Davlatimiz rahbari yurtimizda istiqomat qilayotgan turli millat va elat vakillari bilan muloqot qildi
Prezident Şavkat Mirziyoyev poytaxtimizning Yakkasaroy tumanidagi Milliy madaniy markazlar pavilyoniga taşrif buyurdi.
Mamlakatimizda 130 dan ziyod millat va elat vakillari yagona va ahil oila bölib yaşab kelmoqda, 157 ta milliy-madaniy markaz faoliyat körsatmoqda. Bu xilma-xillik köp asrlik tarixiy jarayonlar natijasida şakllangan noyob ijtimoiy hodisa sanaladi.
Yurtimizda milliy madaniyatlarni rivojlantiriş, millatlararo totuvlikni asrab-avaylaş va mustahkamlaş, şu orqali yoş avlodni bağrikenglik va hamjihatlik ruhida tarbiyalaşga davlat siyosatining ustuvor yönalişi sifatida doimiy eʼtibor qaratib kelinmoqda.
Döstlik boği hamda Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan döstlik aloqalari qömitasi binosiga tutaş maydonda barpo etilgan, yigirma ikki millatning öziga xos arxitekturasi aks etgan pavilon ham uşbu e’tiborning yorqin tasdiğidir.
Bu yerda qozoq, qirğiz, turkman va boşqird ötovlari, koreys, belarus, ukrain, grek, olmon, dungan, polyak, yahudiy, gruzin, arman, tatar va qrim-tatar, uyğur, turk, tojik, xitoy, rus hamda ozarbayjon xalqlarining ikki qavatdan iborat döstlik uylari joylaşgan.
Interyerlar öşa xalqning milliy anʼanalariga mos holda bezatilgan. Ekspozitsiyalarda esa milliy liboslar, çolğu asboblari, dekorativ-amaliy sanʼat namunasi, tarixiy maketlar va madaniy merosni aks ettiruvçi köplab eksponatlar örin olgan.
Bugun pavilyonda Navröz şukuhi hukm surmoqda, zero, Navröz özi bilan birdamlik, yangilaniş va yaxşilikka daʼvat kabi ezgu ğoyalarni olib keluvçi bayramdir.
Davlatimiz rahbari har bir milliy maskan faoliyati bilan tanişdi. Iştirokçilar bilan samimiy muloqot qildi.
Uçraşuvlar çoğida milliy-madaniy markazlarning umumxalq bayramlarini yuksak ruhda ötkazişdagi hissasi alohida eʼtirof etildi. Yuksak vatanparvarligi, fidoyi mehnati bilan respublikamizning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini oşirişga qöşayotgan hissasi uçun turli millatga mansub yurtdoşlarimizga minnatdorlik bildirildi.
Prezidentimiz pavilyon mehmonlari uçun uçun taşkil etilgan badiiy dasturni tomoşa qildi. Milliy madaniy markazlar vakillari bilan birgalikda suratga tuşdi.

