Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Navröz umumxalq bayramiga bağişlangan tantanali marosimdagi tabrik nutqi

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Navröz umumxalq bayramiga bağişlangan tantanali marosimdagi tabrik nutqi

24.03.2026 11:56148

Assalomu alaykum, qadrli vatandoşlar!

Muhtaram mehmonlar!

Butun dunyo nurga, gözallikka tölgan şu dilbar faslda jonajon diyorimizga şarqona yangi yil – Navrözi olam kirib kelmoqda.

Bugun bamisoli ikki azim daryo tutaşmoqda – Navröz bayramini muborak Ramazon hayiti bilan birga nişonlamoqdamiz.

Tabiat uyğonişi va ruhiy poklaniş ramzi bölgan mana şunday qutluğ ayyomlar bilan sizlarni, köpmillatli butun xalqimizni çin qalbimdan samimiy tabriklayman.

Dunyoning olis va yaqin mamlakatlarida işlayotgan, tahsil olayotgan vatandoşlarimizni ham muborakbod etib, ularga ezgu salom va tilaklarimizni izhor etaman.

Bayram barçamizga muborak bölsin!

Navrözi olam diyorimizga tinçlik va baxt olib kelsin!

Aziz döstlar!

Bugun bahorni soğingan yuraklarimiz yangi kun, yangi hayot şukuhi bilan yaşamoqda.

Osmondan obirahmat yoğilib, daryo va köllarimiz suvga tölmoqda. Boğlarimiz, qir va adirlarimiz öt-ölanlar bilan qoplanib, yilimiz barakali bölişidan darak bermoqda.

Şahar va qişloqlarimiz, vodiy va vohalarimizda sayil-tomoşalar boşlanmoqda.

Yangilaniş fasli bölgan Navröz kunlarida xalqimizning umummilliy birdamligi, bunyodkorlik salohiyati yanada yaqqol namoyon bölmoqda.

Navröz qadriyatlariga sodiq bölib, millati, tili, dinidan qat’i nazar, har bir yurtdoşimizni, butun el-yurtimizni rozi qiliş yölidagi işlarimizni yangi bosqiçga kötarmoqdamiz. Bu yilgi bayramga “Navrözni uluğlaş – insonni uluğlaşdir”, degan da’vatkor ğoya asos bölgani ham buning yaqqol tasdiğidir.

Biz barça hududlarimizga, qişloq va ovullar, mahallalarimizga Yangi Özbekiston nafasini olib kiriş böyiça katta harakat boşladik.

Yangi iş örinlari yaratiş, kambağallikni qisqartiriş, ijtimoiy himoyani kuçaytiriş borasida ham ulkan qadamlar qöymoqdamiz. Yangi-yangi zamonaviy korxonalar, kommunikatsiya tarmoqlari, şinam uy-joylar, ta’lim, tibbiyot, madaniyat va sport obyektlari barpo etilmoqda.

Kelgusida bunday qurilişlar kölamini yanada kengaytiramiz.

Uşbu fayzli tongda mirişkor dehqon va fermerlarimizga barçamiz yuksak hurmat va ehtirom bildiramiz.

Siz, azizlarning elimiz dasturxonini yanada tökin va farovon qilişdek ezgu işlaringizda zafar va omadlar tilaymiz. Çunki, sizlarning olijanob mehnatingiz bilan xalqimizning rizqu nasibasi butun böladi. Bu borada davlatimiz, jamiyatimiz sizlarni doimo qöllab-quvvatlaydi.

Hurmatli yurtdoşlar!

Yangi Özbekiston mamlakatimiz yoşlari uçun yuksak parvozlar, katta-katta ğalabalar maydoniga aylanib bormoqda. Yaqinda yoşlarimiz bilan uçraşib, bunga yana bir bor işonç hosil qildim. Har bir yönalişda – ta’lim, ilm-fan, madaniyat va san’at, sport, IT va biznes sohalarida yangi nomlar, yangi qahramonlar paydo bölmoqda. Mana şunday bilimli, jöşqin va izlanuvçan öğil-qizlar bilan barçamiz haqli ravişda faxrlanamiz.

Aziz farzandlarim, bugun Uçinçi Renessans bunyodkorlari bölişdek ulkan baxt va yuksak şaraf sizlarga nasib etmoqda. Qança-qança ajdodlarimiz intilib yaşagan şu buyuk orzuni röyobga çiqarişga sizlar albatta qodirsiz.

Bugungi tinç va osoyişta hayotning, yaratilgan katta imkoniyatlar, ota-onalar, ustoz-murabbiylaringiz mehnatining qadriga yetib, tinimsiz öqib-örgansangiz, bilim va mahoratingizni doimo oşirib borsangiz –  kelajak albatta sizniki böladi.

Bu yölda sizlarga, butun Özbekiston yoşlariga yana qanday şaroit zarur bölsa, barçasini yaratib berişga tayyormiz.

Vatan uçun, millat uçun, xalq uçun deb yaşasangiz – Vatan va xalq ham sizni e’zozlab, boşiga kötaradi!

Yangi Özbekistonning oltin avlodi bölib, uning zafar bayroğini baland kötarişdan heç qaçon töxtamang, aziz farzandlarim!

Qadrli yurtdoşlar!

Mahalla deganda, köz oldimizda avvalo ona yurtimizning gözal timsoli namoyon böladi. Biz Mahallani rivojlantiriş va jamiyatni yuksaltiriş yilida yaxşi niyat bilan katta dastur va rejalarni amalga oşirmoqdamiz.

Bu işlarda oila va jamiyatda tinçlik-totuvlik, özaro mehr-oqibatni mustahkamlaş, ijtimoiy muammolarni joyida hal etiş, ezgulik va adolatni qaror toptiriş uçun köpni körgan otaxon va onaxonlarimiz, “mahalla yettiligi”, faol fuqarolarimiz yaqindan iştirok etadilar, deb işonaman.

Fursatdan foydalanib, ertaga nişonlanadigan Mahalla tizimi xodimlari kuni bilan jonkuyar mahalla raislari va faollarini, barça yurtdoşlarimizni çin qalbimdan tabriklab, ularga yangi muvaffaqiyatlar tilayman.

Muhtaram döstlar!

Ming yillar davomida xalqlar örtasida ma’naviy köprik bölib kelayotgan Navrözning tinçlik, döstlik va hamkorlik ğoyalari bugungi notinç zamonda yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

Yurtimizda yaşayotgan 130 dan ortiq millat va elat vakillari bu bayramni bir bölib, şodu xurramlik bilan nişonlamoqda. Mana şunday ahillik va totuvlik Yangi Özbekistonimizni birgalikda barpo etişning eng işonçli kafolatidir.

Biz jamiyatimizda millatlar va dinlararo hamjihatlikni bundan buyon ham mustahkamlaş uçun bor kuç va imkoniyatlarimizni safarbar etamiz. Bu borada qöşni va qardoş mamlakatlar bilan birga, yagona Markaziy Osiyo ovozi bölib, mintaqamizning tinçlik, birodarlik va hamkorlik makoni sifatidagi nufuzini oşirişga ustuvor ahamiyat qaratamiz.

Fursatdan foydalanib, davramizda iştirok etayotgan xorijiy davlatlarning muhtaram elçilarini, xalqaro taşkilotlar vakillarini Xalqaro Navröz kuni bilan samimiy qutlab, ularning ölkalari va xalqlariga qizğin tabriklarimizni yöllaymiz.

Qadrli döstlar!

Mana şu tarovatli lahzalarda barçangizga, butun el-yurtimizga murojaat qilib aytmoqçiman.

Azizlar, qarang, qanday gözal yurtimiz, qanday saxovatli zaminimiz, betakror tabiatimiz bor.

Bu bebaho boyliklarni ming yillar oşa asrab-avaylab kelayotgan mehnatkaş, oq köngil va olijanob xalqimiz bor.

Xudo bizga ato etgan yer-suvimizni, barça imkoniyatlarimizni qadrlab, ulardan oqilona foydalansak, bir boyligimizga, albatta, ön boylik qöşiladi.

Şu bois azaliy an’analarimizni davom ettirib, köçat ekib, boğ yarataylik, uyimiz, mahallamizni obod qilib, hayotimizni yanada gözal va farovon etaylik!

Yaxşi qöşniçilik, ahilligimiz va ezgu işlarimiz bilan yuksak marralarga intilayotgan xalq ekanimizni dunyoga namoyon etaylik!

Yagona Vatan, yagona xalq bölib, yangi hayot, yangi tarix, yangi kelajak yarataylik!

Aziz va muhtaram vatandoşlarim!

Siz, qadrdonlarimni, butun xalqimizni Navrözi olam bilan yana bir bor çin dildan tabriklayman.

Yangi Özbekiston Navrözi – yuksaliş va taraqqiyot davri xalqimizga ravnaq va farovonlik ato etsin!

Barça pok niyatlarimiz amalga oşsin!

Yaratgan Parvardigor jonajon Vatanimizni öz panohida asrasin!

Yangi kun, yangi baxt barçamizga muborak bölsin!

 

president.uz

Ulaşiş: