Tojikiston Prezidenti davlat taşrifi bilan Özbekistonda böladi

Tojikiston Prezidenti davlat taşrifi bilan Özbekistonda böladi

25.03.2026 17:13157

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon 26-27-mart kunlari davlat taşrifi bilan mamlakatimizda böladi.

Taşrif doirasida oliy darajadagi muzokaralar hamda Özbekiston va Tojikiston yetakçilari raisligida Oliy davlatlararo kengaşning birinçi yiğilişi bölib ötadi.

Bölajak tadbirlar kun tartibidan Özbekiston – Tojikiston döstlik va yaxşi qöşniçilik, strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlarini yanada mustahkamlaş masalalari örin olgan.

Siyosiy muloqotni mustahkamlaş, savdo-iqtisodiy va hududlararo hamkorlikni kengaytiriş, sanoat kooperatsiyasi hamda transport sohasida özaro boğliqlikni rivojlantiriş, suv va energetika xavfsizligini taʼminlaş hamda keng kölamli madaniy va gumanitar almaşinuvlarni davom ettirişga alohida eʼtibor qaratiladi.

Davlat rahbarlari xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar hamda köp tomonlama formatlar doirasidagi hamkorlik yuzasidan fikr almaşadilar.

Şuningdek, bir qator yangi qöşma loyihalarni işga tuşiriş közda tutilgan, köp qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirişga qaratilgan ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli töplami imzolanişi rejalaştirilgan.

 

president.uz

Ulaşiş: