Kimyo sanoatidagi yirik investitsiya loyihalarini jadallaştiriş masalalari körib çiqildi

Kimyo sanoatidagi yirik investitsiya loyihalarini jadallaştiriş masalalari körib çiqildi

12.03.2026 14:44139

Prezident Şavkat Mirziyoyev 11-mart kuni kimyo sanoatidagi yirik investitsiya loyihalarini amalga oşiriş va yangi işlab çiqariş quvvatlarini işga tuşiriş böyiça olib borilayotgan işlar yuzasidan taqdimot bilan tanişdi.

Tanqidiy ruhda ötgan tadbirda tarmoqni “maqsad – harakat – natija” tamoyiliga asoslangan yangi strategik rejalaştiriş va rivojlantiriş tizimi asosida isloh qiliş zarurligi ta’kidlandi. Kimyo mahsulotlari işlab çiqariş hajmlarini oşiriş, yangi quvvatlarni işga tuşiriş va eksport salohiyatini kengaytiriş böyiça aniq körsatkiçlarni belgilaş topşirildi.

Jumladan, joriy yilda tarmoq mahsulotlari eksportini 720 million dollarga yetkaziş vazifasi qöyilgan. Qişloq xöjaligida rejalaştirilgan hosil hajmlarini taʼminlaş uçun azotli öğitlar işlab çiqarişni 1 million 120 ming tonnaga, fosforli öğitlarni 135 ming tonnaga, kaliyli öğitlarni esa 222 ming tonnaga yetkaziş zarurligi taʼkidlandi.

Qayd etilganidek, tarmoq va hududlar tomonidan joriy yilda 9,5 milliard dollarlik 133 ta loyihani amalga oşiriş doirasida 2,5 milliard dollar investitsiya jalb qilinişi rejalaştirilgan. Jumladan, kimyo sanoati korxonalari va hududlarda 24 ta strategik loyiha doirasida 1,3 milliard dollar investitsiyalarni özlaştirib, 7 ta yangi işlab çiqariş quvvatini işga tuşiriş vazifasi belgilangan.

Şu bilan birga, Qönğirot soda zavodida işlab çiqarişni kengaytiriş, “Samarqandkimyo” korxonasida mineral öğitlar işlab çiqarişni yölga qöyiş, Dehqonobod kaliy zavodi quvvatlarini oşiriş böyiça loyihalarni amalga oşiriş jarayoni tanqidiy körib çiqildi. Muddatlarning asossiz çözilayotgani qayd etildi. Mutasaddilarga investorlar bilan birgalikda mazkur loyihalarni jadallaştirib, qisqa muddatlarda yakunlaşni ta’minlaş topşirildi.

“Ammofos-Maksam” korxonasi faoliyati davomida töplangan fosfogips sanoat çiqindilarini qayta işlaş masalasiga ham eʼtibor qaratildi. Uşbu çiqindidan qöşimça mahsulotlar, jumladan, sulfat kislotasi işlab çiqariş imkoniyatlaridan samarali foydalaniş zarurligi taʼkidlandi.

Şuningdek, kimyo sanoatini strategik rivojlantiriş uçun zamonaviy ilmiy va texnologik infratuzilmani şakllantiriş masalalari körib çiqildi.

Xususan, Janubiy Koreyaning yetakçi kompaniyalari bilan hamkorlikda kimyo-texnologiya innovatsiya markazini taşkil etiş rejalaştirilgani maʼlum qilindi. Mazkur markaz gaz va kömir kimyosi, çuqur kimyoviy tahlil, sorbentlar, katalizatorlar, nano va kompozit materiallar kabi yönalişlarda ilmiy tadqiqotlar olib borişga ixtisoslaşadi va bu borada Markaziy Osiyodagi yagona ilmiy-tadqiqot instituti böladi.

Taqdimotda erituvçi moddalar, quruq sian tuzlari, kaustik soda, silikon, mineral öğitlar işlab çiqarişni taşkil etiş, “Farğonaazot”da ammiak, karbamid va ammiakli selitra quvvatlarini modernizatsiya qiliş, “Navoiyazot”da ğovaksimon selitra, Toşkent viloyatida maişiy kimyo vositalari, Birinçi rezinotexnika zavodida yangi turdagi şinalar işlab çiqariş loyihalarining borişi haqida ham maʼlumot berildi.

Şu bilan birga, “Özkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatida loyihalarning boşqariş samaradorligini oşiriş rejalari körib çiqildi.

Jumladan, jamiyat va uning tizimidagi korxonalarda ERP tizimi joriy qilinib, 21 ta vazirlik va idoralar hamda xarid operatorlari bilan integratsiya qilindi, 16 ta axborot tizimi yagona raqamli platformaga birlaştirildi. Moliyaviy holatni tahlil qiliş va prognozlaş, mineral öğitga ehtiyojni başorat qiliş jarayonlariga bosqiçma-bosqiç sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etiş rejalaştirilgan. Şuningdek, mineral öğitlarning korxonadan fermergaça harakatidagi barça jarayonlarni raqamli nazorat bilan qamrab oliş közda tutilgan.

Hisob palatasi bilan birgalikda energiya resurslarini tejaş, xomaşyo xarajatlarini qisqartiriş va raqamlaştiriş çora-tadbirlari orqali kimyo sanoatida mahsulot tannarxini 10-15 foizgaça pasaytiriş vazifasi qöyildi.

Yakunda davlatimiz rahbari kimyo sanoatidagi yirik investitsiya loyihalarini jadallaştiriş, muammoli masalalarni tezkor hal qiliş va yangi işlab çiqariş quvvatlarini belgilangan muddatlarda işga tuşiriş böyiça mutasaddilarga tegişli topşiriqlar berdi.

 

president.uz

Ulaşiş: