Narpayda sanoat va qişloq xöjaligi uyğunligi yangi natijalar bermoqda

Narpayda sanoat va qişloq xöjaligi uyğunligi yangi natijalar bermoqda

19.03.2026 11:29137

Prezident Şavkat Mirziyoyev Narpay tumanida joylaşgan “Maroqand sifat” klasteri tizimida çiqindisiz texnologiya tamoyili asosida iş olib borayotgan korxona faoliyati bilan tanişdi.

 

Klasterda paxta yetiştirişdan tortib, uni çuqur qayta işlaş va tayyor mahsulot işlab çiqarişgaça bölgan töliq qiymat zanjiri şakllantirilgan. Xususan, paxta va uruğlik yetiştiriş, yoğ-moy işlab çiqariş, tola va ip-kalava tayyorlaş, şuningdek, tayyor kiyim-keçaklar işlab çiqarişni qamrab olgan 25 million dollarlik loyihalar amalga oşirilgan. Bunday yondaşuv qişloq xöjaligi va sanoatni uzviy boğlaş orqali yuqori qöşimça qiymat yaratiş imkonini bermoqda.

Amalga oşirilgan işlar natijasida korxona ip-kalava işlab çiqariş böyiça yiliga 5,5 ming tonna, tayyor trikotaj mahsulotlari böyiça esa 1 million dona quvvatga ega böldi. Mazkur körsatkiçlar 10 million dollarlik eksport salohiyatini taʼminlaşga xizmat qiladi. Bu esa klasterning içki va taşqi bozorlardagi örnini mustahkamlaşga zamin yaratadi.

Korxona faoliyatining yana bir muhim jihati aholi bandligini taʼminlaşga qöşayotgan hissasidir. Ayni paytda bu yerda 1 ming nafar doimiy iş örni yaratilgan bölsa, mavsumiy işlar davrida yana 3 ming nafar aholi iş bilan taʼminlanmoqda. 

“Maroqand sifat” klasterining mato qoldiqlarini qayta işlaş orqali ip-kalava işlab çiqarişga ixtisoslaşgan korxonasi ilğor va samarali taşabbuslardan biri hisoblanadi. 

Loyiha tarkibida biolaboratoriya hamda tikuv sexlari faoliyat yuritmoqda. Bu yerda işlab çiqariş jarayonida hosil böladigan çiqindilarni qayta işlaşga alohida eʼtibor qaratilgan.

Jumladan, tikuv sexlarida foydalanib bölingan mato qoldiqlari taşlab yuborilmaydi. Ular zamonaviy, yuqori tezlikda işlovçi uskunalar orqali qayta işlanib, yana ip-kalava holatiga keltiriladi. Uşbu yönalişda yillik tola işlab çiqariş quvvati 5 ming tonnani taşkil etadi. Bu esa resurslardan samarali foydalaniş va ekologik barqarorlikni taʼminlaş nuqtayi nazaridan muhim ahamiyatga ega.

Mazkur loyihaning umumiy qiymati 7 million dollar bölib, u 3,3 gektar maydonda joylaşgan. Korxonada 500 nafar aholining doimiy bandligi taʼminlangan. Şu bilan birga, işlab çiqarişda energiya tejamkor texnologiyalarning joriy etilgani uning iqtisodiy samaradorligini yanada oşirmoqda.

Hozirda korxona hududida quyoş panellari örnatilgan bölib, ular orqali işlab çiqariş jarayonida qayta tiklanuvçi energiya manbalaridan samarali foydalanilmoqda. Bu korxonaning energiya xarajatlarini kamaytiriş bilan birga “yaşil iqtisodiyot” tamoyillarini amaliyotga tatbiq etişga xizmat qilmoqda.

Prezidentimiz işlab çiqariş jarayonini közdan keçirdi va tikuv sexida mehnat qilayotgan xodimlar bilan samimiy suhbat qurdi.

– Sizlar bilan uçraşganimdan mamnunman. Bu yerda yaratilgan şaroitlar, taşkil etilgan iş örinlari aholining bandligini taʼminlaşda muhim omil bölib xizmat qilyapti. Har bir amalga oşirilayotgan loyiha – yurtimizdagi ulkan özgarişlarning bir qismi. Albatta, iş örinlariga talab oşib bormoqda. Şuning uçun biz yanada faol işlayapmiz, har bir hududda yangi imkoniyatlar yaratişga harakat qilyapmiz, – dedi davlatimiz rahbari.

 

president.uz

Ulaşiş: