Samarqand viloyatida yirik loyihalarni işga tuşiriş va qurilişini boşlaşga start berildi

Samarqand viloyatida yirik loyihalarni işga tuşiriş va qurilişini boşlaşga start berildi

19.03.2026 11:36126

Prezident Şavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga taşrifi doirasida hududda yirik loyihalarni işga tuşiriş va qurilişini boşlaşga bağişlangan marosimda iştirok etdi.

 

Tadbir doirasida viloyatda oziq-ovqat, yengil sanoat, kimyo va farmatsevtika, quriliş materiallari, metall va mebel sanoati sohalarida işlab çiqarilayotgan mahsulotlar körgazmasi taşkil etildi. Davlatimiz rahbari hududning zamonaviy işlab çiqariş quvvatlari, ilğor texnika va texnologiyalari, sanoat mahsulotlari bilan tanişdi.

Samarqand viloyati mamlakatimiz iqtisodiyotida strategik öringa ega hudud sifatida barqaror rivojlanib bormoqda. Sönggi yillarda bu yerda sanoat hajmi izçil ösib, qulay işbilarmonlik va investitsiya muhiti mahalliy hamda xorijiy sarmoyalarni keng jalb etişga mustahkam zamin yaratdi. Çet el kapitali iştirokidagi korxonalarning soni yildan-yilga ortib borayotgani bu boradagi ijobiy dinamikani yaqqol tasdiqlaydi.

Marosimda şahar va tumanlarda qariyb 7 milliard dollar investitsiya hisobiga 106 ta yangi loyiha işga tuşiriş va qurilişga tayyor ekani haqida axborot berildi. Tadbirga videoaloqa orqali yangi qurilayotgan va işga tuşirilayotgan loyihalarning masʼullari ham ulandi.

Uşbu loyihalar viloyat iqtisodiyotining turli tarmoqlarini qamrab olgan. Jumladan, toğ-kon sanoati va geologiya, quriliş materiallari, avtosanoat, kimyo sanoati, elektrotexnika, qişloq xöjaligi, taʼlim, soğliqni saqlaş, xizmat körsatiş va turizm sohalarida yangi quvvatlarni işga tuşiriş hamda istiqbolli obyektlar qurilişini boşlaş nazarda tutilgan.

Marosimda Prezident Şavkat Mirziyoyev loyihalar ijroçilari, mahalliy va xorijiy kompaniyalar vakillari bilan suhbatlaşdi, ularning taklif va taşabbuslarini tingladi. Bu kabi loyihalar Samarqand viloyatining sanoat salohiyatini yanada mustahkamlaş, işlab çiqariş tarmoqlarini modernizatsiya qiliş va hududda barqaror iqtisodiy ösişni taʼminlaşda muhim omil bölişi taʼkidlandi.

Şundan söng davlatimiz rahbari ramziy tugmani bosib, Samarqand viloyatidagi yirik loyihalarni işga tuşiriş va yangilarining qurilişini boşlab berdi. 

Jumladan, Avstriya, Xitoy, Birlaşgan Arab Amirliklari, Turkiya, Hindiston va Rossiya bilan hamkorlikda 2 milliard 400 million dollarlik 53 ta loyiha işga tuşdi.

Şuningdek, Niderlandiya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy, Birlaşgan Arab Amirliklari, Turkiya, Rossiya va Eron bilan hamkorlikda 4 milliard 600 million dollarlik 53 ta loyiha böyiça quriliş işlari boşlandi.

Uşbu loyihalarning amalga oşirilişi hisobiga 18 mingta yangi iş örni yaratiş, 13 trillion sömlik sanoat mahsulotlarini işlab çiqariş va buning natijasida 700 million dollarlik eksport salohiyatini taʼminlaş imkoniyati paydo böladi. Bu esa viloyat sanoatini diversifikatsiya qiliş, zamonaviy işlab çiqariş zanjirlarini kengaytiriş va eksport geografiyasini yanada oşirişga xizmat qiladi.

Şu yerning özida Prezidentimizga Narpay tumanida suv resurslaridan foydalaniş samaradorligini oşiriş va nasos stansiyalarini davlat-xususiy şeriklik asosida boşqaruvga beriş böyiça amalga oşirilgan işlar va istiqboldagi rejalar taqdimot qilindi.

Narpay tumanidagi 8 ta nasos stansiya DXŞ asosida xususiy sektorga berilgan. Ötgan davrda 21 ta nasos agregatlari 12,3 milliard söm investitsiya kiritiş hisobiga yangilangani natijasida yillik energiya iste’moli 68,1 million kilovatt-soatdan 34,1 million kilovatt-soatgaça kamaytirişga erişildi.

Umuman, Samarqand viloyatining suv xöjaligiga yangi ilmiy yondaşuvlar joriy qilinmoqda. Bu borada ilm-fan va amaliyot uyğunligini ta’minlaş maqsadida viloyat hokimiga ilmiy maslahatçi biriktirilmoqda. Şuningdek, sohada dual ta’lim yölga qöyilib, 72 nafar talabaning suv xöjaligi, qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş, gidrotexnika va gidroenergetika, kadastr va ekologiya yönalişlarida 6 oylik uzluksiz amaliyoti yölga qöyiladi.

Davlatimiz rahbari bu işlarni izçil va tizimli davom ettiriş yuzasidan mutasaddilarga topşiriqlar berdi.

 

president.uz

Ulaşiş: