Ekologiya sohasida umummilliy loyihalarni amalga oşiriş çora-tadbirlari körib çiqildi
Prezident Şavkat Mirziyoyev 23-mart kuni ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş sohasida 2026-2030-yillarga möljallangan ustuvor umummilliy loyihalar yuzasidan taqdimot bilan tanişdi.
Atmosfera havosining sifatini yaxşilaş, şahar va hududlarda yaşil maydonlarni kengaytiriş, ekologik taʼlim va madaniyatni yuksaltiriş, şuningdek, çöllanişga qarşi kuraşişning ilmiy va amaliy asoslarini mustahkamlaşga qaratilgan taşabbuslar körib çiqildi.
Avvalo, “Toza havo” umummilliy loyihasi doirasida rejalaştirilgan işlar haqida axborot berildi.
Qayd etilganidek, bugungi kunda Toşkent şahrida havoning ifloslaniş darajasi belgilangan meʼyordan yuqori bölişi holatlari kuzatilmoqda. Bu Navoiy, Farğona, Çirçiq va Termiz şaharlarida ham qayd etilmoqda. Havo ifloslanişining asosiy omillari sifatida sanoatning ösişi, uglerod yoqilğilaridan keng foydalaniş, transport vositalari sonining köpayişi, tabiiy omillar va nazoratning yetarli emasligi körsatib ötildi.
Şu munosabat bilan 2030-yilga qadar atmosferaga çiqarilayotgan ifloslantiruvçi moddalar hajmini qisqartiriş, sanoat obyektlarida taşlamalarni uşlab qoliş uluşini oşiriş, transportdan çiqadigan zararli moddalarni kamaytiriş hamda PM2,5 böyiça meʼyordan oşiş kuzatiladigan kunlar sonini pasaytiriş asosiy maqsadlar etib belgilangan.
Amalga oşirilgan tezkor çoralar natijasida Toşkent şahrida havo sifati muayyan darajada yaxşilangan. Jumladan, 2026-yil yanvar-fevral oylarida PM2,5 konsentratsiyasi ötgan yilning şu davriga nisbatan sezilarli pasaygan. Endi bu yönalişda hududiy dasturlar bosqiçma-bosqiç qabul qilinib, har bir viloyatda tahlil va diagnostika, yagona havo monitoringi hamda ifloslaniş manbalarini inventarizatsiya qiliş işlari taşkil etiladi.
“Toza havo” loyihasida energetika va sanoat tarmoqlariga alohida eʼtibor qaratilgan. Mahsulotining maʼlum qismini muqobil energiya hisobiga işlab çiqaradigan korxonalarga soliq imtiyozlari va moliyaviy rağbatlar beriş, avtomatik monitoring stansiyalari, filtrlar, çang-gaz tozalaş hamda energiya samarador uskunalarni keng joriy etiş közda tutilgan. Toşkent şahri va unga tutaş hududlardagi sanoat korxonalarida majburiy avtomatik monitoring postlari örnatilib, ularning maʼlumotlari yagona geoaxborot tizimiga integratsiya qilinadi. Bunday talablarga amal qilmagan subyektlar uçun kompensatsiya tölovlari keskin oşiriladi.
Quriliş sohasida ham ekologik talablar kuçaytiriladi. Yangi quriladigan yirik obyektlarni loyihalaştirişda kökalamzorlaştiriş darajasini oşiriş, quriliş materiallarini yopiq şaroitda saqlaş, çiqindilarni maxsus quvur va konteynerlar orqali tuşiriş, maydonlarni himoya tösiqlari bilan öraş, onlayn kuzatuv kameralarini örnatiş kabi talablar belgilanmoqda.
Şuningdek, “şamol yölaklari”ni saqlaş, ekologik ekspertiza xulosasini quriliş jarayonlarida majburiy hisobga oliş, şaharning ekologik va suv resurslarini boşqariş böyiça master-reja işlab çiqiş taklif etildi.
Tabiiy çang omillarini kamaytiriş böyiça ham aniq çoralar belgilangan. Toşkent şahri atrofida “yaşil belboğ” barpo etiş, Surxondaryo va Sirdaryoda çang böronlarining oldini oliş uçun “yaşil devor”lar taşkil qiliş, sunʼiy köllar va suv havzalarini barpo etiş, poytaxt tumanlarida favvoralarning sonini köpaytiriş, barglarni kompost va mulça sifatida qayta işlaş amaliyotini yölga qöyiş şular jumlasidandir. Bularning barçasi havo tarkibidagi çang zarraçalarini kamaytiriş va şahar muhitini soğlomlaştirişga xizmat qiladi.
Transport sohasida havoni muhofaza qiliş böyiça alohida yönalişlar ham belgilangan. Motor yoqilğisi standartlarini bosqiçma-bosqiç kuçaytiriş, avtotransport vositalarini “qizil”, “sariq” va “yaşil” stikelarni bergan holda ekologik toifalarga ajratiş, texnik körikni ekologik talablar bilan boğlaş, eski avtotransportni yangilaş dasturlarini amalga oşiriş, jamoat transporti uluşini oşiriş nazarda tutilmoqda. Bu orqali yöl harakati bilan boğliq ifloslaniş hajmini qisqartiriş, ayniqsa, yirik şaharlar markazida havo sifatini yaxşilaş maqsad qilingan.
“Toza havo” loyihasining muhim tarkibiy qismi sifatida issiqxonalar masalasi ham muhokama qilindi.
Toşkent şahri va Toşkent viloyatida issiqxona xöjaliklari juda köp, ular orasida isitiş manbalari sifatida kömir, mazut va nostandart yoqilğidan foydalanuvçi issiqxonalar uluşi ham yuqori, ular çiqarayotgan NO2, SO2 va PM2,5 kabi xavfli moddalar havo sifatiga jiddiy ta’sir körsatayotgani qayd etildi. Qolaversa, Toşkent hududida yillik quyoş nurlanişi qolgan hududlarga qaraganda nisbatan past bölgani sababli bu yerda issiqxonada mahsulot yetiştiriş xarajati ança baland. Masalan, yanvar oyida Toşkentda örtaça harorat Selsiy böyiça 6 daraja issiq bölsa, Termizda – 10,8 daraja issiq. 1 tonna issiqxona mahsulotini yetiştiriş xarajati Toşkent viloyatida 11,9 million sömni, Surxondaryoda esa 4,9 million sömni taşkil etadi.
Mahsulotlarni insolyatsiya darajasi yuqori bölgan hududlarda yetiştiriş issiqxona xöjaliklarining moliyaviy holati uçun ham, içki bozordagi narx barqarorligi nuqtayi nazaridan ham manfaatli hisoblanadi.
Şu bois, Toşkent şahri va unga tutaş hududlardagi issiqxonalarni energiya tejamkor va tabiiy-iqlim şaroiti qulay bölgan hududlarga bosqiçma-bosqiç köçiriş taklifi bildirildi. Xususan, Surxondaryo viloyatining Şerobod tumanida kamida 940 gektar maydonda agropark taşkil etiş rejalaştirilgan. Bu hududda quyoş nurlanişi yuqori, qiş nisbatan yumşoq, isitiş xarajatlari ança past bölib, bu mahsulot tannarxini keskin tuşiriş imkonini beradi.
2026-yil 1-oktabrdan boşlab Toşkent şahri va unga tutaş hududlarda yangi issiqxona taşkil etişni çeklaş, şu bilan birga, köçirilayotgan xöjaliklarga infratuzilma, kredit va logistika böyiça imtiyozlar beriş nazarda tutilmoqda.
Taqdimotda “Yaşil makon” doirasida botanika va dendrologiya boğlari konsepsiyasi yuzasidan axborot berildi. Qayd etilganidek, botanika boğlari mahalliy va xorijiy ösimliklarni örganiş, saqlaş, köpaytiriş va namoyiş etişga xizmat qilsa, dendrologiya boğlari daraxt va buta turlarini introduksiya qiliş, akklimatizatsiya qiliş va ilmiy asosda parvarişlaşga ixtisoslaşgan hududlar hisoblanadi. Konsepsiyaga köra, botanika boğlarida turli floristik ekspozitsiyalar, oranjereya, köçatxona, köl, içki yölaklar, besedka va gulxona kabi obyektlar joylaştiriladi.
Hozirgi kunda mamlakatimizda 3 ta botanika boği mavjud bölsa, loyiha doirasida yana 12 ta botanika va 16 ta dendrologiya boğini taşkil etiş rejalaştirilgan. Bu jarayonda har bir hududning tuproq-iqlim şaroiti hisobga olinib, mos daraxt va butalar tanlanadi.
2028-yilga qadar Qoraqalpoğiston Respublikasi, barça viloyatlar va Toşkent şahrida maydoni 100 gektardan kam bölmagan botanika va dendrologiya boğlarini taşkil etiş reja qilingan. Natijada 2030-yilgaça mamlakatda umumiy yaşillik darajasini 14,2 foizdan 30 foizgaça oşiriş, PM2,5 va PM10 konsentratsiyasini 20-25 foizga kamaytiriş, iqlimi oğir hududlarda havo haroratini örtaça 1,5-2 darajaga pasaytiriş maqsad qilingan.
Şu bilan birga, poytaxtda Milliy dendrologiya boğini barpo etiş konsepsiyasi ham taqdimot qilindi. Uşbu yirik yaşil hududning umumiy maydoni 108 gektarni taşkil etişi belgilangan. Loyiha doirasida 50 ming tup daraxt köçati va 100 ming tup buta ösimliklari ekilişi nazarda tutilgan. Park biologik xilma-xillikni saqlaş, havo sifatini yaxşilaş, uglerod yutilişini oşiriş, ilmiy tadqiqot va seleksiya işlarini yölga qöyiş, şuningdek, şahar mikroiqlimini soğlomlaştirişga xizmat qiladi. Boğ havo haroratini 2-4 darajaga pasaytirib, namlikni 10-15 foizga oşirişi mumkin.
Milliy dendrologiya boği faqat kökalamzor hudud emas, balki ilmiy, maʼrifiy va jamoat makoni sifatida ham şakllantiriladi. Unda “Dunyo daraxtlari” hududi, 6 ta iqlim mintaqasiga xos ösimliklar kolleksiyasi, mevali va mahalliy daraxtzorlar, dorivor ösimliklar boği, oranjereya, gulzorlar, dam oliş maydonlari, piyodalar va velosiped yölaklari, avtoturargoh, taşrif buyuruvçilarni kutib oliş maydoni barpo etiladi.
Boğning markaziy qismida 1 gektarlik sunʼiy köl va uning atrofida sakura boği taşkil qiliş rejalaştirilgan. Park infratuzilmasida quyoş panellari, qayta işlangan materiallardan tayyorlangan skameyka va besedkalar, avtomatlaştirilgan tomçilatib suğoriş tizimi kabi zamonaviy ekologik texnologiyalardan foydalaniş közda tutilgan. Bu yer Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim özgarişi universiteti (“Green University”) uçun tabiiy laboratoriya, aholi uçun esa bioturizm va ekotaʼlim markaziga aylanadi.
“Ekomadaniyat” umummilliy loyihasi doirasida ekologik taʼlim, ilm-fan va tarğibotni bir-biriga boğlagan holda yangi tizim yaratiş rejalaştirilgan.
Mazkur sohada xalqaro standartlarga mos mutaxassislar yetişmayotgani, aholi örtasida ekologik ong va barqaror odatlar hali yetarli darajada şakllanmagani, innovatsiya va iqlim texnologiyalarini amaliyotga joriy qila oladigan kadrlar taqçilligi mavjudligi qayd etildi. Şu munosabat bilan 2026/2027-öquv yilidan boşlab 14 ta hududda “yaşil texnikumlar” taşkil etilib, ular “Green University” tizimiga akademik hamkorlik asosida biriktiriladi.
Loyihaga köra, tayyorlanadigan öquvçi va talabalar soni yil sayin oşirilib, 2028-2029-öquv yiliga borib, 10 ming nafarga yetkaziladi. Bakalavriat va magistraturada atrof-muhit va barqaror boşqaruv, yaşil iqtisodiyot, atrof-muhit muhandisligi, iqlim özgarişi, çöllanişga qarşi kuraşiş, barqaror şaharsozlik, barqaror energiya almaşinuvi kabi yangi yönalişlar oçiladi. Taʼlim jarayonida dual tizim joriy qilinib, nazariy bilim bilan amaliyot uyğunlaştiriladi. Universitet taʼlim tizimini rivojlantiriş, ilmiy-innovatsion loyihalar va tarğibot işlari uçun katta miqdorda mablağ ajratiş közda tutilgan.
Aholi orasida ekologik madaniyatni oşiriş uçun “10 ming qadam piyoda” taşabbusini tiklaş, “Soğlom turmuş tarzi” platformasini işga tuşiriş, şuningdek, Samarqand şahrida GEF-8 assambleyasi va “Eco Expo Central Asia 2026” xalqaro körgazmasini ötkaziş rejalaştirilgan.
Taqdimotda çöllanişga qarşi kuraş strategiyasi loyihasi ham alohida körib çiqildi.
Qayd etilganidek, Özbekiston hududining 70 foizi arid zonadan iborat bölib, yerlarning 70 foizdan ortiği degradatsiyaga uçragan. Yer resurslarining yomonlaşuvi iqtisodiyotga har yili 830 million dollar zarar keltirmoqda. Orol dengizining qurişi natijasida 3 million gektar maydon yaroqsiz holga kelgan va hududning 56 foizi şamol eroziyasi taʼsiri ostida qolgan.
Şu munosabat bilan “Green University” huzurida mintaqaviy qöşma ilmiy-tadqiqot markazini taşkil etiş taklif qilindi. Uşbu markaz çöllanişni boşqariş böyiça Markaziy Osiyodagi birinçi ilmiy xabga aylanişi közda tutilmoqda. Markaz tarkibida 15 ta ixtisoslaşgan laboratoriya faoliyat yuritadi, sputnik maʼlumotlari, GIS va masofadan zondlaş texnologiyalari asosida yerlar holatini raqamli monitoring qiliş yölga qöyiladi, qurğoqçilikka çidamli ösimliklar böyiça genetik bank şakllantiriladi, tuproqning kimyoviy va fizik tahlil tizimi takomillaştiriladi. Buning natijasida çöllanişni prognoz qiliş va xaritalaş milliy tizimi yaratiladi, Orolböyi va qurğoq hududlarda yaşil qoplama kengaytiriladi, yaylovlardan barqaror foydalaniş hamda çöl iqtisodiyoti modellari joriy etiladi.
Davlatimiz rahbari taqdimot qilingan loyihalarning ekologik barqarorlikni taʼminlaş, aholi salomatligini muhofaza qiliş, şahar va qişloq muhitini yanada qulaylaştiriş, şuningdek, uşbu sohada ilm-fan va zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etişdagi muhim ahamiyatini qayd etib, ularni maʼqulladi.

