Uyuşgan jinoyatçilik va kiberjinoyatlarga qarşi kuraşiş takomillaştiriladi

Uyuşgan jinoyatçilik va kiberjinoyatlarga qarşi kuraşiş takomillaştiriladi

13.03.2026 15:52156

Prezident Şavkat Mirziyoyev 12-mart kuni kiberjinoyatlar va uyuşgan jinoyatçilikka qarşi kuraşiş hamda axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etiladigan huquqbuzarliklarning oldini oliş samaradorligini oşiriş yuzasidan takliflar taqdimoti bilan tanişdi.

Bugungi kunda mamlakatimizda internet tarmoğida axborot tarqatiş va maʼlumot izlaş imkoniyatlari kengaymoqda. Jumladan, Özbekistonda internetdan foydalanuvçilarning soni 31 milliondan oşgan bölib, şundan 14 millioni ijtimoiy tarmoqlardan faol foydalanmoqda.

Şu bilan birga, huquqbuzarlarning internet va ijtimoiy tarmoqlardan ğarazli maqsadlarda foydalaniş holatlari kun sayin ortib bormoqda.

Xususan, sönggi olti yilda yurtimizda kiberjinoyatlar böyiça murojaatlar soni 48 baravarga oşgan. Ötgan yilda sodir etilgan firibgarlik jinoyatlarining 82 foizi, öğirlik jinoyatlarining 76 foizi kibermakonda sodir etilgan. Ular orqali jismoniy va yuridik şaxslarga yetkazilgan moddiy zarar 2 trillion sömdan oşgan.

Taqdimotda taʼkidlanganidek, axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etilayotgan huquqbuzarliklarning keskin köpayib borayotgani milliy qonunçilikka şunday turdagi jinoyatlar uçun jazo çoralarini oğirlaştiriş va kiberjinoyatlarning yangi şakllari uçun javobgarlik belgilaş böyiça normalarni kiritiş vaqti kelganini körsatmoqda. Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar hamda köplab fuqarolarga jabr keltirayotgan “moliyaviy piramida” uçun jazo çoralarini kuçaytiriş maqsadga muvofiq ekani qayd etildi.

Fuqarolarning öz nomlariga rasmiylaştirilgan elektron tölov vositalari hamda abonent raqamlardan foydalanişda şaxsiy masʼuliyatini oşiriş maqsadida öz nomidagi elektron tölov vositasi, kriptohamyoni, SIM-kartasi va elektron akkauntlardan kiberjinoyatni sodir etişda foydalanilişiga yöl qöyganlik uçun maʼmuriy va jinoiy javobgarlik belgilaş taklif qilindi.

Taʼkidlaş kerakki, bugun muhim axborot infratuzilmasi obyektlariga qarşi qaratilgan kiberhujumlar natijasida katta salbiy oqibatlarga va moddiy zarar olib keluvçi kiberhujumlar global tus olib, respublikamizda ham kuzatilmoqda. Bu esa yuridik şaxslar öz tasarrufidagi axborot tizimlarining xavfsizligini bugungi kundagi zamonaviy tahdidlarga munosib tarzda takomillaştirib borişi va kiberxavfsizlikni taʼminlaşga alohida eʼtibor qaratişini taqozo etmoqda.

Şunga köra, yuridik şaxslar tomonidan axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik talablariga rioya etmaganlik uçun oqibat kelib çiqqan-çiqmaganidan qatʼi nazar, maʼmuriy javobgarlikni belgilaş taklif qilindi.

Uşbu amaliyot masofadan moliyaviy xizmatlarni körsatuvçi banklarga ham taalluqli bölib, ular ham öz tizimlarida firibgarliklarning oldini oliş böyiça himoya va xavfsizlik çoralarini muntazam takomillaştirib boriş zaruratini yuzaga keltirmoqda.

Xususan, ötgan yillarda 3 ta bank tizimidagi zaiflik tufayli 3025 nafar mijozga 17 milliard söm moddiy zarar yetkazilgan.

Şu nuqtayi nazaridan, tijorat banklari, tölov tizimi operatorlari va tölov taşkilotlari axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik talablariga rioya etmaganligi natijasida sodir etilgan kiberjinoyat oqibatida yuzaga kelgan moddiy zarar uçun javobgar bölişini qonunan mustahkamlaş taşabbusi ilgari surildi.

Taqdimotda uyuşgan jinoyatçilikning sodir etiş şakl va uslublari yangilanib borayotgani körsatib ötildi.

Uyuşgan guruhlar tomonidan jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini oçiqçasiga mensimasdan, özini qonundan ustun qöyib, bezorilik jinoyatlarini sodir etganligi yoki bezorilik jinoyatining oğir şakllaridan biri – öqotar qurolni namoyiş qilib yoki uni qöllab hamda takroran sodir etganligi, şuningdek, jamoat tartibini saqlaş vazifasini bajarib turgan hokimiyat vakiliga qarşilik körsatgan holda sodir etilganlik uçun jazo çoralari bugungi kunda yetarli taʼsir kuçiga ega emasligi taʼkidlandi.

Şuningdek, sönggi vaqtlarda jangovar (aralaş) sport turlari böyiça yaşirin ravişda noqonuniy janglar taşkil qilinib, ularda yoşlarning iştirok etayotgani kuzatilmoqda. Biroq bugungi kunda buning uçun javobgarlik çoralari mavjud emasligi körsatib ötildi.

Şu bois, qonun hujjatlariga mana şunday xavf-xatarlarning oldini oliş, ularga qarşi ayovsiz kuraşiş, bunday illatni tag-tomiri bilan yöqotişga qaratilgan normalarni kiritiş vaqti kelgani ta’kidlandi.

Oğir va öta oğir turdagi jinoyatlarni sodir etiş maqsadida jinoiy uyuşma taşkil etganlik, uni moliyalaştirganlik, ular tomonidan sodir etilgan jinoyatlarni yaşirişga homiylik qilganlik, jangovar sport turlari böyiça musobaqalarni noqonuniy taşkil etganlik va ötkazganlik uçun jinoiy javobgarlikni belgilovçi, bezorilik jinoyati uçun jazo çoralari kuçaytirişni nazarda tutuvçi, şuningdek, qonunga zid ravişda taşkil etilgan jangovar sport turlari böyiça musobaqalarda iştirok etganlik uçun maʼmuriy javobgarlikni belgilovçi normalar kiritiş taklif etildi.

Muhokama qilingan yönalişlar böyiça işlab çiqilgan axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etiladigan huquqbuzarliklarga qarşi kuraşiş hamda uyuşgan va jamoat joylaridagi jinoyatçilikka qarşi kuraşişning jinoiy-huquqiy mexanizmlarini yanada kuçaytirişga qaratilgan qonun loyihalari taqdimot qilindi.

Prezidentimiz takliflarni maʼqullab, mutasaddilarga tegişli topşiriqlar berdi.

 

president.uz

Ulaşiş: