Neft va gaz tarmoğiga doir topşiriqlar ijrosining borişi körib çiqildi

Neft va gaz tarmoğiga doir topşiriqlar ijrosining borişi körib çiqildi

12.03.2026 14:38130

Prezident Şavkat Mirziyoyevga neft va gaz sohasida belgilangan vazifalar ijrosining holati yuzasidan hisobot berildi.

Maʼlumki, joriy yilning 30-yanvar kuni “Özbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati faoliyati samaradorligini oşiriş, uglevodorod zaxiralarini kengaytiriş va tarmoqni zamonaviy texnologiyalar asosida rivojlantiriş böyiça ustuvor vazifalar belgilangandi. 23-fevral kuni esa uşbu topşiriqlarning dastlabki ijrosi körib çiqilib, qator qöşimça topşiriqlar berilgan edi.

Bugungi taqdimotda mazkur çora-tadbirlarni amalga oşiriş jarayoni yana bir bor tahlil qilindi.

Neft va gaz sohasida geologiya-qidiruv işlarini kengaytiriş, yangi konlarni aniqlaş, mavjud quduqlar samaradorligini oşiriş va qazib çiqariş hajmini barqarorlaştirişga alohida töxtalib ötildi.

Bu borada soha rahbarlarining joriy yil boşidan 3D seysmik qidiruv işlari 471 kvadrat kilometr hajmda amalga oşirigani, 11 ta yangi quduq işga tuşirilgani, 20 ta quduqda ta’mirlaş işlari bajarilgani va 5 ta texnologik tadbir amalga oşirilgani töğrisidagi ma’lumoti körib çiqildi.

Şu bilan birga, sohada operatsion samaradorlikni oşiriş, korxonalarning xarajatlarini maqbullaştiriş va moliyaviy barqarorligini mustahkamlaş böyiça işlarga alohida eʼtibor qaratildi.

Davlatimiz rahbari belgilangan vazifalar va rejalaştirilgan çora-tadbirlar ijrosini aniq hisob-kitob va qatʼiy intizom asosida taʼminlaşni davom ettiriş yuzasidan mutasaddilarga topşiriqlar berdi.

 

president.uz

Ulaşiş: