Toğ-kon sanoatidagi yirik investitsiya loyihalarini jadallaştiriş çora-tadbirlari muhokama qilindi

Toğ-kon sanoatidagi yirik investitsiya loyihalarini jadallaştiriş çora-tadbirlari muhokama qilindi

17.03.2026 16:05198

Prezident Şavkat Mirziyoyev Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga taşrif doirasida toğ-kon sanoatida amalga oşirilayotgan yirik investitsiya loyihalarini jadallaştiriş yuzasidan yiğiliş ötkazdi.

Taʼkidlanganidek, bugungi kunda axborot texnologiyalari, sunʼiy intellekt, robototexnika, energetika, elektrotexnika, kimyo va mudofaa sanoati kabi strategik tarmoqlarni jadal rivojlantiriş köp jihatdan mis, uran, litiy, volfram va boşqa muhim metallar bazasiga tayanadi. Dunyo bozorlarida mazkur resurslarga talab oşib borayotgani, jumladan, mis konsentrati bozorida taqçillik kuçayib, narxlar ösişi kutilayotgani toğ-kon va metallurgiya sohasidagi loyihalarni tezlaştirişni yanada dolzarb qilib qöymoqda.

Şu munosabat bilan 2030-yilga qadar Özbekistonda oltin işlab çiqarişni 175 tonnaga, kumuşni 500 tonnaga, uranni 15 ming tonnaga, misni 500 ming tonnaga yetkaziş böyiça belgilangan marralarga erişiş uçun barça imkoniyatlarni töliq safarbar etiş zarurligi qayd etildi.

Bu borada har bir yirik loyihani aniq grafik asosida amalga oşiriş, moliyalaştiriş, quriliş, logistika, texnologik jihozlaş va kadrlar bilan taʼminlaş masalalarini özaro uyğunlikda hal qiliş muhimligi körsatib ötildi.

Yiğilişda, avvalo, Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida amalga oşirilayotgan strategik loyihalarning borişi tanqidiy körib çiqildi. Xususan, 3-mis boyitiş fabrikasining keyingi navbatlarini jadallaştiriş yuzasidan aniq topşiriqlar berildi.

Şuningdek, mazkur loyihaning texnologik davomi hisoblangan yangi mis eritiş zavodini barpo etiş masalalari ham körib çiqildi. Unda texnik-iqtisodiy asosni yakunlaş, xorijiy ekspertlarni jalb qiliş, qisqa muddatlarda quriliş işlarini boşlaş yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi.

Olmaliq kombinatining istiqboldagi ehtiyojlaridan kelib çiqib, 4-mis boyitiş fabrikasi böyiça texnik-iqtisodiy asosni işlab çiqiş uçun nufuzli xalqaro kompaniyalarni jalb etiş vazifasi alohida körsatib ötildi. Uşbu hujjatda suv taʼminoti, temir yöl, energetika infratuzilmasi, ekologik talablar va yuqori samarali texnologiyalarni kompleks qamrab oliş lozimligi taʼkidlandi.

Yiğilişda joriy yil uçun tarmoqda 90 ta loyiha doirasida 2 milliard 200 million dollar investitsiya jalb qiliş, 172,5 ming tonna mis, 120 tonna oltin, 210,5 tonna kumuş va 8 ming tonna uran işlab çiqariş vazifalari belgilangani qayd etildi.

Şu bilan birga, bir qator istiqbolli konlar va obyektlar böyiça texnik-iqtisodiy asoslarni tez fursatda yakunlaş, ekspertiza jarayonlarini soddalaştiriş böyiça qabul qilingan yangi qaror imkoniyatlaridan samarali foydalaniş zarurligi taʼkidlandi. Hukumatga uşbu loyihalar doirasidagi taşkiliy va huquqiy masalalarni qisqa muddatda hal qiliş topşirildi.

Energetika resurslariga bölgan talab ortib borayotgan şaroitda kömir qazib çiqariş va uni qayta işlaş loyihalarini jadallaştiriş masalalariga ham alohida eʼtibor qaratildi. Aholi va sanoat korxonalariga kömir yetkazib beriş hajmini oşiriş yuzasidan vazifalar belgilandi.

Navoiy kon-metallurgiya kombinati faoliyati doirasida “Muruntov” konini kengaytirişning navbatdagi bosqiçi, yangi konlarni özlaştiriş, murakkab rudalardan oltin ajratib oliş texnologiyalarini joriy etiş, şuningdek, ayrim yirik loyihalar böyiça investorlar bilan hamkorlik mexanizmlarini qayta körib çiqiş yuzasidan topşiriqlar berildi.

Metallurgiya yönalişida “Özmetkombinat”da işlab çiqariş hajmini oşiriş, içki xomaşyo bazasidan samarali foydalaniş, raqobatbardoş mahsulot turlarini köpaytiriş, bozor talabiga mos metall listlar işlab çiqarişni yölga qöyiş masalalari körib çiqildi. Bu borada xomaşyo taʼminoti, mahsulot turlarini diversifikatsiya qiliş va yangi bozorlarni özlaştiriş böyiça aniq çoralar belgilandi.

Yiğilişda Texnologik metallar kombinati faoliyatiga ham töxtalinib, sanoat uçun muhim metallar va murakkab qotişmalar işlab çiqarişni kengaytiriş, selen, tellur, kukun metallurgiyasi detallari va boşqa yuqori qöşilgan qiymatli mahsulotlar işlab çiqariş böyiça loyihalarni jadallaştiriş vazifasi qöyildi.

Tarmoq korxonalarida tannarxni pasaytiriş va xarajatlarni qisqartiriş masalalari ham diqqat markazida böldi. Mutasaddilarga bir birlik mahsulot tannarxini qisqartiriş, energiya sarfini kamaytiriş, resurslardan tejamkor foydalaniş va oyma-oy aniq natijalarga erişiş böyiça manzilli dasturlar işlab çiqiş topşirildi.

Davlat xaridlari va kooperatsiya sohasida mahalliy komponentni kengaytirişga alohida urğu berildi. Şu bois, mutasaddilarga loyihalar va xaridlarda mahalliy komponent uluşini joriy yilda 2 milliard dollardan oşiriş böyiça aniq körsatkiçlar belgilab berildi.

Şuningdek, geologiya-qidiruv işlarini kuçaytiriş, qöşimça zaxiralarni aniqlaş, yangi kon va investitsiya bloklarini investorlarga taklif qiliş, uglevodorodga istiqbolli maydonlarni iqtisodiyotga jalb etiş böyiça rejalar muhokama qilindi. Bu yönalişda joriy yilda oltin, kumuş, mis, uran va rux zaxiralarini sezilarli oşiriş vazifasi qöyildi.

Yiğilişda sohada amalga oşirilayotgan 22 milliard dollarlik loyihalar doirasida 38 mingta yangi iş örni yaratilişi, jumladan, 7,5 ming muhandis va 14 ming örta böğin mutaxassislariga ehtiyoj paydo bölişi qayd etildi. Şu munosabat bilan sohadagi oliy taʼlim muassasalari va texnikumlar faoliyatini yangi talablar asosida taşkil etiş, taʼlim dasturlarini zamonaviy texnologiyalarga moslaştiriş, dual taʼlimni keng joriy etiş, diplom işlarini bevosita işlab çiqariş vazifalari bilan boğlaş böyiça körsatmalar berildi.

Bundan taşqari, oliygohlardagi ilmiy tadqiqotlarni kombinatlardagi amaliy texnologik yeçimlarga yönaltiriş, ilmiy işlar natijalarini işlab çiqarişga tatbiq etiş, talabalar uçun öquv-maşğulot poligonlarini taşkil qiliş, sanoat korxonalarida sexlarni amaliyot va tadqiqotlar uçun moslaştiriş vazifalari belgilandi.

Yangi loyihalar doirasidagi dolzarb ilmiy mavzular röyxatini oçiq eʼlon qiliş tizimini yölga qöyiş topşirildi. Bu tadqiqotlarda sohadagi 5 ta oliygoh bilan bir qatorda texnika yönalişidagi barça davlat, xususiy oliygoh va ilmiy taşkilotlar iştirok etişi mumkin böladi.

Yiğiliş yakunida toğ-kon, metallurgiya, kimyo va neft-gaz kabi bazaviy tarmoqlarda yirik loyihalar ijrosini tizimli nazorat qiliş maqsadida Prezident rahbarligida Sanoat kengaşi tuzilişi maʼlum qilindi. Uşbu kengaş doirasida yirik korxonalarni xalqaro standartlar asosida transformatsiya qiliş, tannarx va energiya sarfini kamaytiriş, xomaşyoni çuqur qayta işlaş, mahalliy kontentni oşiriş, barça jarayonlarni raqamlaştiriş, sunʼiy intellektni joriy etiş, investitsiya va eksportni köpaytiriş böyiça oylik iş rejalari tasdiqlanadi.

Mutasaddi rahbarlarga uşbu rejalar ijrosini har oy joylarga çiqqan holda korxonabay tanqidiy muhokama qiliş, mavjud masalalarni tezkor hal etiş va har çorak yakunlari böyiça hisobot kiritib boriş topşirildi.

 

president.uz

Ulaşiş: