Aholi murojaatlari bilan işlaş tizimi yangi bosqiçga olib çiqiladi

Aholi murojaatlari bilan işlaş tizimi yangi bosqiçga olib çiqiladi

16.03.2026 09:36129

Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida aholi murojaatlari bilan işlaş tizimini takomillaştiriş, Xalq qabulxonalari faoliyatini yangi bosqiçga olib çiqiş va jamoatçilik fikrini çuqur tahlil qiliş masalalari yuzasidan videoselektor yiğilişi bölib ötdi.

Taʼkidlanganidek, yurtimiz nufusi 38 milliondan oşdi, sönggi töqqiz yilda aholi daromadi ikki karra köpaydi. Xalqimiz oğirini yengil qiliş, uni öylantirayotgan masalalarga yeçim topiş böyiça vazir va hokimlar mahalla darajasida işlaydigan tizim yaratildi. Joriy yilda ham mahallalarda infratuzilma va aholi turmuşini yaxşilaşga 56 trillion söm ajratilmoqda.

Davlatimiz rahbari şunça imkoniyat böla turib, aholi kötarayotgan masalalarga hamma joyda ham öz vaqtida yeçim topib berilmayotganini körsatib ötdi.

– Bundan töqqiz yil oldin Xalq qabulxonalari taşkil qilinganda bitta maqsad qöyilgan edi: davlat idoralarini xalqqa yaqinlaştiriş. Töğri, Xalq qabulxonalari öz vaqtida samarali işladi. Lekin bu idorani ham odamlarning bugungi talabiga mos holda özgartiradigan vaqt keldi, – dedi Prezidentimiz.

Yiğilişda bundan buyon “Har bir inson va xonadon muammosini bilib, vaqtida kömak berişim kerak” degan şior barça darajalardagi rahbarlar faoliyatida boş qoida bölişi şartligi qayd etildi.

Prezidentimiz aholi murojaatlari bilan işlaşning joriy holatini tahlil qildi.

Mamlakatimizda har ön ming kişiga örtaça 319 ta ariza va şikoyat töğri kelmoqda. Biroq bu körsatkiç Toşkent şahrida 535 ta, Navoiy viloyatida 462 ta, Sirdaryo va Surxondaryoda 452 tadan, Jizzaxda 430 ta, Qaşqadaryoda 368 ta, Toşkent viloyatida 350 tani taşkil qilmoqda.

Dehqonobod, Mirobod tumanlari, Navoiy, Ohangaron va Yangiyer şaharlarida har ön ming aholiga töğri keladigan arizalar soni boşqa hududlarga nisbatan ikki barobar yuqori ekani körsatib ötildi.

Şuningdek, respublika böyiça murojaatlar soni 16 foizga kamaygan bölsa-da, Qorovulbozor, Nurota, Konimex, Tuproqqalʼa tumanlari va Namangan şahrida mazkur körsatkiç ötgan yilga nisbatan 50 foizgaça oşgani körsatib ötildi. Qator tuman va şaharlarda hokimlar va idoralar mutasaddilarida sayyor va şaxsiy qabullar ötkazişga yuzaki qaraş saqlanib qolayotgani qayd etilib, bunday yondaşuv qatʼiy tanqid ostiga olindi.

Ötgan yili Xalq qabulxonalariga hokimlarning özi rahbarlik qilişi belgilangan edi. Qoraqalpoğiston, Andijon, Qaşqadaryo, Xorazm va Sirdaryoda rahbarlarning şaxsan şuğullangani natijasida murojaatlar 25-30 foizga kamaygani, aholi kötargan masalalarning 60-70 foizi ijobiy hal bölayotgani taʼkidlandi.

Lekin boşqa hududlarda bu borada keskin özgariş qilinmagani körsatib ötildi. Masalan, Toşkent şahridagi 170 ming va Toşkent viloyatidagi 110 ming murojaatning yarmidan köpi yeçimini topmagan. Surxondaryo, Samarqand va Toşkent şahrida takroriy murojaatlar köpaygan.

Şu maʼnoda, Xalq qabulxonalariga kelib tuşgan murojaatlar öz vaqtida hal etilmasdan, ijtimoiy tarmoqlarda rezonans keltirib çiqarganidan keyingina çora körilişi aholining davlat idoralariga bölgan işonçiga salbiy taʼsir körsatayotgani qayd etildi.

Yiğilişda aholidan eng köp murojaatlar yuborilayotgan sohalar va ularga mas’ul idoralar faoliyati, şu jumladan içki işlar, majburiy ijro, soğliqni saqlaş, bandlik, ijtimoiy himoya, energetika, infratuzilma va boşqa masalalar muhokama qilindi.

Masalan, ötgan yili aliment bilan boğliq 70 mingta murojaat kelib tuşgan. Majburiy ijro byurosi ariza tuşganda undiriş çorasini körayotgan bölsa-da, aliment tölovçining rasmiy daromadi bölmagani uçun murojaatlarning 30 foizi hal bölmay qolmoqda.

Bu borada aliment tölovçilarning qançasi kasbga ega böla turib işsiz yurgani, qançasini öqitiş kerakligini tahlil qilişmayotgani, şu asosda bandlik bölimlari va “mahalla yettiligi” bilan yaqin hamkorlikda iş taşkil qiliş muhim ekani qayd etildi.

Taşkiliy migratsiya asosida odamlarni öqitib, xorijdagi yuqori daromadli iş örinlariga yuboriş tizimi yaratilgan, lekin aliment majburiyati bor fuqarolar bu imkoniyatdan foydalana olmaydi. Aliment tölovçilarga ham xorijda işlab daromad topişi uçun şaroit yaratiş maqsadida ayni paytda aliment oluvçining huquq va manfaatlarini işonçli taʼminlagan holda har ikki tomon uçun manfaatli böladigan adolatli mexanizm böyiça taklif kiritiş topşirildi.

Içki işlar vakolatidagi masalalar, ayniqsa, xodimlarning qöpol muomalasi va tergov sifati böyiça eʼtirozli murojaatlar kelib tuşayotgani qayd etildi. Tizim masʼullari bu haqda eng köp murojaat kelib tuşayotgan hududlarda profilaktika inspektorlari va tergovçilarning kasbiy saviyasi hamda muomala madaniyatini oşiriş bilan tizimli şuğullanişi, içki işlar idoralarini xalqçil professional tuzilmaga aylantiriş işlarini kuçaytiriş zarurligi taʼkidlandi.

Energetika, yöl va suv infratuzilmasi böyiça 2025-yilda yuborilgan murojaatlar 109 mingdan oşgani aytildi. Ayniqsa, Asaka, Şahrixon, Izboskan, Pastdarğom, Şörçi, Denov, Ğuzor, Qamaşi, Dehqonobod, Şarof Raşidov tumanlari, Samarqand, Namangan, Termiz, Qarşi va Andijon şaharlarida infratuzilma böyiça murojaatlar köpaygan.

Joriy yilda bu masalalarni hal qiliş uçun 20 trillion söm ajratilgani, hokimlar uşbu mablağni, avvalo, eng köp şikoyat tuşayotgan mahallalarga yönaltirsa, aholi roziligi ham, murojaatlar soni ham kamayişi taʼkidlandi.

“Taşabbusli budjet” dasturi mahalla aholisining oğirini yengil qilişda katta samara berayotgani eʼtirof etildi. Biroq infratuzilma yuzasidan 25 mingta ariza kelib tuşgan 2 mingta mahalla biror marta ham uşbu dasturda loyiha joylaştirmagani körsatib ötildi. Mutasaddilarga Xalq qabulxonalariga kelgan murojaatlarni tahlil qilib, bunday mahallalarga loyiha tayyorlaşda kömaklaşiş topşirildi.

Şu bilan birga, ayrim vazirlik va idoralar murojaatlarga yeçim beriş örniga yuzaki javob bilan çeklanayotgani tanqid qilindi. Xususan, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi murojaatlarning 64 foiziga, Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi sohasida nazorat qiliş inspeksiyasi 61 foiziga, Transport vazirligi 58 foiziga amaliy yeçim bermagan.

Umuman, qayd etilgan kamçiliklar boşqa vazirlik va idoralar, hokimliklarga ham tegişli ekani, ular murojaatlar bilan işlaşni çuqur tahlil va mas’uliyat asosida taşkil etişi şartligi körsatib ötildi.

Prezidentimiz murojaatlar bilan işlaş tizimini özgartiriş vaqti kelganini taʼkidlab, hokimliklar, vazirlik va idoralarga faqat kötarilgan masalani hal qiliş bilan çeklanib qolmasdan, muammoning kelib çiqiş sabablarini çuqur örganiş, murojaatlarga olib kelayotgan omillarni aniqlab, ularni kamaytiriş bilan tizimli ravişda şuğullanişga topşiriq berdi.

Şu bois, Xalq qabulxonalari faqat ariza qabul qiluvçi idora emas, balki soha va joylardagi muammolarga ularga tegişli masʼul idoralarning eʼtiborini tortadigan, ular bilan birgalikda tahlil va yeçim taklif qiladigan markazga aylantirilişi belgilandi.

Prezidentimiz yangi tizim qanday işlaşini Qarşi şahri misolida tuşuntirib berdi. Aliment tölovçilarning bandligini taʼminlaş, oyliklar keçiktirib tölanişining oldini oliş, boşqaruv servis kompaniyalari faoliyati, davlat idoralari xodimlari ustidan şikoyatlar, uy-joy bilan taʼminlaş, nafaqat tayinlaş kabi masalalarda manzilli işlaş yöllari va buning uçun masʼullar belgilab berildi.

Har bir ariza va şikoyatni çuqur tahlil qilib, masʼullar kesimida taqsimlab, birinçi yarim yillikda Qarşi şahrini murojaatlar bilan işlaş böyiça namunaviy hududga aylantiriş topşirildi. Bu jarayonda viloyat hokimi, uning örinbosarlari va hududdagi taşkilotlar rahbarlari unga yaqindan kömaklaşişi belgilandi.

Umuman, barça hududlar va 208 ta tuman-şahar hokimlariga Qarşi şahri misolida körsatilgan tizimni samarali yölga qöyib, odamlarning oğirini yengil qiliş vazifasi qöyildi. Bu boradagi iş rejalari har oy mahalliy Xalq deputatlari kengaşlarida tasdiqlanib, aholiga yetkazib boriladi.

Yiğilişda Xalq qabulxonalari faoliyatini yanada kuçaytiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar belgilandi.

Prezident Administratsiyasiga hokimlar bilan birgalikda Xalq qabulxonalariga muammolarning mohiyatini tuşunadigan zamonaviy kadrlarni jalb qiliş, murojaatlarni tizimli tahlil qiliş böyiça alohida nazorat guruhi faoliyatini yölga qöyiş topşirildi.

Prezident Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti har oy Xalq qabulxonalariga kelib tuşgan murojaatlarni tahlil qilib, umumlaştiradi, vazirlar va hokimlarga yetkazadi, ijrosini nazorat qiladi. Odamlarning kayfiyatiga taʼsir qilayotgan masalalar böyiça rahbarlar hisobotini eşitib boradi, eng muammoli yönalişlar böyiça takliflarni Hukumatga kiritadi.

Hukumatda vazirlik va idoralarning rahbar xodimlaridan iborat Tezkor ştab tuziladi. Kötarilgan masalalar hudud va tarmoqlar kesimida joyiga çiqqan holda hal qilinadi.

Xalq qabulxonalariga murojaatlarni körib çiqiş tartibini buzgan idoralarga majburiy körsatmalar beriş vakolati berilişi, murojaatlar bilan işlaş böyiça davlat idoralari reytingi yölga qöyilib, har olti oyda eʼlon qilib borilişi belgilandi.

Murojaatlar bilan işlaşda “mahalla yettiligi”ning masʼuliyati ham keskin oşiriladi. Prezident Virtual qabulxonasida har bir mahalla uçun alohida kabinet oçiladi, u yoşlar yetakçisi va mahalla raisi tomonidan yuritiladi. Ular kelayotgan murojaatlarning sabablarini örganib, kunlik maʼlumotlarni hokimlarga taqdim etib boradi.

Şuningdek, murojaatlarni asossiz ravişda quyi tizimlarga yuborgan taşkilot rahbarlariga keskin çora köriladi, murojaatlar töğrisidagi qonunçilik talablarini buzganlik uçun jazo kuçaytiriladi.

Prezidentimiz yana bir muhim masalaga töxtalib ötdi. Davlat siyosati va islohotlarning asosiy yönalişlarini belgilaş, vazirlik va idoralarda töğri qarorlar qabul qilinişida, umuman, aholi kayfiyati va uni öylantirayotgan masalalarni bilişda murojaatlar bilan bir qatorda sotsiologik tadqiqotlar natijalari ham muhim manba ekani taʼkidlandi.

Şu bois, bunday tadqiqotlarning kölami va sifatini oşiriş zarurligi körsatib ötildi. Endilikda bir martalik ijtimoiy sörovlar bilan çeklanilmay, qayerda işonç ortayotgani, qayerda susayayotgani, qaysi qarorlar adolatli, qaysilari odamlarga manfaat keltirmayotgani böyiça doimiy monitoring va tahlillar ötkazilişi belgilandi.

Prezident Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti hamda Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutiga hudud va tarmoqlar rahbarlari reytingi metodologiyasini işlab çiqib, tahlillar asosida reytingni şakllantiriş va muntazam ravişda Prezidentga kiritib boriş topşirildi.

Ijro intizomi masalalari ham körib çiqilar ekan, berilgan har bir topşiriqning real ijro holati böyiça kundalik nazorat örnatiş, masʼuliyatni his qilmagan, sustkaşlikka yöl qöygan rahbarlar haqida xolis axborot kiritib boriş vazifasi qöyildi.

Yiğilişda hududlar va masʼul idoralar rahbarlarining hisobotlari tinglandi.

 

president.uz

Ulaşiş: