Yangi Özbekistonni ayollari baxtli-saodatli yaşaydigan mamlakatga aylantiriş – eng uluğ maqsad
Köksaroy qarorgohida Prezident Şavkat Mirziyoyev iştirokida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri bölib ötdi.
Davlatimiz rahbari marosimda nutq sözlab, barça muhtarama onaxonlar, qadrli opa-singillarni samimiy tabrikladi.
– Inson hayotini, jamiyat taraqqiyotini xotin-qizlarsiz, ularning ezgu fazilatlarisiz tasavvur etib bölmaydi.
Biz sizlarning timsolingizda Uçinçi Renessans bunyodkori bölib maydonga çiqayotgan 22 millionlik yoş avlodni onalik mehri bilan tarbiyalab, voyaga yetkazgan buyuk bir kuçni köramiz.
Sizlar tadbirkor, olim, muallim, şifokor, muhandis, davlat va jamoat arbobi, bir söz bilan xonadonlarimiz fariştasi, oila va jamiyat tayançi, desak, ayni haqiqatni aytgan bölamiz, – dedi Prezidentimiz.
Mamlakatimizda sönggi yillarda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini taʼminlaş, ularning jamiyat hayotidagi rolini oşiriş böyiça mutlaqo yangi tizim şakllantirilgani taʼkidlandi. Qabul qilinayotgan qonun va qarorlarda gender tengligi masalalariga alohida eʼtibor qaratilib, xotin-qizlar manfaatlariga taʼsiri baholanmasdan turib, heç bir qonun qabul qilinmasligi belgilangan.
Mazkur siyosat natijasida faol tadbirkor ayollar qatlami şakllanib, bugungi kunda ularning soni 230 ming nafarga yaqinlaşdi. Qişloq xöjaligida 12 ming nafardan ortiq fermer ayollar mehnat qilmoqda, ilm-fan sohasida esa 6 mingdan ziyod olimalar faoliyat yuritmoqda.
Qizlarimiz xalqaro sport musobaqalarida yurtimiz şarafini munosib himoya qilmoqda. Xususan, ötgan yilda ular jahon arenalarida 167 ta oltin, 193 ta kumuş va 243 ta bronza medalini qölga kiritdi.
Xotin-qizlarimiz hayotidagi bunday ijobiy özgarişlar xalqaro maydonda ham eʼtirof etilmoqda. Jumladan, Özbekiston Parlamentlararo ittifoqning “Parlamentdagi ayollar” reytingida 92 poğona yuqorilab, 36-örinni egalladi. “Gender tenglik va boşqaruv” indeksida mamlakatimiz 103-örindan 52-öringa kötarildi. Jahon bankining “Ayollar, biznes va qonun” indeksida esa 43 poğonaga yaxşilanib, 48-örinni egalladi.
Davlatimiz rahbari turli sohalardagi mehnati, isteʼdodi va aql-zakovati bilan Yangi Özbekistonni barpo etişga munosib hissa qöşib kelayotgan ayollarimizga, xalqaro maydonlarda Vatanimizni dunyoga tarannum etayotgan qizlarimizga, ularning ota-onalari, ustoz va murabbiylariga samimiy minnatdorçilik bildirdi.
Xotin-qizlarni iş bilan taʼminlaş va ularni tadbirkorlikka jalb etiş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Ötgan yili bu maqsadlar uçun 23,5 trillion söm kredit ajratilib, buning natijasida 425 mingdan ortiq ayollar tadbirkor böldi.
Bu yil ham xotin-qizlarning iqtisodiy faolligini oşiriş böyiça keng kölamli dasturlar amalga oşiriladi. Xususan, 166 ming xotin-qizlar zamonaviy kasb va tadbirkorlikka, yana 100 ming nafari axborot texnologiyalari sohasiga öqitiladi.
Şuningdek, “Daromadli ayol” dasturi yölga qöyilib, kasanaçilik, hunarmandçilik, parrandaçilik, asalariçilik va tomorqaçilik kabi yönalişlarda 50 ming ayolning bandligi taʼminlanadi. “Hamroh” dasturi doirasida xotin-qizlarning 3 mingta biznes loyihasiga 1 trillion söm ajratilişi belgilangan.
Umuman, joriy yilda 1,5 million xotin-qizni daromadli qiliş, şundan 400 ming nafarini tadbirkorlikka jalb etiş maqsad qilingan. Bu işlar uçun 25 trillion sömdan ziyod resurs yönaltiriladi.
Prezidentimiz mamlakatimizda qizlarning taʼlim olişi uçun yaratilayotgan imkoniyatlarga ham töxtalib ötdi. Bugun oliygohlarda tahsil olayotgan qizlar soni 904 ming nafardan oşib, jami talabalarning 54 foizini taşkil etmoqda. Stajyor-tadqiqotçilar va doktoranturada tahsil olayotganlarning ham 61 foizini xotin-qizlar taşkil etayotgani alohida taʼkidlandi.
Yangi öquv yilidan boşlab ehtiyojmand oilalardagi qizlar uçun davlat granti kvotasi ikki barobarga oşirilib, 4 mingtaga yetkaziladi. Şuningdek, dunyodagi yetakçi oliygohlar bilan qöşma taʼlim asosida magistraturada tahsil olayotgan talaba-qizlarning kontrakt tölovlari ham davlat tomonidan qoplab beriladi.
Yoş xotin-qizlarning innovatsion ğoyalarini qöllab-quvvatlaş maqsadida har yili kamida 10 ta yönaliş böyiça startap tanlovlari ötkazilib, har bir ğolibga Innovatsiya jamğarmasidan 500 million sömgaça grant ajratiladi.
Tadbirda ayollar va bolalarga nisbatan tazyiq va zöravonlikka qarşi kuraşiş davlat siyosatining muhim ustuvor yönalişlaridan biri ekani taʼkidlandi.
Yaqinda xotin-qizlar va bolalarni har qanday zöravonlikdan himoya qilişga qaratilgan yangi Prezident farmoni imzolandi. Endilikda xotin-qizlar va bolalarga nisbatan har qanday zöravonlik, tazyiq holatlariga qarşi qatʼiy tizim asosida kuraş olib boriladi.
Şuningdek, jazoni ijro etiş muassasalarida jazo ötayotgan ayollarni jamiyatga qayta integratsiya qiliş maqsadida “Yangi hayot” dasturi amalga oşirilişi belgilandi. Unga köra, mahkumalar 3-6 oylik kasbga öqitiş dasturlari orqali hunar egallaydi, oliy taʼlim muassasalariga kiriş va masofaviy taʼlim oliş imkoniyatiga ega böladi.
– Biz öz oldimizga, avvalo, inson baxti, inson qadri uçun xizmat qiladigan ulkan maqsadlar qöyganmiz. Çunki inson baxti oiladan boşlanadi, oila esa ayol bilan mustahkam. Heç şubhasiz, bu borada qizlarimizning maʼnaviy tarbiyasi hal qiluvçi örin tutadi, – dedi davlatimiz rahbari.
Dunyodagi vaziyat tahlikali bölib borayotgan bir paytda yurtimizdagi tinçlik va osoyiştalik uluğ neʼmat ekanini yanada çuqur his etmoqdamiz. Duogöy buvijonlar, mötabar onaxonlar oilalarda bu neʼmatning qadriga yetiş, uni asrab-avaylaş va farzandlar, nabiralarga şukronalik tuyğusini singdirişda namuna bölişlariga işonç bildirildi.
Tadbirda mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qöşayotgan bir guruh ayollarga davlatimizning yuksak unvon, orden va medallari, şuningdek, ilm-fan, taʼlim, madaniyat va jamoat işlarida faol bölgan 28 nafar iqtidorli qizga Zulfiya nomidagi davlat mukofoti tantanali tarzda topşirildi.
– Yangi Özbekistonni ayollari hayotdan rozi bölib, baxtli-saodatli yaşaydigan mamlakatga aylantiriş – mening eng katta niyatim. Işonçim komil, sizdek fidoyi, şijoatli, mehnatkaş ayollarimiz, butun xalqimiz bilan birga ezgu maqsadlarimizga, albatta, erişamiz! – dedi davlatimiz rahbari.

