Tojikiston Prezidentini tantanali kutib oliş marosimi böldi

Tojikiston Prezidentini tantanali kutib oliş marosimi böldi

26.03.2026 17:48142

Köksaroy qarorgohida mamlakatimizga davlat taşrifi bilan kelgan Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonni tantanali kutib oliş marosimi bölib ötdi.

Prezident Şavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni samimiy qutlab, şohsupaga taklif etdi.

Ikki mamlakatning davlat bayroqlari kötarildi va faxriy qorovul saf tortdi. Harbiy orkestr ijrosida Özbekiston va Tojikiston madhiyalari yangradi.

Yetakçilar faxriy qorovul safi oldidan ötib, rasmiy delegatsiyalar aʼzolarini qutladilar.

Birgalikda suratga tuşilgandan söng Özbekiston va Tojikiston Prezidentlarining muzokaralari boşlandi.

 

president.uz

Ulaşiş: