Prezidentimiz Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining Raqamlaştirilgan boşqaruv markazida böldi

Prezidentimiz Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining Raqamlaştirilgan boşqaruv markazida böldi

17.03.2026 16:02151

Prezident Şavkat Mirziyoyev Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida taşkil etilgan Raqamlaştirilgan boşqaruv markazi faoliyati bilan tanişdi.

Mazkur markaz kombinatning 1-, 2- va 3-mis boyitiş fabrikalaridagi işlab çiqariş jarayonlarini muvofiqlaştiriş, samaradorlikni oşiriş va uzluksiz monitoringni taʼminlaşda muhim örin tutmoqda.

Zamonaviy raqamli boşqaruv tizimlari, katta ekranli monitoring panellari, videokuzatuv vositalari, şuningdek, “Siemens PCS 7” va “AVEVA PI Vision” platformalari orqali maydalaş, flotatsiya, quyultiriş, filtrlaş, reagentlar bilan taʼminlaş, texnologik suv taʼminoti, sexlar va transport tizimi faoliyati real vaqt rejimida nazorat qilinmoqda.

Boşqaça aytganda, uşbu markaz fabrikaning öziga xos “miyasi” bölib, yigirma mingdan ziyod uskuna yagona axborot tizimiga ulangan.

“Aqlli” kameralar orqali dastlabki monitoring amalga oşiriladi, sunʼiy intellekt yordamida esa anomal holatlar avtomatik tarzda aniqlanadi. Bu maʼlumotlarni yagona axborot tizimi orqali tahlil qiliş va tezkor qarorlar qabul qiliş imkonini beradi.

Prezidentimiz markaz faoliyati bilan tanişar ekan, sunʼiy intellekt orqali, ayniqsa, toğ-kon va metallurgiya tarmoqlarida samaradorlikni oşiriş böyiça katta imkoniyatlar borligini taʼkidladi. Şu bilan birga, suv resurslaridan oqilona foydalaniş maqsadida zamonaviy resurs tejovçi texnologiyalarni keng joriy etiş zarurligiga alohida eʼtibor qaratildi.

Şu yerning özida davlatimiz rahbariga kombinatning işlab çiqariş va texnologik jarayonlarini yanada raqamlaştiriş böyiça rejalar taqdimot qilindi.

Qayd etilganidek, kondan maʼdan qazib olişdan boşlab tayyor mahsulot işlab çiqarişgaça bölgan barça jarayonlar bosqiçma-bosqiç raqamlaştirilmoqda. Kelgusi beş yilda har bir bosqiçga sunʼiy intellekt yeçimlarini keng joriy etiş közda tutilgan.

Sakson yil davomida töplangan geologik va markşeyderlik maʼlumotlari asosida konlarni raqamlaştiriş işlarining borişi haqida ham axborot berildi. Jumladan, “Raqamli kon” tizimi kunlik, haftalik va oylik qaziş işlarining aniq yönalişlarini belgilaş imkonini bermoqda.

Sunʼiy intellekt asosida karyer yöllari holati nazorat qilinmoqda, samosval şinalarining bosimi va harorati datçiklar orqali kuzatib borilmoqda. Ana şunday doimiy monitoring natijasida şinalarning xizmat muddati 14 foizga oşirilgan.

Sohada zamonaviy texnologiyalarni çuqur özlaştirgan mutaxassislar tayyorlaş, kadrlarni yangi iş usullari va raqamli yeçimlar asosida öqitiş ustuvor vazifalardan biri ekani körsatib ötildi.

Patent işlari kölamini kengaytiriş masalasiga ham alohida eʼtibor qaratildi. Fabrikadagi har bir bosqiçda qöllanilayotgan ilmiy-texnologik yeçimlarni patentlaş, bu borada vakolatli taşkilotlar bilan hamkorlikni kuçaytiriş, istiqbolli innovatsion yönalişlarni belgilab oliş zarurligi taʼkidlandi.

Qayd etilganidek, yangi patent bu – yangi texnologiya, yangi işlab çiqariş yönalişi va yangi bozorlar, demak. Mamlakatimizdagi boy xomaşyo bazasi jahon bozorlariga çiqiş uçun keng imkoniyatlar yaratayotgani inobatga olinib, 2026-yilda qaysi istiqbolli yönalişlarda yana qança patent oliş mumkinligi yuzasidan aniq yondaşuvlarni işlab çiqiş vazifasi qöyildi.

 

president.uz

Ulaşiş: