Tojikiston Prezidenti Özbekistonga keldi
26.03.2026 15:04154
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon davlat taşrifi bilan mamlakatimizga keldi.
Tojikiston yetakçisini “Toşkent-Humo” xalqaro aeroportida davlatimiz rahbari kutib oldi. Oliy martabali mehmon şarafiga ikki mamlakatning davlat bayroqlari kötarildi va faxriy qorovul saf tortdi.
Bugun ikki tomonlama muzokaralar va Oliy davlatlararo kengaşning birinçi yiğilişi bölib ötadi.

