar yetakçilari telefon orqali muloqot qildilar

Özbekiston va Qatar yetakçilari telefon orqali muloqot qildilar

05.03.2026 12:50141

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 4-mart kuni Qatar Davlati Amiri Şayx Tamim bin Hamad Ol Soniy bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat davomida Yaqin Şarqdagi vaziyatning keskinlaşuvi va ziddiyatlar mintaqaviy barqarorlik va tinçlikka jiddiy tahdid solayotgani ta’kidlandi. Muqaddas Ramazon oyida musulmon ummati örtasidagi kelişmovçilikni kuçaytiradigan nomaqbul harakatlardan çuqur xavotir ifoda etildi.

Davlat suvereniteti, tinçligi va osoyiştaligiga xavf soluvçi har qanday xatti-harakatlarni zudlik bilan töxtatiş mintaqa davlatlarining umumiy manfaatlariga xizmat qilişi taʼkidlab ötildi.

Şuningdek, Özbekiston yetakçisi Qatarda bölib turgan fuqarolarimizning xavfsizligini taʼminlaş va ularni Vataniga qaytariş böyiça körilayotgan çoralar hamda yaratilgan şaroit uçun Amir Aʼlo Hazratlariga çuqur minnatdorlik bildirdi.

Öz navbatida Qatar Amiri hozirgi sinovli kunlarda Özbekiston Prezidentiga döstona muloqoti, doimiy ravişda qöllab-quvvatlab kelayotgani, bildirgan samimiy birdamlik sözlari, ikki tomonlama strategik şeriklik munosabatlarini rivojlantirişga qaratayotgan katta eʼtibori uçun alohida taşakkur izhor etdi.

 

president.uz

Ulaşiş: